83-rasm.Tut ipak qurtining g‘umbagining turli tomondan kurinishi [27]
1- orqa tomondan
ko‘rinishi
2- qorin tomondan
ko‘rinishi
3 - yon tomondan ko‘rinishi
B-Qorin tomonidan ko‘rinishi. 1– bosh
2- mo‘ylovlar. 3 -birinchi juft oyoqlar
.4- ikkinchi juft oyoqlar; 5-10-qanotlar;6- uchinchi juft
oyoqlar; 7-ko‘zcha,
V-Yon tomonidan ko‘rinishi. 1 - 3 –
ko‘krak va 1-9 qorin bo‘g‘imlari.
nt- nafas teshigi;
8- yuqorigi lab; 9- pastki jag‘;
Ipak qurtining rivojlanish davrida har bir bosqich o‘zining ma’lum vazifalar
kompleksini bajaradi. Tabiiyki, ipak qurti tanasining ichki va tashqi tuzilishi har bir
bosqichda shu bosqich uchun xos bo‘lgan vazifalarning bajarilishini ta’min etib
turishi kerak. Qurt – ipak qurti rivojlanishining oziqlanish bosqichidir, uning asosiy
vazifasi boshqa - oziqlanmaydigan bosqichlarda g‘umbaklik, kapalaklik va urug‘lik
bosqichlarida uning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan oziq moddalarni to‘plashdan
iboratdir. Qurtning yana bir muhim vazifasi pilla o‘rash bo‘lib, buning uchun juda
ko‘p miqdorda ipak talab etiladi.Shuning uchun ham ipak qurtining ovqat hazm
qilish, oziq moddalar to‘plash va ipak hosil qilish organlari yaxshi rivojlangan, unga
soxta oyoqlar va juda rivojlangan og‘iz qismlari, tarmoqlangan nafas olish tizimi va
kuchli muskullar zarur bo‘lgan.
84-rasm.Tut ipak qurti g‘umbaklarining urg‘ochilari (♀) va erkaklari(♂) ning
morfologik belgilarini kurinishi.
Kapalakda holat boshqacharoq: oziqlanmaydigan bo‘lganidan unga ovqat
hazm qilish organlari kerak emas, ilashuvchi soxta oyoqlarga ham ehtiyoj yo‘q, ipak
ajratuvchi bezlar o‘z vazifalarini ado etib bo‘lgan, kapalakka bu ham kerak emas.
Ammo kapalakka yaxshi rivojlangan ko‘krak oyoqlap, qanotlar va mo‘ylovlar
bo‘lishi kerak, eng muhimi, kapalak urug‘langan tuxum qo‘yishi, har bir tirik
organizmning asosiy vazifasini bajarishi - turni davom ettirishi kerak. Agar qurtning
tanasida ichak va ipak ajratuvchi bez eng ko‘p joy egallasa, urg‘ochi kapalak tana
bo‘shlig‘ining juda katta qismi tuxumdonlar-ichida tuxumlari bor naychalar bilan
band. Bu o‘zgarishlarning hammasi metamorfoz vaqtida sodir bo‘ladi.
Metamorfozning uchta davri bo‘lib, birinchi davrida ipak qurtining kelajakda
kapalakka kerak bo‘lmaydigan organlari emiriladi; bu davr qurt hayotining oxirgi
kunlaridan u g‘umbakka aylangunicha davom etadi. Ikkinchi davrda - qurtning
g‘umbakka aylanish uchun po‘st tashlagandan kapalakning tashqi qoplamlari hosil
bo‘la boshlashgacha bo‘lgan davrda eski to‘qimalarning parchalanish jarayonlari
tugallanadi, yangilari hosil bo‘ladi, qurtning parchalanib ketgan muskullari o‘rniga
kapalakning muskullari paydo bo‘ladi; qanotlar, mo‘ylovlar, ko‘zlar va xokazolar
hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi, jinsiy organlarning shakllanish jarayoni juda jadal
boradi. Uchinchi davrda kapalakning tashqi qoplamlari hosil bo‘la boshlagandan
g‘umbakning kapalakka aylanishi uchun po‘st tashlash vaqtigacha to‘qima va
hujayralarning o‘z vazifalariga muvofiq ravishda shakllanishi tugallanadi,
muskullarda ko‘ndalang yo‘llar hosil bo‘ladi, po‘stning hujayralarida kapalakning
tashqi qoplamlarini hosil qiluvchi kutikula ajratib chiqarish qobiliyati yangidan
paydo bo’ladi. Traxeya tizimi, o‘z faoliyatini to‘xtatmagan holda qayta tuziladi,
ammo nafas olish ancha kuchsizlanadi, traxeyalardagi havo zahirasi juda kamayib
ketadi. Bu narsa juda katta amaliy ahamiyatga ega: urug‘ zavodlarida g‘umbagi tirik
pillalarni saqlashda ularga doimiy ravishda sof havo kelib turishi to‘g‘risida alohida
g‘amxo‘rlik qilib turish kerak. Agar ipak qurti yangi havo olmay, traxeyalardagi
zahira havo hisobiga 5 soatgacha yashay olsa, g‘umbakda bunday zahira yo‘qligidan
u ozgina vaqt yangi havosiz qolsa, bu narsa uning hayot faoliyatiga ta’sir qiladi.
Nafas olish koeffitsienti 0,64 dan (20°C da) 0,81 gacha (28°Cda) bo‘lganda bir kg
g‘umbak o‘rta hisobda bir soat mobaynida 300 - 400 ml kislorod yutib, 200 - 300 ml
karbonat angidrid chiqaradi.
Pillalar urug‘ zavodlarda qalin uyum- uyum saqlansa, g‘umbaklarga yangi
havo kirmay qoladi va ular ajratgan karbonat angidridning chiqib ketishi
qiyinlashadi, shu bilan birga havo tarkibidagi kislorod 15% gacha kamayganda
(odatda, havoning tarkibida 20% kislorod bo‘ladi) g‘umbaklarga kislorod etishmay
qoladi, bu narsa - ularning hayot faoliyati pasayishi va hosildorligi kamayishiga olib
keladi.
G‘umbakning nafas olish intensivligi bosqichi boshlangan vadtdan to
oxirigacha 86-rasmda ko‘rsatilgan, V simon egri chiziq shaklida o‘zgarib boradi.
Nafas olishning intensiv ravishda borishi va nafas koeffitsientiga pillalarning
qalin qavat qilib uyub qo‘yilishidan tashqari pillalar saqlanadigan joy havosining
harorati va nisbiy namligiga bevosita ta’sir etadi. Oq pilla o‘raydigan zot uchun
pillalarini harorati 25 – 27°C va nisbiy namligi 65 - 70% bo‘lgan joylarda 2-3 qavat
qilib saqlash optimal sharoit hisoblanadi.
85-rasm.
Tut ipak qurti
g‘umbaklarining har xil
haroratda kislorod
iste’mol qilishi
(gorizontal bo‘ylab
g‘umbaklarning
20,24,26,27,28,30 va
34
o
haroratlarda
rivojlanish kunlari,
vertikal bo‘ylab esa
g‘umbaklarning bir
gramm tirik vazni
hisobiga bir soat
mobaynida necha
mikrolitr kislorod yutishi
ko‘rsatilgan.)
Metamorfoz davr boshlarida qanotlar boshlang‘ichidan ikki qavat hujayralar
hosil bo‘lib, bu qavatlar oralig‘ida bo‘shliq bo‘ladi. Shundan keyin har qaysi qavat
ostida yupqa parda paydo bo‘ladi, bo‘shliq esa gemolimfa bilan to‘ladi.Qanotlar
rivojlanib borgan sari hujayralardan o‘simtalar tarmoqlanib chiqadi, bu o‘simtalardan
tangachalar hosil bo‘ladi.Tangachalar hosil bo‘lgandan keyin hujayralarning o‘zi
nobud bo‘ladi, ularning o‘rtasida xitin tuzilmalar qoladi.
Hali rivojlanishda davom etayotgan qanotlar g‘umbakning tashqi qoplamlari
ostida buklangan holatda bo‘ladi, pilladan kapalak chiqqandan keyin qanotlar
yoziladi.
Nerv zanjiri qisqaradi: ikkinchi, uchinchi ko‘krak bo‘g‘imlari va yettinchi -
sakkizinchi qorin bo‘g‘imining nerv tugunchalari bir-biriga qo‘shiladi, birinchi,
to‘rtinchi va oltinchi qorin bo‘g‘imlariniig nerv tugunlari esa butunlay yo‘qolib
ketadi.
Ichak to‘qimalari, asosan, qurtning g‘umbakka aylanish uchun po‘st tashlash
vaqtida chiqarib yuboriladi, ularning qoldiqlari esa ichkarida bo‘ladigan «qo‘ng‘ir
tanacha» hosil qiladi. Ipak qurti ichagi o‘rta bo‘limining oxirlariga halqa shaklida
joylashgan tiklanuvchi to‘qimalardan kapalakning so‘ruvchi oshqozoni va orqa
ichakning uchi berk xaltachasi hosil bo‘ladi; metamorfoz jarayoni vaqida bu
xaltachada oqsil almashinuvi mahsulotlari to‘planadi, bu mahsulotlar asta-sekin
quyuqlashib boruvchi qizil-qo‘ng‘ir rangli suyuqlik bo‘lib, tarkibida siydik kislota
bo‘ladi. G‘umbaklarning ichagida barg qoldiqlari va bakteriyalarning borligi,
qurtning kasal yoki zaif (kam quvvat) bo‘lganligidan dalolat beradi, chunki sog‘lom
qurt pilla o‘rash oldidan ichagini butunlay bo‘shatadi.
Metamorfoz davri boshlanishi ipak qurti gemolimfasiga halqum usti nerv
tugunlarida ishlanib chiqadigan maxsus moddalar - gormonlar ajralib tushishi bilan
belgilanadi. Ipak qurtining chiqarish organlari to‘g‘risidagi material bayon
yetilganda bu haqda batafsil gapirib o‘tganmiz.
Gemolimfaga bu gormonlar tushishi bilan gistoliz jarayoni- to‘qimalar
emirilishi boshlanadi. Gistoliz jarayoni qon hujayralari ishtirokida ham, ularsiz ham
borishi mumkin. Gistoliz protsessi qon hujayralari ishtirokida borganda fagotsitlar
o‘z psevdopodiylari bilan qurtlar maxsus organlarining to‘qimalarini yemirib,
qismlarga bo‘lib tashlaydi, bu bo‘laklarini o‘z ichiga qamrab olib, hazm qilib
yuboradi. Hazm qilingan bu mahsulotlar gemolimfaga tushadi va oziq moddalar
sifatida yoki kapalakda yangi organlarning paydo bo‘lishida foydalaniladi, yo
bo‘lmasa, g‘umbak va kapalaklarning hayoti uchun ishlatiladi. Yangi organlar
Do'stlaringiz bilan baham: |