Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

I BOB
 
1.1.Ipakchilikni kelib chiqish tarixi va halq xo‘jaligida 
tutgan o‘rni 
Ipakchilikning vatani Xitoy davlati hisoblanib, eramizdan III ming yil oldin 
Xitoy davlatining Shan-tun (hozirgi kunda Shandun deb ataladi) provinsiyasida 
(viloyatida) ipak qurtlari boqilgan. Shan-tun viloyati Xitoyning chetki 
provinsiyalaridan biri bo‘lib, Sariq dengizi va Chjili ko‘rfazining o‘rtasidagi
yarim orolda joylashgan. Undagi ob-havo ya’ni harorat va havo namligi ipak 
qurtining yaxshi rivojlanishi uchun qulay bo‘lganligi va ozuqa beruvchi 
daraxtzorlarning ko‘pligi sabab ipak qurtlarining rivojlanishiga qulay hisoblanadi. 
1- rasm.A.B. [ 19] 
Tut daraxtida tabiiy sharoitda ipak qurtlarini rivojlanishi, A-qadimda B-hozirda


Pilla va ipak so‘zlari ham Xitoy xalqi tomonidan birinchi marotaba 
nom berib atalgan. Yevropaliklar Xitoy davlati bilan savdo-sotiq qilib, 
xitoyliklarni serklar, vatanini esa Serk davlati deb atashgan. Shundan kelib 
chiqib, ipakning lotincha nomi ham serk deb ataladi. 
Tarixiy manbalarda pilla va ipak to‘g‘risidagi ma’lumotlar afsonaviy 
xususiyatga egaligi bayon etilgan. Xitoy tarixchisi Chu-Kingning ma’lumotlarida 
Xitoy davlati rahbari Shinam ipakchilikni rivojlantirish uchun katta xizmat 
ko‘rsatgan. Xitoyliklar asta-sekin ipak qurtlarini boqib, ko‘paytirib va o‘rgana 
borib, ulardan pilla va pilladan ipak momig‘i olishga o‘tganlar. Ipak momig‘idan 
asta-sekin qimmatbaho mato tayyorlaganlar. 
Eramizdan avvalgi 2698 yilda Xitoy imperatorining rafiqasi Si Lingchi 
(boshqa bir ma’lumotlarga qaraganda imperator qizi Luichen ) birinchi marotaba 
ipak qurti o‘ragan pilladan tola olish yo‘lini topgan. 
Si-Linchining ma’lumotiga ko‘ra Xitoy imperatorining rafiqasi va qizi 
pillachilik xudosi deb atalgan. Chunki pilladan tola olgach undan chiroyli liboslar 
tayyorlangan. Ipak tolasi va undan tayyorlangan liboslar faqat imperatorlar va 
ularning oila a’zolariga sovg‘a sifatida tortiq qilingan. Keyinchalik esa bunday 
liboslardan imperatorlar qarindoshlari va boy zodagonlarning oilalari ham 
foydalanishga ruxsat etilgan. 
Bunday qimmatbaho liboslarni tayyorlash uchun Xitoy imperatorlari qurt 
boqish va pilla olish uchun alohida e’tiborni qaratib, pillachilikni rivojlantirish 
to‘g‘risida farmoyishlar chiqarib, taraqqiyotga katta hissa qo‘shgan. Bunday 
e’tibor to‘g‘risida Xitoy tarixchisi Konfutsiya (eramizdan 551-479 yillar) 
ma’lumotlarida bayon etilgan. 
Boshqa bir tarixiy ma’lumotlarda Xitoyda eramizdan 2357 yil oldin ipak 
qurtlarini boqish uchun imperatorlar va knyazlarning maxsus qurtxonalari bo‘lgan. 
Eramizdan 2255 yil oldin Shandun provinsiyasi Xitoy imperatoriga pilla 
yetishtirib, ipak tayyorlagani va uni sotganligi uchun soliq to‘lagan.
Xitoyda eramizdan 2200 yil oldin pilladan ipak tolasi olinib, unga rang 


berganligi tarixda yozib qoldirilgan. Ipak olish rang berish ishlari avloddan avlodga 
o’tib kelib hozirgi vaqtda ham Xitoyda pilladan ipak olish va rang berish ishlari va 
tabiiy ipakdan kashta tikish an’analari saqlanib kelmoqda.
2- rasm 1.2.[19] Qadimda ipak qurti boqish va pillasidan ipak olish jarayonlari.
Xitoy tarixchisi Konfutsiyning ma’lumotiga ko‘ra eramizdan 2022 yil oldin 
xitoylik pillachilar imperator Yunga qizil va qora rangga bo‘yalgan matodan 
tayyorlangan libosni sovg‘a qilganlar. 
Eramizdan 2000 yil oldin ipakdan tayyorlangan matolardan turli rangdagi 
bayroq va soyabonlar tayyorlaganlar. 
3.-rasm.1. [19] Imperator va 2. malika ipakdan tayyorlangan qimmatbaho libosda 


Bunda mamlakatdagi har bir elat va urug‘lar o‘zining bayrog‘iga ega bo‘lib, 
bu bayroqlar turli ranglarda: sariq, yashil, havorang, qizil, qora va boshqa ranglarda 
mavjud bo‘lgan . 
 
4-rasm [19] Hozirgi vaqtda ham Xitoyda ipakni yigirish dastgohlari mavjud bo‘lib qo‘l mehnati 
yordamida ishlaydi 
Tarixchi Zilbermanning ma’lumotiga ko‘ra, ipakchilik Xitoyda dinastiyalar 
tarixiga (davlatni boshqaruvchilar) ega bo‘lib, qaysi dinastiya hukmdor bo‘lsa, 
uning ipak bayrog‘i alohida rangda ajralib turgan. 

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish