Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Insecta  sinfiga, to‘la  rivojlanishi, qanotlarida tangachalarning bo‘lishi bilan tangaqanotlilar turkumiga,  Bombycidae



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

Insecta 
sinfiga, to‘la 
rivojlanishi, qanotlarida tangachalarning bo‘lishi bilan tangaqanotlilar turkumiga, 
Bombycidae
oilasiga kiradi. Tut ipak qurti bir yilda necha avlod berishiga qarab 
monovoltin (bir yilda bir avlod beradigan), bivoltin (bir yilda ikki avlod beradigan) 
va polivoltin (yiliga ikkitadan ortiq avlod beradigan) zotlarga bo‘linadi. 
Asosan, mono va bivoltin zotlar sanoat ahamiyatiga ega. Monovoltin zotlar 
ko‘proq ipak beradi, bular asosan, bahorgi qurt boqish davrida boqiladi. Bivoltin 
zotlar yuqori temperaturga juda chidamliligi bilan xarakterlanadi, sanoatda 


qaytadan yozda va kuzda qurt boqish uchun gibrid urug’lar tayyorlashda 
komponentlardan biri sifatida foydalaniladi. Tut ipak qurti quyidagi to‘rtta har xil 
rivojlanish bosqichiga ega. Bular tuxum (yoki urug‘), lichinka yoki qurt, g‘umbak 
va jinsiy jihatdan yetilgan shakli - kapalakdir. Tut ipak qurtida qurtlik bosqichi 
oziqlanadigan bosqich hisoblanadi. Tut ipak qurtining qolgan bosqichlaridagi 
hayot jarayonlari qurtning organizmida to‘plangan zahira oziq moddalar hisobiga 
boradi. Tut ipak qurti yilning ko‘p vaqtini - o‘n oygacha (polivoltin zotidan 
tashqari) tuxumlik bosqichida o‘tkazadi. Tut ipak qurti qo’ygan tuxumlar bir 
tomoni yassi bo‘lib, ovalsimondir. Tuxumlar qo’yilgandan keyin dastlabki vaqtda 
uning keng tomoni birmuncha botgan bo‘ladi. So‘ngra oziq moddalarining
ishlatilishi natijasida urug‘ning hajmi kichrayadi va uning keng tomoni qavariqdan 
sekin-asta botiqqa aylana boshlaydi. Urug‘larning katta-kichikligi tut ipak 
qurtining zotiga, tuxum avlodining to‘laligiga va qo‘yish navbatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kapalak qo‘ygan birinchi to‘p tuxumlar hamma vaqt keyingi qo‘yilgan 
tuxumlardan yirik bo‘ladi. Har bir tuxumda zahira oziq moddalari bo‘ladi (sarik), 
mana shu oziq moddalari hisobiga embrion rivojlanadi. Tuxum rivojlanishi uchta 
davrga bo‘linadi. Birinchi davr kapalakning tuxum qo‘ygan vaqtidan boshlanadi va 
havo (embrion pardasi, embrion diski va boshqalar hosil bo‘lishi) hosil bo‘la 
boshlaydi. Bu jarayon rivojlanishning uchinchi-turtinchi kunlarida to’xtab qoladi. 
Keyingi -yozgi-kuzgi qurt boqish davrida tuxumning hayot faoliyati sekin-
asta pasayib boradi va uzoq vaqt tinchlik davriga kiradi, bunday holda urug‘ kelgusi 
yil bahorigacha qoladi (qishlaydi, ya’ni deyapauza davri) 
Uchinchi davr ham sifat jihatidan turlicha bo‘lib, bu qurt urug‘ining bahorgi 
rivojlanish davridir. Nam va temperatura eng yaxshi bo‘lgan sharoitda bu davr 12-
15 kun davom etadi. Tut ipak qurti bu davr bo‘yicha rivojlanish jarayonining 
intensivligi farqli ravishda nafas olish faolligio‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ikki-
uch kunlik ipak qurti urug‘larida nafas olish juda tez bo‘ladi, so‘ngra nafas olish 
juda kamayib ketib, hatto zo‘rga seziladigan bo‘lib qoladi. Urug‘larning bahorgi 
rivojlanish jarayonida nafas olish intensivligi keskin darajada ortadi. Bu hol 


tuxumdan qurt chiqqunicha davom etadi. Nafas olish intensivligi bahorgi qurt 
ochirishning oxiriga borib, qishlayotgan urug‘larning nafas olishiga nisbatan 90 
marta, qurt ochirishning birinchi kunlariga qaraganda esa deyarli 20 marta ortadi. 

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish