4.4. Fanlar va nazoratlar bilan ishlash darchasi
Fanlar va nazoratlar bilan ishlash darchasining umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`lib, bu darchada fanlar ustida qo`shish va tahrirlash amallarini bajarish mumkin. Bundan tashqari fanlarga tegishli savollar, nazoratlar ustida qo`shish, o`chirish va tahrirlash amallarini bajarish ham mumkin.
Bu darchada bajariladigan barcha o`zgartirishlar “Shaxsiy ma’lumotlarni o`zgartirish darchasi” da tanlangan o`qituvchi (administrator) uchun (ustida) bajariladi.
Fanlar va nazoratlar bilan ishlash darchasi 5 ta paneldan iborat. Bu panellardagi ma’lumotlarni o`zgartirish huquqi foydalanuvchining turiga bog`liq bo`lib quyida administrator va o`qituvchilarni imkoniyatlarini har panel uchun alohida qarab chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |