14
2-BOB. YURTIMIZ TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR.
2.1.O’rxun-Enasoy bitigi.
Urxun-yenisey
yozuvi
,
qadimgi
turk
runik
yozuvi
—
tosh, metall, yogʻoch va boshqa ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-asr
(baʼzi manbalarda 8—10-asrlarga mansub. Urxun va Yenisey daryolari
havzalaridan topilganligi
sababli
shu
nom
bilan
yuritiladi.
Tashqi
koʻrinishidan got (qadimgi german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi
uchun runik
yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. haqida dastlab 18-asrning
boshlarida rus olimi S.
Remezov,
keyinroq shved olimi
F.
Stralenberg
xamda nemis olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy
xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P. AbelRemyuza (1820),
soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va
1891-yil V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik
ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yil 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda
bosilgan Urxun-Yenisey yozuviyo. matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V.
Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893-yil noyab). V. Tomsendan soʻng V. V.
Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning
transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad.
turkiy til qurilishi,
fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki
tasavvurni shakllantirdi.
Urxun-Yenisey yozuviyo.ning kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida
tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga
qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari
orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning paydo boʻlish
joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas.
Bu yozuv paydo
boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun,
talas, yenisey variantlariga ega.
Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun,
moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha
qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp
15
joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda
arab yozuvi keng
tarqaladi.
7
Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va
oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv
tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan
ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan.
Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan.
Urxun-Yenisey yozuviyo. da tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema
yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:)
qoʻyilgan, shartli ravishda u "ayirgʻich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuviyo.
ning LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo,
Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan.
Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V.V. Radlov,
P.M. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N.
Gumilyov, D.
Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad.
Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof. N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey
yozuviyo. ni oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar.
Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmokda.
Urxun-Yenisey yozuviyo.ga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi
uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman,
qoraqalpoq, tatar, boshqird,
qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo.
turkiy tillar tarixi, madaniyati,
etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda
qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: