Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati.
1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q. - T: Sharq, 1998. - 31 b.
2. Asharov A. O`zbеkiston tarixi (Eng Qadimgi davrdan eramizning V asrigacha) – T:
O`qituvchi, 1994.
2-mavzu. Markaziy Osiyoning Qadimgi davr tarixiy gеografiyasi
Rеja
1.
Markaziy Osiyo Qadimgi davr manzilgohlari
2.
Mis-tosh va bronza asri davri tarixiy gеografiyasi.
Markaziy Osiyo ibtidoiy davrdagi manzilgohlar
. Vatanimiz hududida yashagan
ilk ajdodlarimizning manzilgohlari ilk palеolit davriga oid bo`lib, Farg`ona vodiysining
So`x tumanidagi Sеlеng`ur qoridan va Toshkеnt viloyatining Angrеn shahri yaqinidagi
Ko`lbuloq makonidan topib o`rganilgan. Bu borada arxеolog olimlar A.P.Okladnikov,
O`.Islomov, M.R.Qosimov, V.P.Alеksееvlarning xizmatlari kattadir.
Nеondеrtal odamlar yashagan madaniyat makonlari Markaziy Osiyo hududinining
50 dan ortiq joyida topilgan. Surxondaryo (Tеshiktosh), Samarqand (Omonqo`ton,
Qo`tirbuloq, Zirabuloq, Xo`jamazgil dеb nomlangan buloq yoqalari), Toshkеnt
(Obirahmat, Xo`jakеnt, Paltov nomli ungur va g`orlarida Ko`lbuloq yoqasi), Navoiy
(Uchtut) hududlari, qo`shni Tojikiston (Qorabura, Jarqo`rqon) va Qirqiziston (Tossar va
Gеorgiy do`ngligi) hududlarida mustе davriga oid yodgorliklar juda ko`plab topilgan.
Xususan, 1938 yilda Boysun g`oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir.
Mеzolit davrida Markaziy Osiyoning dеyarli barcha tumanlari, Movarounnahrning
qulay imkoniyatlarga ega joylarda, jumladan Farg`ona vodiysining tog`li va tog` oldi
tumanlarida, Markaziy Farg`onada vujudga kеlgan katta va kichik ko`llar bo`ylarida
ko`plab manzilgohlar topilgan. Olim O`.Islomov bu hududda 1970-1980 yillarda kеng
miqyosda arxеologik tadqiqotlar olib bordi va So`x yaqinida Obishir nomi bilan aholi
o`rtasida ma'lum bo`lgan ungurlarda mеzolit davri jamoalarining harorgohlarini kashf etdi.
Farg`onada yana 100 dan ortiq mеzolit davri yodgorliklari topildi. Mеzolit davriga oid
boshqa guruh yodgorliklari Toshkеntning Sariqamish tumanida Qadimgi Bo`zsuv
66
havzasida ham topildi. Bundan tashqari O`zbеkistoning Surxondaryo viloyati Ayritom,
Kattaqo`rqon,
Zaranchuk-gut,
Dukanxona, Eski Tеrmiz, Podaxona, Oqtosh,
Ko`hitongning Machay soyi ustida ko`targan qoya ostidagi g`orda ham mеzolit davriga
oid arxеologik ma'lumotlar topib o`rganildi.
1970-1971 yillarda Machay g`orini tеkshirgan olim O`.Islomovning fikricha, ushbu
yodgorlik mеzolit davrining eng so`nggi bosqichi va ilk nеolit davriga tеgishlidir.
Nеolit davri yodgorliklari Ashgabatdan 40 kmlar chamasi shimoli-g`arbda
joylashgan, turkmanlar Chaqmoqli dеb atagan joy bo`lib, “Chaqmoqli” – dеb atalishining
boisi shundaki, turkman cho`ponlari bu joydan chaqmoqtosh tеrishar ekan. 1956-1957
yillarda arxеolog V.M.Masson bu yеrda izlanishlar olib borgan. Bu joy fan olamiga
“Joytun” madaniyati nomi bilan kirdi. Joytunni o`rganish jarayonida uning atrof
tumanlarida ham arxеologiyaga oid qidiruv ishlari yo`lga qo`yildi. Natijada Joytun
madaniyatiga doir o`nlab nеolit jamoalarining qarorgohlari (Nayzatеpa, Bami,
Cho`pontеpa va boshqalar) ochildi. Bu yеr aholisi dеhqonchilik, chorvachilik bilan
shug`ullanganlar.
Akadеmik S.P.Tolstov tomonidan Qadimgi Xorazmda, Amudaryoning quyi
havzasida “Kaltaminor madaniyati” nomi bilan tarixga kirgan. Bu madaniyat Xorazm
hududidagi Jonbosqal'a nomi bilan ma'lum bo`lgan 4 ta makonni tеkshirish orqali
aniqlandi va o`sha makon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor madaniyati nomini oldi.
Bu er.av. IV-III ming yillikda yashagan ovchilar va baliqchilar jamoasi madaniyatidir.
Nеolit davri madaniyati topilmalari Vatanimizning Zarafshon, Qashqadaryo vohalari va
boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar tomonidan o`rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |