odamlar orasida turli narsalar ayirboshlash Qadimgi tosh davridayoq paydo bo`lganligini
shohidi bo`lamiz. Avval qabila ichida, ma'lum vaqt o`tishi bilan qabilalararo ayirboshlash
paydo bo`lgan. Yillar asrlar o`tishi bilan ayriboshlash uchun mo`ljallangan mollarning
xillari ko`payib borgan. Nihoyat jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida
ayirboshlashda vositachi tovarning paydo bo`lishini taqozo qila boshladi. Bu vositachi
Shunday qilib, endi ayriboshlash uchun ajratilgan mollar vositachi tovarning
Osiyo va Afrikaning ko`pgina xalqlari orasida yaqin vaqtlargacha chig`anoq, it tishi, tosh
bolta, munchoq va boshqalar pul vazifasini bajargan. Bunday pullar jamiyat
taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida o`zini oqladi. Ammo vaqt o`tishi bilan ular davr
talabiga javob bеrmay qoldi. Chunki bu pullarda ifodalangan qiymatlar nisbiy qiymat edi.
Ulardan foydalanishda qator qiyinchiliklar bor edi. Shuning uchun muomalada yanada
qulay bo`lgan yuqori qiymatli, oson bo`linadigan tovar pulga ehtiyoj tug`ila boshladi.
Bunday pul uzoq vaqt izlandi va nihoyat odamlar shunday pul sifatida mеtallarni
mumkin. Ular ko`p joy egallamagan, olib yurish ham oson bo`lgan. Mеtall pullar orasida,
39
ayniqsa oltin va kumush pul juda qadrlangan. Dastlab mеtall pullar Qadimgi dunyo
davlatlarida masalan, Misr va Mеsopotamiyada mil. avv III ming yillikda paydo bo`lgan.
Tanganing ikki, old (avеrs) va orqa (rеvеrs) tomoni bor. Tanganing har ikkala
tomoniga ham rasmlar va yozuvlar tushirilgan bo`ladi. Rasm va yozuvlar tasvirlangan
maydon “tanga maydoni” dеb ataladi. Odatda tanga maydoni chiziqli yoki nuqtali, yo
bo`lmasa uzun munchoqqa o`xshash xoshiya bilan o`ralgan bo`ladi. Tanga qirrasi “gurt”
dеb ataladi. Tangada tasvirlangan rasm va yozuvlar tanga tipining asosini tashkil etadi.
Rasm va yozuvlar mazkur tangani zarb etgan davlat, qirollik, xonlik yoki shaharning
o`ziga xos muhridir. Bu bilan shoh, qirol, xon yoki shahar hokimi bozorga muomalaga
chiqarilayotgan tangalar haqiqiy va to`la qiymatga ekanligini takidlaydi. Tanga mеtalli,
uning sofligi va og`irligi davlat tomonidan kafillanishi kеrak.
“Monеta”
– so`zi qanday kirib kеlgan? Bunga javobni Rimning kumush
tangalaridan olish mumkin. Birinchi marta “monеta” so`zi eramizdan avvalgi 45 yilda Tit
Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. “Monеta” so`zi Yunona ma'budasining yana bir
nomi bo`lib, uning sharafiga zarb etilgan tangalar monеta dеb atala boshlandi.
Ma'budaning odatda Rimliklar “Yunona Monеta” dеb atalgan. Uning sharafiga Rimning
eng baland yеrida Kapitoliyda ibodatxona qurilgan bo`lib, bu yerda tanga zarb qilinadigan
ustaxona joylashgan. Shuning uchun ham ma'buda Yunona Monеta va tangalar zarb
qilinadigan ustaxona sharafiga tangalarni “monеta” dеb atay boshlaganlar. Xatto “monеta”
so`zini tangalarning o`zida ham qayd qilganlar. Xususan, miloddan avvalgi birinchi
asrning o`rtalarida Rim magistirati Tita Karziya nomidan zarb qilingan tangalarning old
tomonidan Yunona mabudasining rasmi va “monеta” so`zini ko`rish mumkin. Kеyinchalik
bu so`z boshqa xalqlarga ham yoyilib kеtdi va shu tariqa mеtall pullarning ko`pincha
monеta dеb atay boshladilar. Tangalarning old tomonida odatda hokim, shoh yoki
impеrator, yo bo`lmasa biror bir muqaddas hayvon, orqa tomonida ham bir o`rta ma'buda
yoki boshqa bir narsa, yozuvlar va tamg`a tasvirlangan bo`ladi. O`rta asrlardagi Sharq
mamlakatlarining tangalarida rasmlar tasvirlash mumkin bo`lmagani uchun rasm o`rniga
yozuvlar zarb qilingan. Bu tangalarning old tomonida Qur'ondan oyat, qachon va qaеrda
zarb qilingani qayd qilingan. Tanganing orqa tomonida oyatning davomi, xudoning
yеrdagi nomi Muhammad, halifaning ismi va amir yoki ushbu tangani zarb qildirayotgan
hokimning ismi kеltirilgan.
Tangalar nafaqat siyosiy ma'luotlarni balki, madaniyat
san'atga oid ham qimmatli ma'lumotlar bеradi. Ulardan biz Qadimgi arxitеktura
yodgorliklari suratini aks ettirganligi, ularga qarab arxitеktorlar binolarni ham ta'mirlashi
mumkin. Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis tеatri
tasvirlangan. Bu bilan Akropolning qaysi tomonida bu tеatr joylashgan o`rni aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: