Yordamchi tarix” fanidan Sirtqi ( 2 otm )bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami toshkent-2022 y



Download 256,5 Kb.
bet15/18
Sana06.07.2022
Hajmi256,5 Kb.
#750499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
121099 24 ОТМ Ёрдамчи тарих (7)

Tayanch tushunchalar:


«O`rta Osiyo numizmatikasi» fanining maqsad va vazifalari.
Numizmatika asoslari fani va uning vazifalari. Numizmatikaning paydo bo`lishi va uning fan sifatida rivojlanishi. Ilmiy numizmatikaning qaror topishida avstraliyalik olimlar I. Ekkel, Y. Mayder, polyak olimi I. Lelevin, olmon olimi V. Renikman va fransuz olimlari A. Anjel va R. Serryurlarning o`rni. Numizmatikani tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. O`zbekistonda numizmatika fanining shakllanishi va rivojlanishi. O‘zbekiston numizmatikasining rivojlanishida o`zlarining salmoqli hissalarini qo`shgan olimlar: M.Ye. Masson, V.M. Masson, G.A. Pugachenko, Ye.A. Davidovich, O.I. Smirnova, B.I. Vaynberg, V.G. Lukonin, ye.V. Zeymal, E.V. Rtveladze, B.D. Kochnev, T. Ernazarova, I. To`xtaev, Sh.R. Pidayev va boshqalar. Bugungi kunda o‘zbek numizmatikasi oldida turgan vazifalar va muammolar. O`zbek davlatchiligi tarixini o‘rganishda qadimiy tangalarning o‘rni. Tangalar paydo bo`lgunicha turli xalqlarda ayrboshlash vositasi bo`lib xizmat qilgan narsalar. Tanga sifatidagi ayrboshlash vositasi zarurati paydo bo`lishining asosiy sabablari. Tanga pullardan asrlar davomida almashtirish vositasi sifatida foydalanib kelinishning sabablari. Tangalarda mujassamlashgan pulning beshta muhim vazifasi: narx qiymati, ayrboshlash, xazinalar to`planishi, to‘plash vositasi va «dunyo puli». Birinchi tangalarning ixtiro qilinishi. Tangalarning asosiy belgilari: tanga tili, «avers» tanganing old tomoni, «revers» tanganing orqa tomoni, yozuv, tanga maydoni, tanga hoshiyasi, tanga qirrasi, tanga qiymati, tanga huquqi, ligatura va boshqalar. Tanga zarb qilish usullari va ularni takomillashtirish yo‘llari. Kichik Osiyodagi Lidiya davlati va va Egina oroli tangalari zarb qilishni yo‘lga qo‘ygan shaharlar. Birinchi tangalarning qiymati va ularda tasvirlangan rasmlar. Tangalarda ifodalanga qadimiy shaharlarning ramziy belgilari.

Qadimgi davr O`zbekiston tangalari.


Mavzu tarixshunosligi. Oz`bekiston hududidan topilgan eng qadimgi tangalar va ularning o`lkada tovar-pul munosabatlarini shakllantirishdagi o`rni. Yunon-Baqtriya davlati. Yunon-Baqriya davlati shohlarining tangalari-mahalliy tanga pularni zarb qilishga qo‘yilgan birinchi qadam. Yunon-Baqtriya tangalarining asosiy o`lchov birliklari: tetradraxma, draxma, obol. Yunon-Baqtriya tangalarining ikonografiyasi tasvirlar majmui. Miloddan oldingi III-II asrlardagi o`zbek davlatchilikgi tarixini yoritishda Yunon-Baqtriya tangalarining ahamiyati. Yunon-Baqtriya tangalari noyob san'at asarlaridir.
O`zbekistonda mahalliy zarbxonalarning vujudga kelishi. Yuechjilar davridagi Baqtriya tangalari. Kushonlarning ilk tarixini yoritishda yuechji hokimlari tomonidan zarb qilingan tangalarning ahamiyati. Geray tangalari. Kushonlar saltanati. Baqtriyada tovar pul munosabatlarining tez sur'atlar bilan rivojlanishi. Buyuk Kushon shohlari tomonidan zarb qilingan tangalar. Kushon shohi Vima Kadfizning pul islohoti. Kushon tangalarining ikonografiyasi. Kushonlar saltanatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy tarixini o`rganishda kushon davri tangalarining ahamiyati. Kushon-sosoniylar va soson-kushonlar tangalari.
Qadimgi Sog``an topilgan eng qadimgi tangalar. Kitob va Buxoro xazinalari. Mintaqaning soʻgʻdiy, xorazmiy va qadimgi turk-run yozuvli tangalari oʻrganilishi borasida bunday deyish qiyin. Toʻgʻri, mustaqillikdan oldin bunday tangalarni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrganish imkoniyati boʻlmagan, shu bois ham dunyo tangashunoslari bu masalada eʼtiborni janubiy hududlarga qaratgan boʻlishlari mumkin. Ammo bugungi kunga kelib ahvol oʻzgardi, chet ellik tadqiqotchilarning yurtimizga kelib, ilmiy adabiyotlar va muzeylardagi tangalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tanishish barobarida arxeologiya qazishmalarida qatnashishlari uchun yoʻl ochildi. Mustaqillik yillarida oʻzbek tangashunosligi oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi.
Xususan, mazkur mavzuda 1990-yillardan bugungi kungacha yuzlab maqola va asarlar chop etilishi bunga dalil boʻla oladi. “Numizmatika Sentralnoy Azii” jurnali nashr qilinib kelinayotgani ham diqqatga sazovor. Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy banki toʻplamida saqlanayotgan tangalar fihristi 4 jildda oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr qilindi. Yaqin yillargacha aksariyat tadqiqotlarda VIVIII asrlarga taalluqli tangalarning bir boʻlagini “Qadimgi turk tangalari” guruhi tashkil qilishiga urgʻu berilsa-da, ularning qaysi hukmdor yoki sulolalarga tegishliligi masalasi hal qilinmagan. Hatto “hoqonlik tanga zarb qildirganmi yoki yoʻqmi” mazmunidagi fikr deyarli oʻrtaga tashlanmagan. Koʻpchilik tadqiqotchilarda ilk turkiy tangalar Turgash hoqonligi tomonidan chiqarilgan, degan qarash shakllangan.
Qariyb yigirma yillik izlanishlar natijasida Turk hoqonligining mamlakatimiz va jahon tangashunosligi xabardor boʻlmagan bir necha oʻnlab turdagi tangalari aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritildi. Bugungi kunda asosan Toshkent, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlaridagi islomdan oldingi davrlarga tegishli shaharlar qoldiqlaridan topilayotgan yuzlab tangalar sinchiklab oʻrganilganda, ularning hoqon, xotun, jabgʻu, jabgʻu hoqon, tegin, tutuq, tarxon kabi oʻnlab turkiy unvonlar bilan zarb etilgani aniqlandi. Ushbu tangalarning sezilarli qismi toʻgʻridan-toʻgʻri hoqonlik, bir qismi esa hoqonlik bilan aloqador sulolalar tomonidan zarb etilgan.
Jumladan, VI–VIII asrlarda Choch (Toshkent) vohasida zarb etilgan mis tangalarning kattagina qismi gʻarbiy ashinaliy hoqonlarga tegishli boʻlib, old tomonida qadimgi turklarga xos qiyofadagi hukmdor tasviri va teskari tomonida soʻgʻdiy yozuvda jabgʻu, jabgʻu hoqon kabi unvon va vasflar, hukmdorlarning Tardu hoqon, Yelbi Ishbara jabgʻu hoqon, Ilohiy Tun jabgʻu hoqon singari ismlari va hoqonlikning etnosiyosiy nomi sifatida Turk hoqon iborasi uchrashi ularning aynan hoqonlikka tegishli tangalar boʻlganidan darak beradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerak, Turk xoqon unvoni bilan zarb etilgan tangalar oʻziga xos jihatlari bilan boshqalaridan birmuncha ajralib turadi.
Birinchidan, ular Chochning koʻpincha 2 sm. oʻlchamli boʻlgan boshqa tangalaridan yirik ekani (4 sm.) hukmdor tasvirining ustomonlik bilan chizilgani, salmogʻi ham ancha ogʻirligi (4 gr.) bilan diqqatni tortadi. Ikkinchi tomondan, barcha turkiy ellarni birlashtiruvchi nom boʻlgan turk etnonimi — elat nomi yozma yodgorliklar orasida ilk bor tangalarda uchraydi. Bungacha ushbu atama aynan shu koʻrinishda milodiy VIII asrning ilk oʻn yilliklariga tegishli Oʻrxun-Enasoy bitiktoshlari va VII asr oʻrtalarida yaratilgan xitoy yilnomalarida uchrab, uning koʻplab tillardagi yozma manbalarda keng oʻrin ola boshlashi oʻrta asrlarga toʻgʻri kelar edi. Demak, aytib oʻtilgan Choch tangasining VI asrning soʻnggi oʻn yilliklariga toʻgʻri kelishi esa turk etnonimi qadimiyatini yana bir-ikki asrga uzaytiradi.
Yaqin yillarda aniqlanib, ilmiy muomalaga kiritilgan tangalar qatoriga VI-VIII asrlarda Samarqandda zarb qildirilgan Turon hukmdori unvonli tangalarni ham kiritish mumkin. Oʻng tomonida qadimgi turklarga xos uzun sochli hukmdor tasviri, teskari tomonida esa islomdan oldingi Samarqand hukmdorlariga tegishli tamgʻa va yozuv oʻrin olgan ushbu tangalarning ilk nusxalari allaqachon topilib, ilm ahliga tanitilgan boʻlsa-da, ulardagi soʻgʻdiy yozuv turlicha oʻqilgan va bu tangalarning hoqonlik bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida bir ogʻiz soʻz aytilmagan edi. Ushbu tanga yozuvlarida Turon atamasi uchrashi yurtimiz nomining oʻsha chogʻlardayoq Turon — Turkiston deb atalganini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Endilikda “Turon va Turkiston atamalari oʻzaro bogʻliq emas”, deb jar solib kelgan ayrim xorijlik izlanuvchilarning oʻy-xayollari chippakka chiqdi, deya olamiz. Demak, bundan ming yil oldin buyuk ota-bobolarimiz Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Hojib yozib qoldirgan Turon — turklar yurti, Mazduron asli Marzi Turon, turk oʻlkalarining chegarasi demakdir” mazmunidagi maʼlumotlar ushbu tangalar orqali oʻz tasdigʻini top moqda. Oʻzbekiston numizmatikasida qoʻlga kiritilgan yutuqlardan yana biri mustaqillik yillariga toʻgʻri kelib, qariyb bir asrdan beri yozuvlari toʻliq oʻqilmasdan, qaysi sulolaga oidligi aniqlanmay kelayotgan Choch tangalaridan sezilarli bir qismining Choch teginlari sulolasi (605-750-y.y.) tomonidan zarb qilinganining aniqlanishi boʻldi.
Ushbu tangalarda oʻng tomonida qadimgi turklarga xos uzun sochli, dumaloq yuzli, biroz qisiq koʻzli hukmdor tasviri, teskari tomonida sulolaviy tamgʻa va uning tegrasida “Choch hukmdori teginning puli” jumlasi oʻrin olgan. Shu tariqa Xitoy yilnomalarida Shi-go van Dele (Choch davlati hukmdori tegin) shaklida uchrab, 605750-yillar orasida vohani boshqargan sulola nomi Choch teginlari boʻlgani va ular oʻz tangalarini zarb qilgani ayon boʻldi. Tangashunosligimizda yutuqlar bilan birga qator muammolar ham bor. Birinchidan, bu sohada izlanishlar olib boruvchi yosh mutaxassislar ancha kamchilikni tashkil etsa, ikkinchi tomondan, jahon tangashunoslarining bu sohaga jiddiy eʼtibor bermasligidir. Misol uchun, bugungi kunda yuzlab nusxalari topilayotgan xorazm tangalari bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchilar deyarli yoʻq.
Shuningdek, osori-atiqa toʻplovchilar tomonidan turli yoʻllar bilan yigʻilayotgan tangalarning koʻpi chet ellik toʻplovchilar qoʻliga borib tushayotgani ularni tariximizning qimmatli va zarur manbasi sifatida oʻrganish imkoniyatini qiyinlashtiryapti. Tangalardan oʻrin olgan har bir yozuv, tasvir, belgi va boshqalar oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy turmushi — tarixiy voqeliklar bilan chambarchas bogʻliq. Yangi tangalar topilishi va ulardagi yozuvning toʻlaqonli oʻqib chiqilishi esa shu paytgacha qorongʻu boʻlib qolayotgan masala va mavzularni yoritishga xizmat qilishi kerak.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa).


1. Bosqich
“Aqliy hujum” metodi asosida mavzu yuzasidan savollar beramiz
Savollar:
1. So`g`d tangalari qayerlardan topilgan?
2.Tangalar birinchi qayerda topilgan?
3. So`g`dlar qayerlar bilan savdo sotiq aloqalarni olib borgan?
4.So`g` tangalari qaysi davlat tangasiga o`xshatish mumkin?
2Bosqich
“FSMU” texnologiyasi asosida o`quvchilarning turli g‘oyalarni, qarashlarni o‘zaro taqqoslash va ularni turli toifalar bo‘yicha taqqoslagan holda baho berishga qaratilgan
1.So`g`d tangalari nechanchi asrgacha muomalada bo`lgan?
2. ?

F

S

M

U

FIKRINGIZ

SABABI

MISOL

UMUMLASHTIRING













3.Bosqich
Test savollariga javob bering
1Xronologiya nimani o`rganuvchi soha hisoblanadi?

  1. *Xronologiya qadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar) ni o'rganuvchi soha.

  2. Xronologiya qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini o'rganadi.

  3. Xronologiya qadimgi qo'lyozma asarlarning qog'ozi muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.

  4. Xronologiya rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.

2.Numizmatika nimani o`rganuvchi soha hisoblanadi?

  1. *Numizmatika qadimiy pullarning kelib chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan joyi, vaqtini o'rganadi.

  2. Numizmatika qadimgi qo'lyozma asarlarning qog'ozi muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.

  3. Numizmatika rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.

  4. Numizmatika «Yunoncha» urug'dosh, inson nasablarini kelib chiqishini



3.Kartografiya nimani o`rganuvchi soha hisoblanadi?

  1. *Kartografiya – qadimiy, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, harbiy, dengiz, mahfiy va turli xaritalarni va xaritashunoslik tarixini o’rganuvchi fan sohasi.

  2. Kartografiya - tarixiy ismlar, tarixiy joy atamalari, qadimgi havonlar nomlari, osmon jismlarining nomlari, xadolar nomlari va boshqalarni o’rganuvchi soha.

  3. Kartografiya – qadimgi va tarixiy xalqlar, elatlar, millatlar tillarini o’rganuvchi fan sohasi.

  4. Kartografiya – mahfiy (yashirin) yozuvlarni o’rganuvchi fan sohasi.

4.(milodgacha 190-125 y) birinchi bо‘lib Oyning о‘lchami va undan yergacha bо‘lgan masofani aniqlagan olim kim?.



  1. *Gipparx

  2. Klavdiy Ptolemey

  3. Mark Terensiy Varron

  4. M.V.Lomonosov

5.Xronologiya faniga oid kо‘plab ma’lumotlar berilgan


Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Xronologiya”), “Qonuni Mas’udiy” asarlari kimning qalamiga mansub?.

  1. *Abu Rayhon Beruniy

  2. Ahmad al-Farg‘oniy

  3. Umar Xayyom

  4. Mirzo Ulug‘bek

5. O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirish.

  1. Dars yakuni (7 daqiqa).

O`quvchilarni o`tgan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javobini baholash

  1. Uyga vazifa beris(3 daqiqa).

Yangi mavzu:So`gd tangalari mavzusini o`qib o`zlashtirib kelish



Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish