Yordamchi tarix” fanidan Sirtqi ( 2 otm )bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami toshkent-2022 y



Download 256,5 Kb.
bet3/18
Sana06.07.2022
Hajmi256,5 Kb.
#750499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
121099 24 ОТМ Ёрдамчи тарих (7)

O‘quv jarayoni rejasida uch yillik o‘qish jarayonida o‘qitiladigan o‘quv fanlari, har bir kursda o‘qitiladigan o‘quv fanlarining semestrlar bo‘yicha xaftalik soatlar hajmi ko‘rsatiladi.
Yordamchi tarix” fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTC), ta’lim yо‘nalishining malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturi, o‘qituvchining dars o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.



  1. topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1.Tarixiy va Astronomik xronologiya deganda nimani tushunasiz?


Xronologiya – turli xalqlarning turli tarixiy davrlarda vaqtni qanday hisoblashgani, kalendarlari, tarixiy voqealarning sanalarini aniqlaydi. Xronologiya yunoncha sо‘z bо‘lib, “xronos” – vaqt, “logos”- fan, ya’ni vaqtni о‘rganish haqidagi fandir. Xronologiya vaqtni о‘rganish, hisoblash haqidagi fan sifatida ikki qismga bо‘linadi: astronomik (matematik) va tarixiy xronologiya
Astronomik xronologiya - osmon jismlarining siljishini matematik hisob asosida astronomik davrning vaqtini aniqlaydi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash tizimini о‘rganadi, ularning о‘zaro bog‘liqligini, vaqtlarni bir hisob tizimidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi.
2.Dastlabki kalendar qaerda vujudga kelgan?
Kalendar (lot. calendarium — qarz daftari), taqvim — yil, oy, hafta va kunlar hisoblashni yuritish tizimi. Kalendar so‘zi lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to‘laganlar va bu “kalenda”ga qayd qilib borilgan, qarzdorlar qarz foizlarini oyning birinchi kunida to‘laganlar.Demak calendar Rimda paydo bo`lgan lekin dastlabki Misr Quyosh kalendari miloddan avvalgi 3 ming yillikda yaratiladi

3. Hindistonda grigoriy kalendari qo‘llanilgan vaqtni ayting


XVIII asrga kelib Hindistonda grigorian kalendari qо‘llanilgan. 1957 yilda Saka erasi - grigorian kalendariga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud
.
4. Xitoyda qachon birinchi yulduz katalogi tuzildi?
Miloddan avvalgi 360 yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi. Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendarlaridir. Bir qancha Xitoy yilnomalari, arxeologik malumotlarga kо‘ra, Shan in sulolasi davri (mil. av. XVIII-XII asrlar)da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan. Vaqti-vaqti bilan qо‘shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatish natijasida oylarni 29,5 Quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar. Xitoyda asosan Oy-Quyosh kalendaridan foydalanilgan. Oy–Quyosh asosida tuzilgan Xitoy yilida bir yil 29 va 30 kunlik 12 oy ya’ni, 354 kundan iborat bо‘lgan. Quyosh yili Oy yilidan 10 kun 21 soat uzun bо‘lgani uchun, о‘n tо‘qqiz yilda yetti marta qо‘shimcha о‘n uchinchi oy qо‘shilgan.

5. Yuliy Sezarning kalendar islohotining mohiyatini ayting.


Rim imperatori Yuliy Sezar (mil.av. 100 y. mil. 44 y.) miloddan avvalgi 46 yilda kalendar islohotini о‘tkazdi. Yuliy Sezarni Misrda bо‘lganida mahalliy kalendar qiziqtirib qо‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr “daydi kalendari”ni tuzatib, sо‘ngra uni qabul qilish vazifasi qо‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yuliy Sezar sharafiga tarixga Yulian kalendari nomi bilan kiradi.
Yulian kalendarida yilning boshi, davomiyligi va qо‘shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi. Kalendarda yilning birinchi oyi yanvar qabul qilindi. Miloddan avvalgi 153 yildan boshlab Rim konsullari yanvarda о‘z xizmat vazifasini boshlardilar. Yangi kalendarda eski kalendaridagi oylar nomi saqlanib qoldi. Bular: yanuaris, februarius, martius, aprilis, mayus, yunius, kvintilis, sekstilis, september, oktober, november, detsember. Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan (yanuaris, martius, mayus, kvintilis, september, november) juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan (aprilis, yunius, sekstilis, oktober, detsember) fevral 29, (30) kundan qilib belgilandi. Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda о‘tgan sutkalar sonini topish ham ancha oson edi. Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bо‘lib tо‘rt yillik sikl joriy qilindi. Tо‘rt yildan uch yili 365 kun tо‘rtinchi yili esa 366 kun bо‘lib kabisa yildan iborat edi.

6. Diniy marosimlarni nishonlashda kalendarning o‘rni qanday?


Musulmonlarning hayit bayramini hisoblashda va nasroniylarning pasha bayramini hisoblashda kalendarning ahamiyati katta masalan 325 yilda Nikeya soborida yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21 martni bahorgi teng kunlik kuniga mos keltirdik deb, о‘yladilar. Nasroniylarda diniy pasxa bayramini о‘tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan sо‘ng haqiqiy bahorgi teng kunlik nuqtasi kalendarga tо‘g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi teng kunlik nuqtasi 21 mart emas, 11 martga tо‘g‘ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qо‘ydi, ya’ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi bu esa Nikeya sobori qaroriga zid edi. Pasxa bayrami 21 martdan keyingi tо‘lin oydan sо‘ng birinchi yakshanbada nishonlanishi kerak edi.
Yulian kalendaridagi kamchiliklarni 1324 yilda vizantiyalik olim Nikifor Grigora aniqladi

7. Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari qanday voqealarm bilan bog‘liq?


Qadimda Rimda bayramlar juda ko`p nishonlangan va rim kalendarida juda ko`p kunlar bayram kunlari hisoblangan lekin hamma bayramlar ham har yili aniq qaysidir bir kunda nishonlanmagan ba`zilarini esa kunlari aniq qilib begilangan masalan Rimliklar aprel oyida 15 19 21 chi kunlari har yili hudolari uchun qurbonlik keltirib va shu kunni bayram qilib nishonlashgan bundan tashqari Rimliklar har hil uyinlar o`tkazgan masalan Gladiatrlar o`yini va bu o`yin ularda har yili odat tusiga aylanib uni kalendarga bayram kuni deb kiritib nishonlashgan

8. Hijriy - shamsiy kalendarga ta’rif bering.


Hijriy yili musulmonlar yili bо‘lib, 622 yil 16 iyul Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yil ikki xil hisobga ega.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish