yordamchi so`z turkumlariga mansub birlik bor?
a)
6 ta
b) 7 ta
c) 5 ta
d) 8 ta
10. Qaysi javobda fikrni xulosalash ma`nosi
ifodalangan sof modal so`z qatnashgan shaxsi
noma`lum gap keltirilgan?
a) Avvalo, bu litsey binosi edi.
b) To`g`ri, g`alabaga qurbonsiz erishib bo`lmaydi.
c) Xullas, bu yerda o`rtoq Ergashevning xushyorligiga
tan berish kerak
d) Shubhasiz, bunga ishonish kerak
11. To‘g‘ri, ehtimol so`zlari qaysi gaplarda gap bo`lagi
vazifasini bajargan.
1. To`g`ri-da , harna ko`ngli yozilgani.
2. To`g`ri gap tuqqaniningga yoqmas
3. To`g`ri so`z toshni yorar
4. Bo`ron bol`ishi ehtimol, qizim
5. Ehtimol, bu uning onasidan qolgan yagona yodgorlik
a) 2, 3, 4
b) 1, 2, 3, 4
c) 2, 3, 4, 5
d) 2, 3
12. Uslubiy betaraf ergashtiruvchi bog`lovchi qaysi
javobda berilgan?
a) garchi b) ya`ni
c) xuddi
d) go`yo
13. Badiiy va publitsistik uslubda qo`llanuvchi
bog`lovchilarni toping
1) va 2) yoxud 3) hamda 4) yoinki
a) 1, 2, 3 b) 2, 3, 4
c) 1, 2
d) 2, 4
14.Qaysi gapda ustida so`zi ko`makchi vazifasini
bajargan?
1. Onam stol ustini tartibga solardi.
2. Mirzo Ulug`bek suyukli jadvali ustida shu yerda
ishlar edi.
3. Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa,
g`am- qayg`u ostida bo`ladi.
4. U.Nosir o`z ustida ko`p ishlardi.
a) 1, 2, 3, 4
b) 1, 2, 3
c) 2, 3, 4
d) 2, 4
15 Qaysi gaplarda kuchaytiruv- ta`kid yuklamasi
vazifadosh bog`lovchi bol`ib kelgan?
1. U kishi hamma bilan qo`l berib so`rashdi-da, menga
qolganda burilib ketdi.
2. U anchadan keyin o`ziga keldi-yu tepasida xotini
turganini , qizchalari yig`layotganini ko`rdi.
3.Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha unga
o`zini urdi-yu, jon saqlab qoldi
4.Bular ona –yurtning erkalari-da, bular ertangi kun
egalari-da.
a) 1, 2, 3, 4 b) 1, 2
c) 2, 3
d) 1, 2, 3
16.Yuklama qatnashgan gapni aniqlang.
a) Aql inson uchun eng oliy ne`matlardan biridir.
b) Aql yurak ichidagi nur, bu nur ila haq yoki nohaq
bilib olinadi.
c) Hayosizda or bo`lmas, also vafodor bo`lmas.
d) Bog` juda katta , bir gektarcha keladi
17.Vazifadosh bog`lovchilar qaysi so`z turkumlari bilan
vazifadosh bo`la oladi?
1) yuklama; 2) ko`makchi ; 3)modal so`z; 4) undov
so`z
a) 1, 2, 3 b) 1 c) 1, 2 d) 1, 2, 3, 4
18. Ot va taqlid so`z shakldoshligiga misol berilgan
javobni aniqlang.
a) qarsak, jizza
b) patir, pir
c) ish, taq
d) pish, tap
19.Qaysi so`zlar grammatik ma`noga ega emas.
a) olmosh va son
b) barcha yordamchi so`z turkumlar
c) modal, taqlid va undov
d) barcha so`zlar grammatik ma`noga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |