Хамитова А. Туркий тилларда сифатнинг интеенсив формасига доир(ўзбек, ўйӻур, қозоқ тиллари
55
UMUMIY XULOSALAR
Turkiy (o„zbek va turk) tillardagi sifat so„z turkumini qiyoslash natijasida
shunday xulosalarga kelindi.
O„zbek tilida predmet, narsa-buyumning belgisini bildiruvchi, qanday?
qanaqa? qaysi? so„roqlariga javob bo„luvchi sifat so„z turkumi turk tilida shu
so„roqlar bilan birga nechta? qancha? kabi so„roqlarga ham javob bo„lib keladi.
So„zlarni turkumlarga tasniflashda ham har ikki tilda farqli jihatlarni
ko„rishimiz mumkin. Sifat leksemalari tarkibiga son leksemalari kiritilishini turk
tilida misollar orqali ko„rdik.
Asliy va nisbiy sifatlar o„zbek tilida ham turk tillida ham mavjud bo„lib,
belgini to„g„ridan-to„g„ri darajalab ko„rsatuvchi asliy sifatlar turk tilida vasiflama
sifatlari deyilib, predmetning yoki harakatning belgisini ifodalaydi. doğru (söz),
yavaş hareket. Turk tilidagi nisbiy sifatlarning 5 turi (
sayi sifatari, işaret sifatlari,
soru sifatlari, belirsiz sifatlari) mavjud. O„zbek tilida nisbiy sifatlarga to„g„ridan-
to„g„ri daraja shaklini ko„rsata olmaydigan sifat leksemalar kiradi.
Sifatlarning leksik-semantik guruhlari o„zbek va turk tillari misolida
qiyoslanganda, umumiy miqdorda 9 ta guruhdan iborat LSGlar aniqlangan, har
biriga ikki tilning sifat turkumiga oid leksemalari joylashtirilgan, 10-guruhda
56
miqdor bildiruvchi leksemalar sifatida turk tilidagi az, çok, bölüm, bazı, bırkaç,
bütün kabi so„zlar kiritilgan.
Turk tilidagi soru sifatlari: kaç, hangi, ne , nasil, nice, neredeki, kaçinci
o„zbek tilida qaysi? qanday? qanaqa? qayerdagi? nechanchi? kabi so„roq
olmoshariga to„g„ri keladi.
O„zbek tildagi ko„rsatish olmoshlaridan bu, shu, u turk tilida bu, şu, o
ko„rinishida ışaret sıfatları deb nomlanadi.
Sifat so„z turukumining qiyosida farqli va umumiy holatlar ochib berildi.
So„zlarni turkumlarga ajratishda turk tilshunosligida son so„z turkumi sifat so„z
turkumidan ayrilmagan holda o„rganilishi va o„zbek tilshunosligida olmosh so„z
turkumi tarkibiga kiritilgan ba‟zi so„zlar ham turk tilshunosligida sifat so„z turkumi
tarkibiga kiritilganligi yoritildi. Turk tilida o„zbek tilidan farqli o„laroq sifat
turkumiga oid leksemalar alohida ajratilmagan, ular matn ichida aniqlanadi va bu
leksemalar boshqa o„rinlarda turli so„z turkumlari vazifasida kelishi mumkin.
O„zbek tili va turk tilidagi sifat so„z turkumining yasalishi, sifat so„z
turkumining tuzilishiga ko„ra turlari, har ikki tilda sifat darajalari qiyosiga
bag„ishlangan masalalar o„rganildi. O„zbek va turk tillarida sifat leksemalarining
gap tarkibida qaysi gap bo„lagi bo„lib kelishi va otlashganda qaysi gap bo„laklari
o„rnida kelishi kabi masalalar yoritib berildi.
O„zbek tilidagi sifat yasovchi qo„shimchalardan ayrimlari turk tilida ham
mavjudligi aniqlandi. Fors-tojik tilidan o„zbek tiliga o„tgan ser-, no-, be-, ba-, -dor,
-kor qo„shimchalar turk tilida sifat yasovchi qo„shimchalar tarkibida mavjud
emasligi aniqlandi.
O„zbek tilidagi sifat darajalari va tur tilidagi sifat darajalarida farq mavjudligi,
turk tilida darajalarning 4 turi mavjud (Tenglik darajasi = Eşıtlık derecesı,
Ustunlik darajasi=Üstünlük derecesı, Ekstremistik (tezlik) darajasi= Aşırlık
derecesı, Eng ko‗p ustunlik darajasi=En üstünlük derecesı) bo„lin bu o„zbek
tilidagi sifatning 3 daraja shakllaridan biroz farqlanishini misollar orqali ochib
berildi.