Yoqubjonova nigora abdusamatovnaning



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/61
Sana01.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#280379
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
turkiy tillarda sifat soz turkumi

Darg‘azab:  Soqijon  Obidov  qandaydir  darg‗azab  bir  alfozda  polni 

gursillatib,  eshiklarni  sharaq-shuruq  ochib  kirib  keldi.    Soqijon  Obidov  shunday 

o‗ksib  gapirdiki,  ota  boya  qanday  darg‗azab  bo‗lgan  bo‗lsa,  endi  shunday 

dovdirab, bir zum gap topolmay qoldi. Buni ko‘rib darg‗azab bo‗lgan Normurod: -

Bas!-dedi.

40

  

G‘azabli:  Otaq‗zi  yuragining  tagidan  daf‘atan  vulqonday  qaynab  kelgan 

g‗azabni  zo‗r-bazo‗r  to‗xtatib  qoldi.    Zum  o‗tmay  bu  g‗azab,  tog‗asiga  qarshi 

dilida jo‗sh urgan bu isyon, qandaydir alamli bir tuyg‗u bilan almashdi-yu, uzoq 

mum tishlab qoldi.  

4. Tilimizda sog‘, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd kabi sifat leksemalar 

ham  ruhiy  holatni  ifodalovchi  leksik-semantik  guruh  qatorini  tashkil  etadi.  Lekin 

bu qatorni tashkil etuvchi leksemalar anglatgan ma‟nosidan salbiylik yoki ijobiylik 

semasi aks etmaydi:  

Tog„day zil tashvishlar boshga tushsa, rost,  

Biz faqat boqamiz loqaydu mudroq.   

Lol:  Bu  kutilmagan  jangdan  garang  bo‗lib  qolgan  Proxor  bir  o‗rtada  lol 

bo‗lib  turgan  Normurod  Shomurodovga,  bir  oqsoqlanib  kelayotgan  O‗rozqulga 

qaradi.  Men oldin bir odam bilan gaplashishim kerak!-dedi domla Shomurodov va 

Xolidani lol qoldirib, mashinaga qarab ketdi. 

41

 

Shunday qilib, sifat leksemalar o‟z semantik tabiatidan kelib chiqib, kishining 



turli ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi hamda bunday sifatlar alohida leksik-

semantik  guruhlar  qatorini  tashkil  etadi.  Ular  badiiy  nutqda  tasvirlanayotgan 

kishining  turli  xil  kayfiyatini  (shodligini,  quvonchini,  g„am-alamini),  ichki 

kechinmalarini,  ruhiy  iztiroblarini  aks  ettirish  va  shu  orqali  kitobxonda  ham  turli 

xil emotsiyalarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri sanaladi.  

Sifat  so„zlarining  o„zaro  sinonimiyasi,  ularning  turli  nutq  uslublaridan 

farqlanishi,  sifat  darajalarini  hosil  qiluvchi  shakllarning  ma‟no  farqlari,  nihoyat, 

                                                           

40

 O.Yoqubov. Diyonat. –Toshkent, 2015. –B. 273. 



41

 O.Yoqubov. Ko„rsatilgan kitob. –Toshkent, 2015. –B. 223 




37 

 

badiiy  adabiyotdagi  epitetlarning  sifatlardan  ifodalanishi  bu  turkum  so„zlarning 



boy uslubiy imkoniyatlarini ko„rsatadi.  

Sifat so„zlarining semantik-uslubiy xususiyatlari ular birikib kelgan otlarning 

ma‟no ottenkasini hisobga olgandagina to„la anglashiladi: past ovoz, past uy deyish 

mumkin bo„lgani holda, past uyqu deb bo„lmaydi. Aksincha, tinch uyqu, tinch uy 

deyish  mumkin,  ammo  tinch  ovoz  deb  bo„lmaydi.  Demak,  sifat  so„zlarining 

semantik  tarkibidagi  semalarni  bilgan  holda  ular  birikib  kelayotgan  predmetlik 

semalariga  mos kelgandagina semantik  yaxlitlik hosil qiladi. Ana shu xususiyatni 

to„la anglamaslik natijasida nutqda uslubiy xatolar ro„y beradi.  

Masalan: tinch, yuvosh, beozor sifatlari odam, kishi so„zlariga bemalol birika 

oladi,  ammo  ovoz  so„ziga  esa  bu  sifatlarning  birortasi  ham  birika  olmaydi.  Ovoz 

so„zi  past,  jarangsiz,  baland  sifatlari  bilan  birikma  hosil  qiladi:  past  ovoz, 

jarangsiz ovoz, baland ovoz kabi. Bu semantik yaxlitlikni hosil qilishda eshitilish, 

talaffuz  kabi  integral  (oraliq)  semalar  rol  o„ynaydi.  Sifat  so„zlaridagi  bunday 

semantik  nozikliklar  tam-maza,  rang-tus  bildiruvchi  so„zlarda  yanada  yaqqol 

ko„rinadi.  

Ayrim  sifatlar  logik  talab  bilan  biror  predmetning  rangini  ifodalash  uchun 

xizmat  qiladi:  oq  tosh,  qora  echki  kabi.  Ammo  ayrim  predmetlarning  o„zida 

bevosita  rang-tus  ifodalanib  turadi:  sut,  ko‗mir,  qon  kabilarda  oq,  qora,  qizil 

ranglari ifodalangan. Shunga qaramay, bunday so„zlar oldidan rangning yana ham 

kuchliligini bildiruvchi so„zlar keltirilib, birikma hosil qilinadi:  oq sut-oppoq sut, 

qora  ko‗mir-qop-qora  ko‗mir,  qizil  qon-qip-qizil  qon  kabi.  Bu  tip  qo„llanishlar 

ma‟lum  uslubiy  talab  bilan  ma‟no  kuchaytirish,  uni  bo„rttirish  uchun  ishlatiladi: 



Qip-qizil qonga bo‗yalgan yana bir bandi obxonaga keltirib tashlandi. (S.A.)  

Sifatlarning  to‟liq  va  noto„liq  shakllari  mavjud  bo„lib,  ular  matnda  birining 

o„rnini ikkinchisiga almashtiradi. To„liq shaklli birikmalarda ma‟no kuchaytiriladi. 

Masalan:  ulug„  ish-  ulug„vor  ish,  katta  hovli  –kattakon  hovli  kabi.  To„liq  formali 

sifatlar badiiy va publitsistik nutq uslublarida ko„p ishlatiladi:  

Oppoq tong otadi ...kuyimga yo‗ldosh,  



38 

 

Ko‗kda yarqiraydi kattakon quyosh.  




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish