Yo`qotilgan o`zlikni topish.
Inson o`zlikni yo`qotgan chog`i
butun hayot va umrini yo`qotadi…
Hayot…Inson yaralibdiki, o`zligini qidirgan holda bu hayotni birin-ketin tushunushga va uni anglashga intiladi. Qanday qilib deysizmmi?... Aslida nima uchun ildam qadam ila oldinga intilyotgani haqida unutib,ba`zan hayotning aldamchi gumroxlariga aldanib qolishdan saqlanishga harakat qiladi. Nima unga to`sqinlik qiladi-yu, nima yordam beradi. Bilimi ko`mak beradimi? Yoki axloqi?... Axloq borasida “Savdogarlar ustozi” kitobida shunday jumla keltirilgan “Odobni 30 yil, ilmni esa 20 yil o`rgandim.” Demak biz uchun bilim ko`nikmasdan ko`ra tarbiya masalasi ustunroq va muhumroq o`rin tutadi. Dunyo ahli vaqtinchalik yaratilgan narsalarga aldanib,o`zining, o`zligining hayolidagi diqqatni shu narsalarga qaratib atrof muhuti va hotirjam hayotni unutib bormoqda. Nega deysizmi? Xosh?... Qizlarimizning o`z sirlarini yaqin bo`lgan jonkuyar, farzandi uchun jonini beruvchi onalariga aytish o`rniga boshqa bir “ yaqinga” aytishi – o`zlikni yo`qotish emasmi? Yoki o`g`il bolalarimizning asosiy vaqtini ya`ni kunning to`rtdan ikki qismini yoki uch qismini qo`shtirnoq ichidagi “dildoshlari” uchun sarflashlari-o`zlikni yo`qotish emasmi? Yoki, xalqqa bir og`ir kulfat tushgan payti, saxovatgo`y savdogarlarimiz “qora” xalqni qiynab narxlarni oshirish- o`zlikni yo`qotish emasi? Yoki, ko`zlari quvonchga to`la, umidlari olam bo`lgan murg`ak qalbli bolaraning goh kulgulari goh yig`ilari “ bolalar uyini” qamrab olishi- o`zlikni yo`q tish emasmi? Yoki, qariyalar uyida oppoq sochlari bilan, qamargan qo`llari bilan, mayus tabbasum ila bolalarini duo qilayotgan onalarning soni oshiib borishi- o`zliknn yo`qotish emasmi? Yoki, zamonning oridan quvib, uga tobelanib borayotganini his qilmagan holda o`z qadryatlarni unutish- o`zlikni yo`qotish emasmi? Yoki, yetimning haqqini go`yo uyida oddiy “suv” ichyotgan insondek xotirjam yeyish, ya`ni yetimning haqqiga hiyonat qilish- o`zlikni yo`qotish emasmi?... ( Taffakur vaqti…) Xo`sh… Biz qayerdamiz/.. Hayot ko`prigining qay qismida turibmiz. Jarkikdami? Yoki Tikonzorda? Men shularni o`ylab o`yimga yetolmayman . Lekin, birgina yechim bor: bu ham bo`lsa o`zlikni yo`qotmaslikka intilish ya`ni o`tgan avlod qilgan xatoni takrorlamaslik va kelajak avlodni “ o`zlikni anglatib” tarbiyalash. Xosh… Siz, o`zingiz uchun, o`zligingiz uchun nima qilyabsiz?!.....
Sumayya
748-22 guruh
Xorijiy tillar va adabyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |