Yoqilg’i tarkibi Reja; Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va terminlardan foydalaniladi



Download 50,04 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi50,04 Kb.
#737605
  1   2   3   4   5

Yoqilg’i tarkibi
Reja;
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va terminlardan foydalaniladi
2.Yoqilg’i va uning xossalari
3. Yoqilgi va uning turlari
4.Yonish jarayonini xisoblash

Energiyani tejash — energetika resurslaridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan huquqiy, tashkiliy, ilmiy, ishlab chiqarish, texnik va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;


yoqilg‘i-energetika resursi — hozirgi vaqtda foydalanilayotgan yoki istiqbolda foydalanilishi mumkin bo‘lgan energiya manbai;
energetika resurslaridan samarali foydalanish — texnika va texnologiyalar rivojlanishining mavjud darajasida va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablarga rioya qilgan holda energetika resurslaridan foydalanishning iqtisodiy o‘zini oqlagan samaradorligiga erishish;
ikkilamchi energetika resursi — asosiy jarayonda foydalanilmaydigan, biroq boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan ishlab chiqarishning asosiy, oraliq, qo‘shimcha mahsuloti va chiqindilarining energetika salohiyoti;
energetika resurslarining noishlab chiqarish sarfi — standartlar, normalar va reglamentlar buzilishi tufayli kelib chiqqan energiya resurslari nobudgarchiligi;
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi — yoqilg‘i-energetika resursidan mahsulot ishlab chiqarishda, xizmatlar ko‘rsatishda, shu jumladan qayta ishlash, transportda tashish va saqlash paytida hamda o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan yuridik shaxs;
energetika tekshiruvlari — yoqilg‘i-energetika resursidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirishning iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilarini tekshirish;
energetika ekspertizasi — energiya ta’minotining energiya samaradorligi loyihalari va sxemalari sohasida, ishlab turgan, yangidan ishga tushirilgan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarda energiya ishlab chiqaradigan va energiyani iste’mol qiladigan asbob-uskunalarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish;
davlat nazorati organlari — elektr, issiqlik energiyasi iste’moli va ko‘mirdan foydalanish ustidan nazorat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;

Mazkur Qoidalar yoqilg‘i-energetika iste’molchilari tomonidan yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligini baholash hamda yoqilg‘i va energiya ta’minotiga xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida energoauditorlar tomonidan energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Majburiy dastlabki energetika tekshiruvidan o‘tishi kerak bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha davlat nazorati organlari tomonidan tuziladi va Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yangi va rekonstruksiya qilinadigan obyektlar, texnologiyalar va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika ekspertizasidan o‘tkazish majburiy hisoblanadi.


Energetika tekshiruvlari va ekspertizalarni o‘tkazishni tashkil etish
Respublikada yoqilg‘i-energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini tashkil etish, umumiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni davlat nazorati organlari amalga oshiradilar.
Yoqilg‘i-energetika iste’molchilarini energetika tekshiruvlaridan va ekspertizadan o‘tkazish faqat energoauditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tekshirish va ekspertiza o‘tkazilishidan oldin energoauditorlar tomonidan energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o‘tkazish dasturi tuziladi (energetika tekshiruvlari va ekspertizalarni o‘tkazishning namunaviy dasturlari mazkur Qoidalarga 1 va 3-ilovalarda keltirilgan). Ushbu dasturlar tekshiriladigan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi bilan kelishiladi va davlat nazorati organlarida tasdiqlanadi. Energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o‘tkazish dasturi iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning mavjud yoki yangi ilg‘or usullari asosida ishlab chiqilishi kerak.
Tekshiruvlar va ekspertizalarning mazmuni:
qabul qilingan respublika va xalqaro normalarga;
iqtisodiy vaziyatni baholashga;
energetika va ekologiya xavfsizligini ta’minlashga;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’sirini baholashga;
energetika tekshiruvlari va ekspertizalar o‘tkazish dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yoqilg‘i-energetika resursining jami iste’moli yoki uning har bir turining iste’moli har yili ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng bo‘lgan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilari majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Yoqilg‘i-energetika resursining yillik iste’moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng bo‘lgan yoqilg‘i-energetika iste’molchilarining energetika tekshiruvi yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilarining murojaatiga ko‘ra yoki muvofiqlashtiruvchi tekshiruvlar davomida aniqlangan iste’molchilar tomonidan yoqilg‘i-energetika resursi noratsional foydalanilganda davlat nazorati organlarining qaroriga ko‘ra o‘tkaziladi.
Energetika tekshiruvlari dastlabki, davriy (takroriy), navbatdan tashqari, tezkor (mahalliy) tekshirishlarga bo‘linadi.
Dastlabki tekshirishda yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligiga baho beriladi (yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanuvchining asbob-uskunalari ishi samaradorligi; foydalaniladigan yoqilg‘i-energetika resursini hisobga olishning holati; ulardan foydalanish bo‘yicha hisobot berish tekshiriladi; yoqilg‘iga sarf-xarajatlar va energiya ta’minoti tahlili o‘tkaziladi).
Yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligini baholash oldingi tekshiriladigan davr uchun o‘tkaziladi.
Tekshirish natijalari yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining belgilangan namunadagi energetika pasportida qayd etiladi (mazkur Qoidalarga 2-ilova).
Yoqilg‘i-energetika resursi tekshiruvi natijalari bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanishdagi qoida buzishlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va ulardan samarali foydalanish, texnik imkoniyat bo‘lgan taqdirda — ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ro‘yxati beriladi.
Davriy (takroriy) tekshirishda oldin berilgan tavsiyalar bajarilganligi tekshiriladi, yoqilg‘i-energetika resursi iste’moli dinamikasi va mahsulot ishlab chiqarishda ularning solishtirma xarajatlari (energiya sig‘imi, ishlab chiqarishning umumiy moddiy xarajatlarida energiya resurslari qiymati) baholanadi.
Tekshirish natijalari bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining energetika pasportiga o‘zgartirishlar kiritiladi hamda mazkur Qoidalarning 12-bandida ko‘rsatilganga o‘xshash tavsiyalar beriladi. Yoqilg‘i-energetika iste’molchilarini davriy (takroriy) tekshirish 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari (rejadan tashqari) tekshirishlar:
bir qancha bilvosita belgilar (energiya resurslarining umumiy va solishtirma iste’moli, mahsulot va undagi yoqilg‘i tarkibi tannarxi, atmosferaga zararli chiqindilar chiqarish o‘sishi va hokazolar) bo‘yicha davlat nazorati organida yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligi keskin pasayib ketganligi to‘g‘risida taxmin paydo bo‘lsa; agar energoauditor tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarining ishonchliligi shubha uyg‘otsa, davlat nazorati organining tashabbusi bilan;
iste’molchi yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish bo‘yicha o‘z faoliyatini tekshirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilgan taqdirda iste’molchining tashabbusi bilan;
shoshilinch aralashish odamlarning hayoti va sog‘ligiga xavf soladigan qoida buzishlarning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi tufayli kelib chiqqan taqdirda hamda qoida buzishlar bevosita ular sodir etilayotgan paytda aniqlangan taqdirda o‘tkaziladi.
Tezkor tekshirish (mahalliy) hajmi va vaqtiga ko‘ra cheklangan xususiyatli bo‘ladi. Bunda yoqilg‘i-energetika resursi turlaridan biridan (elektr yoki issiqlik energiyasi, qattiq, suyuq yoki gazsimon yoqilg‘i, ikkilamchi energiya resurslaridan) yoxud agregatlarning alohida guruhidan (alohida agregat) foydalanish samaradorligi yoxud samaradorlikning alohida ko‘rsatkichlari baholanadi.
Energoauditorlar energetika tekshiruvi va ekspertizalarni namunaviy dasturlar bo‘yicha o‘tkazadilar.
Energoauditorlar energetika tekshiruvi tugallangandan keyin quyidagi hujjatlarni rasmiylashtiradilar:
energetika tekshiruvi o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan shaklda hisobot;
vositalar bilan tasdiqlangan yoqilg‘i-energetika balansi. Yoqilg‘i-energetika resursidan samarali foydalanish parametrlariga bilvosita baho berishga yo‘l qo‘yilmaydi;
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining energetika pasporti (mazkur Qoidalarga 2-ilova);
yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligini oshirish va yoqilg‘iga sarflarni kamaytirish hamda energiya ta’minoti bo‘yicha tavsiyalar (tekshirilayotgan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining rahbariyati bilan kelishuv bo‘yicha). Tavsiyalar bo‘yicha obyektning iqtisodiy holatini aniq belgilab beradigan energetika samaradorligini baholash bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi rejasi tayyorlanishi kerak.
Energetika tekshiruvlari natijasida yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi tomonidan yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanish samaradorligi baholanishi, undan foydalanishda qoida buzilishi sabablari ochib tashlanishi, iqtisodiyotning mavjud rezervlari aniqlanishi, fizik va pul ifodasida prognozlashtiralayotgan tejash, shuningdek ularni amalga oshirish qiymati ko‘rsatilgan holda texnik va tashkiliy energiyani tejaydigan yechimlar taklif qilinishi kerak. Texnik jihatdan imkoniyat bo‘lgan taqdirda ikkilamchi energetika resurslaridan, tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar tavsiya qilinadi.
Energiyani tejash va yoqilg‘i-energetika resursidan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlayotgan asbob-uskunalar va texnologik jarayonlarning ekologik tavsifini, xodimlar ishining xavfsizligi va qulayligi, mahsulot sifat darajasini pasaytirmasligi kerak.
O‘tkazilgan energetika tekshiruvlari hisobotlari energetika tekshiruvini o‘tkazgan tashkilotning rahbari va yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi tomonidan imzolanadi.
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi imzolashdan bosh tortganda energetika tekshiruvi hisobotida tegishli yozuv qayd etiladi.
Hisobot imzolangandan keyin unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qarorga rozi bo‘lmagan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining vakolatli vakili o‘z fikrini bayon qilishga haqlidir. Ushbu fikr hisobotga ilova qilinadi.
Energoauditor yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisiga o‘tkazilgan energetika tekshiruvi to‘g‘risida to‘liq hisobot beradi hamda o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risidagi hisobot imzolangandan keyin 10 kun muddatda yoqilg‘i-energetika iste’molchisining energetika pasportini davlat nazorati hududiy organlariga beradi. Davlat nazorati hududiy organlari o‘z navbatida quyidagilarni bajaradi:
o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganadi;
nazorat qilinadigan hudud bo‘yicha o‘tkazilgan energetika tekshiruvlari natijalarini umumlashtiradi (energoauditorlar faoliyatini hisobga olgan holda);
tegishli tarzda rasmiylashtirilgan umumlashtirilgan natijalarni davlat nazorati organlariga beradi;
iste’molchiga yoqilg‘i-energetika resursidan foydalanishda qoida buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi;
davlat nazorati organlari ma’lumotlari axborot bazasiga yoqilg‘i-energetika iste’molchisining energetika pasportidan energetika ko‘rsatkichlarini kiritadi.
O‘tkazilgan energetika ekspertizasi natijalari bo‘yicha ekspert xulosa tuziladi. Ekspert xulosada energoauditor ekspertlarining sabablari ko‘rsatilgan, asoslangan va to‘liq xulosalari mavjud bo‘lishi kerak.
Ekspert xulosa energoauditorning firma blankasida 3 nusxada tayyorlanadi, energoauditorning rahbari tomonidan imzolanadi.
Ekspert xulosaning bir nusxasi tegishli davlat nazorati organiga beriladi.
Tekshiriladigan yoqilg‘i-energetika iste’molchisi energetika tekshiruvi o‘tkazilishiga yordam berishi, aynan:
tekshirish o‘tkazayotgan tashkilotning xodimlari tekshiriladigan obyektga kirishlarini ta’minlashi;
hamrohlik qilish uchun vakil ajratishi va tekshirish o‘tkazishda yordam berishi;
basharti bu texnologiya va xavfsizlik talablariga zid bo‘lmasa, o‘lchashlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar rejimini belgilashi kerak.
Energetika tekshiruvini o‘tkazishda yoqilg‘i-energetika iste’molchisi uni o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni tayinlashga va quyidagilarni taqdim etishga majburdir:
zarur texnik va texnologiya hujjatlari (energetika kommunikatsiyalarining ijro sxemalari, yoqilg‘i va energiyadan foydalanish uskunalari, yoqilg‘i-energetika resursi hisobini o‘lchash vositalari, rejim, texnologiya xaritalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar);
sexda mahsulot ishlab chiqarish va yoqilg‘i-energetika resursi iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
xo‘jalik faoliyatiga oid hujjatlar (tarmoq va tarmoqlararo normalar va normativlar, tariflar, yoqilg‘i-energetika resursi yetkazib berishga shartnomalar, yoqilg‘ining ombor zaxirasi hisobi, yoqilg‘i-energetika iste’moli va boshqa iste’molchilarga berilgan yoqilg‘i-energetika resursi, ularning nobudgarchiligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazolar);
yoqilg‘i-energetika iste’molchisining natura va qiymat ifodasida mahsulot ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy resursdan foydalanish to‘g‘risidagi statistika hisoboti;
takroriy va navbatdan tashqari tekshirishlarda — iste’molchining energetika pasporti.
Energetika tekshiruvlarini moliyalashtirish
Yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilarini energetika tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish quyidagi manbalardan:
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilarining o‘z mablag‘laridan;
bank kreditidan;
investitsiyalardan;
maxsus respublika tarmoqlararo energiya ta’minoti hisob raqamidan;
boshqa tushumlardan amalga oshirilishi mumkin.
Yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazishni moliyalashtirish tekshirish tashabbusi bilan chiqqan tashkilotlar hisobiga amalga oshiriladi.
Energoauditorlar, texnik va moliyaviy imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda, shartnoma bo‘yicha investitsiya qo‘yishlari yoki rejaga muvofiq fizik hajmni bajarishlari mumkin, bunda investitsiyalarni qaytarish va bajarilgan ishlarga haq to‘lash ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirishdan olingan foyda hisobiga amalga oshiriladi.
Energetika tekshiruvlarini o‘z vaqtida o‘tkazadigan yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilari qonunchilikda belgilangan tartibda energiya ta’minoti bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan va budjetdan tashqari manbalardan imtiyozli moliyalashtirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Energoauditorlar tomonidan o‘tkazilgan energetika tekshiruvlari natijalari haqiqiy emasligi tasdiqlangan taqdirda energoauditorlar yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilari tomonidan oldin ko‘rilgan zararlarni yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchilariga qoplashga yoki energetika tekshiruvlari o‘tkazish xarajatlarini qoplashga majburdir.
Davlat nazorati organlari va energoauditorlar qonunchilikda belgilangan vakolatlarni oshirib yubormaslikka, tekshirish davomida yoqilg‘i-energetika iste’molchisining xo‘jalik faoliyati bajarilishiga to‘sqinlik qilmaslikka, davlat sirlari va tijorat sirlariga rioya qilinishini ta’minlashga majburdir.
Mazkur Qoidalarda belgilangan energetika tekshiruvini o‘tkazish tartibi yoqilg‘i-energetika iste’molchisi tomonidan buzilgan taqdirda davlat nazorati organlari energetika tekshiruvi yangidan o‘tkazilishini tayinlash huquqiga egadirlar.
Yoqilg‘i-energetika iste’molchilari davlat nazorati organlari xodimlarini xabardor qilgan holda energetika tekshiruvi o‘tkazilishi vaqtini mustaqil belgilashga haqlidirlar.
Yoqilg‘i-energetika iste’molchilari energetika tekshiruvlari qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun javob beradilar.
Energetika tekshiruvlari va ekspertizalari o‘tkazilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o‘tkazish qoidalariga
Yoqilg‘i-energetika resursining barcha iste’molchilari uchun energetika tekshiruvlarini o‘tkazishda:
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining tuzilmasi va uning bo‘linmalari energiya iste’moli tavsifi;
energiya resurslari turlari bo‘yicha xususiy energiya balanslari;
texnologiya ishlab chiqarishlarida energiya iste’molining holati (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun amalda iste’mol qilingan yoqilg‘i- energetika resursi texnologiya obyektlari energiya iste’molining normativ tavsiflari);
energiya resurslari va energiya manbalarining alohida turlari bo‘yicha barcha iste’mol qilinadigan energiyaning taqsimlanishi xususiyatlari (buning uchun energiya iste’moli bo‘yicha ma’lumotlar o‘lchovning yagona tizimiga keltiriladi);
energiya iste’moli rejimi (sutkalik, oylik, yillik);
har bir obyekt uchun energiya iste’moliga ta’sir ko‘rsatadigan omillar (masalan, isitish tizimi uchun tashqi harorat, elektroprivodlar uchun quvvat koeffitsiyenti (cosφ) va hokazolar);
ta’sir ko‘rsatuvchi omilga (masalan, unumdorlikka, tashqi havo haroratiga va hokazolarga) energiya iste’moli nisbati hisoblanadigan resurslar va obyektlarning alohida turlari bo‘yicha solishtirma energiya iste’moli;
energiya manbalari kamayishi, izolatsiyaning buzilishi, nooqilona loyiha yechimlari, noto‘g‘ri ulanish, qurilish va montaj ishlari sifatsiz bajarilishi hisobiga energiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri nobud bo‘lishi;
bevosita texnologiya jarayonida (agregat, sex) foydalaniladigan energiya manbalari (elektr energiyasi, texnik suv, qisilgan havo, bug‘, texnik gazlar) sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
texnologiya parametrlari va mavsumiy tavsiflar bir xil bo‘lgan sharoitda solishtirma ko‘rsatkichlar o‘zgarishi dinamikasini taqqoslash yo‘li bilan energiya resurslari iste’mol qilish samaradorligi;
mahsulot ishlab chiqarishning texnologiya sxemasi (asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xomashyo, materiallar, energiya oqimlari);
energiya hisob-kitobi va uni texnik hisobga olish priborlarini, shuningdek chetga berishni hisobga oladigan hisoblagichlarni jiddiy ravishda joy-joyiga qo‘ygan holda energiya ta’minoti sxemasi;
shartnoma hujjatlari;
oldingi yilning va joriy yilning o‘tgan davri uchun amaldagi statistika hisobotlari (choraklik, yillik), shuningdek boshqa zarur hisobotlar;
energiyani tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalari va ularning bajarilishi holati, energiya iste’molini kamaytirish yuzasidan topshiriqlar mavjudligi;
ishlab chiqariladigan mahsulotni hisobga olish usullari;
energiyaning amaldagi sarfi ustidan nazorat qilish va uning sarfi normalari bajarilishi;
energiya qurilmalarini ogohlantiruvchi ta’mirlashlarning reja-jadvallari to‘g‘risida hisobotlar;
ham butun yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisi, ham yirik texnologiya agregatlari bo‘yicha energiya iste’moli balansini tuzish;
hisoblab chiqarilgan va texnik hisobga olishning holati;
normalashtirilgan energiya iste’molining holati va amaldagi Nizom normalariga muvofiqligi. Energiyaning amaldagi solishtirma sarfini baholash davrida yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining energiya ta’minoti sxemasi aniqlashtiriladi. Normalashtirish, energiya manbalari sarfi normalari tuzilmasi, hisob-kitob qilish tartibi va normalarini tasdiqlash bo‘yicha tarmoq yo‘riqnomalari va metodik ko‘rsatmalar mavjudligi ko‘rib chiqiladi. Energiya resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobot yuritilishining statistika hisoboti talablariga muvofiqligi, texnologiya asbob-uskunalarining texnik holati, ular ishining texnologiya reglamentlariga muvofiqligi, texnologiya va energetika asbob-uskunalarining ish bilan ta’minlanganligi, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish baholanadi.
Energiya iste’moli bo‘yicha eksperimental va statistik olingan ma’lumotlar hamda mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlar asosida ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga energiyaning normativ solishtirma sarfi belgilangan davrdagi amaldagi sarf bilan qiyosiy o‘rganib chiqiladi.
Tekshirish paytida quyidagi energetika obyektlarini tavsiflaydigan tegishli masalalar o‘rganiladi:
har bir stansiya bo‘yicha energiya balansi mavjudligi. Bu ularning amaldagi unumdorligini va iste’molchining yuklamasi qoplanishi imkoniyatini aks ettiradi. Energiya taqchilligi mavjud bo‘lgan taqdirda stansiyaning barqaror ishlashini ta’minlaydigan chora-tadbirlar mavjudligi;
stansiya ishining tahlili;
chora-tadbirlar va stansiyaning rezerv yoqilg‘ida ishlashga o‘tishga tayyorligi, bo‘shab qoladigan gaz hajmi;
yoqilg‘i yonishi parametrlari va ularning hisob-kitoblarga muvofiqligi, nomuvofiqlik sabablari va yoqilg‘i nobudgarchiligi hajmi;
bug‘ qozonlarining rejim xaritalariga rioya qilish, yoqilg‘ining to‘liq yonishi, sozlash va yonishni maqbullashtirish, yonish parametrlari yomonlashishining aniq sabablari va u keltirib chiqargan yoqilg‘i nobudgarchiligi;
stansiya bo‘yicha qiyosiy balans, balans tahlili, hisoblab chiqilgandan chetga chiqish sabablari, yoqilg‘iga qayta hisoblaganda energiya nobudgarchiligi;
kimyoviy va suv bilan tozalash ishlari samaradorligi, bug‘ qozonlarini uzluksiz siqilgan havo bilan tozalash miqdori (amalda normalar bo‘yicha);
issiqlik manbalarida yoqilg‘i-energetika resursi, suv va energiya manbalarini hisobga olish holati hamda normativ va amal qiluvchi hujjatlarga muvofiqligi. O‘z ehtiyojlari (sarf, normalashtirish);
birlashtirilgan stansiya foydali unumdorligining iste’molchilarning amaldagi yuklamasiga muvofiqligi. Stansiyada energiya berish shartnomalari mavjudligi;
issiqlik manbai foydali ish harakatining amaldagi koeffitsiyentini baholash, kamayishning aniq sabablari va bu tufayli kelib chiqqan yoqilg‘i nobudgarchiligi;
eksperimental o‘lchashlar va tekshirishlar natijalari bo‘yicha ishlab chiqarish va issiqlik energiyasidan foydalanish tahlilini o‘tkazish hamda:
stansiya ish rejimini maqbullashtirish;
energiya manbalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimlarini jihozlash;
yoqilg‘i-energetika resursi sarfini o‘lchash;
energiya ta’minoti sxemalarini yanada oqilona qurish;
energiya ta’minotining texnologik sxemalarini o‘zgartirish;
ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish;
issiqlik tarmoqlarining gidravlik rejimi;
kondensatni qaytarish;
energetika asbob-uskunalarining balansli sinovlari bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
energiya iste’molining joriy nazorati dasturini amalga oshirish, energetika jihatidan samarali loyihalarni joriy etish va vazifalar qo‘yish (energetika menejmenti);
stansiyaning muayyan obyektlarida energiyaning tiklanadigan manbalarini qo‘llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish zarur.
elektr iste’moli rejimlari va elektr balansini tuzish;
energiya ta’minotining magistral va taqsimlovchi elektr va issiqlik tarmoqlarining holati tahlili;
issiqlik tarmoqlarining issiqlik va gidravlik hisob-kitoblari, tarmoqning real rejimi mavjudligi, hisoblab chiqilgan rejimdan chetga chiqish va gazga qayta hisoblaganda u bilan bog‘liq nobudgarchiliklar;
uzatishda, amaldagi va normativ energiya nobudgarchiligi;
energiya ta’minoti tarmoqlarining texnik holati va ulardan foydalanishni tashkil etish, ular o‘tkazish qobiliyatining iste’molchilar yuklamasiga muvofiqligi, energiyaning uzatish paytidagi va boshqa nobudgarchiligi va ularning normativga muvofiqligi;
issiqlik trassalari va armatura izolatsiyasining holati, issiqlik trassalarini suv bosganligi;
elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini o‘lchash va baholash;
elektr qabul qilgichlarning parametrlarini tekshirish va o‘lchash;
ichki va tashqi elektr ta’minoti sxemalari tahlili;
yoritish tizimlarini tekshirish (yoritilganlikni tekshirish);
elektr ta’minoti va elektr asbob-uskunalari tizimlarining avariya holati tahlili.
bug‘ qozonlari agregatlari ishining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash;
bug‘ qozonlari va issiqlik iste’mol qiladigan asbob-uskunalarning rejim parametrlarini o‘lchash;
issiqlik bilan ta’minlaydigan qurilmalarning zararli gaz chiqindilarini aniqlash;
quvurlarning issiqlik izolatsiyasi texnik holatini tekshirish;
suvli issiqlik tarmoqlarining issiqlik va gidravlik nobudgarchiligini aniqlash;
sexlarni bug‘ bilan ta’minlash ichki tizimining bug‘-kondensat balansini tuzish;
ishlab chiqarish binolarining issiqlik ta’minoti va rejimlarini tekshirish;
issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni tekshirish;
mazut (ko‘mir) xo‘jaligida issiqlik nobudgarchiligini aniqlash;
issiqlik ta’minoti tizimining avariya holatini tahlil qilish;
bug‘ qozonlari tomonidan issiqlik energiyasi berishga issiqlik sarfi ko‘rsatkichlarini normalashtirish;
elektr stansiyalari (shu jumladan issiqlik elektr markazlari) issiqlik sarfining solishtirma ko‘rsatkichlarini normalashtirish.
iste’molchilarning energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlanganligi. Iste’molchilarda va tarmoqlar ajralishi chegaralarida energiyani hisobga olishning holati hamda uning amal qiladigan hujjatlarga muvofiqligi;
mavjud energetika asbob-uskunalarining tarkibi;
energetika asbob-uskunalarini rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash;
energiya ta’minoti sxemalari mavjudligi va ularning amaldagi normalarga muvofiqligi;
energiya sig‘imli asbob-uskunalarning texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi;
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisining energiya balansi;
energiya iste’moli rejimlarini baholash;
yoqilg‘i-energetika resursi iste’molchisiga energiya ta’minoti salohiyatini aniqlash;
energiyani tejash salohiyatidan foydalanish chora-tadbirlari;
energiyadan texnologiya jarayonlarida, tarmoqlarda yanada samarali (oqilona) foydalanishga doir tavsiyalar;
yoqilg‘i-energetika iste’molchisi tomonidan energiyadan foydalanishni tahlil qilish;
energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining balans sinovlarini o‘tkazishni tashkil etish;
kondensatni manbaga qaytarish;
ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni almashtirish chora-tadbirlarini bajarish, binolarda energiya manbaidan foydalanishning samaradorligi, energiyani tejash bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar mavjudligi;
ikkilamchi energiya resurslari va ulardan foydalanish tizimlari mavjudligi, samaradorlikni baholash.





















































Download 50,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish