Ko`mir sanoati
Ko`mir sanoati ko`mirni qazib olish (ayrim xollarda boyitish, briket qilish) va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Asrimizning boshlaridan boshlab ko`mir insoniyatning yoqilg`iga bo`lgan extiyojini 70 foizini qondira boshladi (Hozir 20—25 foiz).
Ko`mir hozirgi paytda jahonda 60 mamlakatda qazib olinadi, ammo faqat 10 davlat (XXR, AQSH, Rossiya, Germaniya, JAR, Xindiston, Avstraliya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Polsha) yiliga 100 mln tonnadan ortiq ko`mir qazib oladi. Jahondagi eng yirik ko`mir xavzalari bo`lib, Appalachi (AQSH), Donetsk (Ukraina), Kuznetsk (Rossiya), Yuqori Sileziya (Polsha), Rur (Germaniya), Fushun (XXR) hisoblanadi. Ko`mirning 90 foizi qazib olinadigan davlatda ishlatiladi, faqat 10 foizigina eksport qilinadi. Ko`mir eksport qiladigan davlatlar AQSH va JAR hisoblanadi.
Qazib olinadigan ko`mir sifati jixatidan xilma-xil bo`lib, u ayrim rayonlarning geologik tuzilishi va ko`mir hosil bo`lish jarayonlarining turli bosqichlari bilan bog`liq. Toshko`mir bilan qo`ng`ir ko`mir bir-biridan farq qiladi. Qo`ngir ko`mirning toshko`mirga aylanishi uglerod miqdorining ko`payishiga bog`liq. Toshko`mir kokslanadigan va kokslanmaydigan bo`ladi. Donetsk, Kuznetsk, Appalachi, Rur, Fushun, Qarag`anda va Pechora xavzalari kokslanuvchi ko`mirga boy. Qo`ngir ko`mirda nam va ho`l miqdori ko`p bo`ladi, bu esa uning issiqlik berish hususiyatini kamaytirib yuboradi. Shuning uchun ulardan energetik yoqilg`i hamda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Yirik qo`ng`ir ko`mir xavzalari Rossiya (Moskva ostonasi, Chelyabinsk), Germaniya va Xitoyda joylashgan. Ko`mir ochiq, yopiq (shaxta), gidravlik va yer tagida gazga aylantirish usullarida qazib olinadi.
Ko`mir qazib olishning eng ilg`or va afzal usuli uni ochiq usulda, karerlardan qazib olishdir. Bunday usulda ishlovchilar ishchi yer tagida ishlovchi ishchiga qaraganda 6 barobar ko`p miqdorda ko`mir qazib chiqaradi. Karer qancha katta bo`lsa, harajat shuncha kam bo`ladi.
Ko`mir juda ham chuqurda joylashgan va tabiiy-geografik sharoit murakkab bo`lsa, yopiq (shaxta) usulda qazib olinadi. Dastlab ko`mir asosan shu usulda qazib olingan. Hozirgi paytda ko`mirni tejamli gidravlik usulda qazib olish keng qo`llanilmoqda. Ko`p xollarda ko`mir yer tagida to`gridan-to`gri gazga aylantirish yo`li bilan ham qazib olinadi. Bunda hosil bo`lgan gaz bevosita iste`molchilarga quvurlar orqali o`zatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |