GUL-FLOS
Gul o`simliklarning urchuvchi, ya`ni ko`payuvchi generativ organidir. Gul qisqargan novdadan tashkil topgan. Gulning o`rni va bandi qisqargan, novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o`zgartirgan barg. Gulning hamma qismlari gul o`rniga joylashgan. Gul qiyofasini o`zgartirgan novda barg, ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Gul asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Gul bandi
2. Gul o`rni
3. Gul tevaragi(gul qo`rg`oni)
4. Kosacha
5. Gul tojisi
Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi.
Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o`zgartirgan barglar bilan qoplangan. Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo`lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo`lsa, aralash kurtakda hosil qismi bilan boshlang`ich vegetativ novda mavjud bo`ladi.
Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining uchki qismi kengayib, gul o`rni - torus hosil qiladi. Gul o`rni turli o`simliklarda turlicha bo`ladi. Gul o`rni ayrim xollarda gul qo`rg`onning pastki qismi, changchi va urug`chilar bilan birga o`sib, o`ziga xos shakliga kirish, gipantiya deyiladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil bo`lishida ishtirok etadi.
Gul - steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo`rg`oni (kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug`chi) kiradi
Ba`zan gul qo`rg`oni oddiy bo`ladi. Gul o`rnida faqat kosacha yoki tojbarg joylashgan oddiy gulqo`rg`on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi misol bo`ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo`lsa, tojisi bo`lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy qismlari otalik va onaliklardir.
6. Otalik
Otalik 3 qismdan tashkil topgan.
a) otalik ipi
b) changdon
v) chang
7. Onaligi
1. Onalik og`izchasi
2. Onalik ustunchasi
3. Onalik tugunchasi
Gul qo`rg`oni faqat kosachadan tashkil topgan bo`lsa, kosachasimon gul (nasha, lavlagi, krapiva) bo`ladi.
Gul qo`rg`onida faqat gul tojisi bo`lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) deyiladi.
Oddiy gul qo`rg`onida kosacha yoki toj bargi bo`ladi. Murakkab gul qo`rg`onida ikkalasi ham bo`ladi. Kosacha Calex - bu kosacha barglardan tashkil topgan (chashelis-tiki). Kosacha barglar bir-biri bilan birlashgan, gulhayrisimonlilar, dukkaklilar, labsimongullilarda birlashgan. Ba`zi o`simliklarda kosacha barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar oilasiga kiradigan o`simliklarda esa, kosacha barg tukka aylanib ketgan bo`ladi. Kosacha barglar odatda bir qator doira bo`lib joylashgan bo`ladi. Ba`zi o`simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, gulxayrisimonlar oilasi.
Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. (podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo`ladi, ya`ni kosacha bargda xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo`lib turadi. Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba`zi o`simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so`ng tushib ketadi (lolaqizg`aldoq, ko`knori) ba`zi o`simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok).
Do'stlaringiz bilan baham: |