Aim.uz
Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o‘simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko‘knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho‘radoshlar va grechixadoshlar oilalari.
Reja:
1. Yopiq urug‘lilar tasnifi.
2. Bir va ikki pallali o‘simliklar.
3. Ikki pallalilar sinfi - Dicotyledones
4. Magnoliyaguldoshlar oilasi tasnifi.
5. Ayiqtovondoshlar oilasi tasnifi.
6. Ko‘knoriguldoshlar oilasi tasnifi.
7. SHo‘radoshlar oilasi tasnifi.
8. Chinniguldoshlar oilasi tasnifi.
9. Grechixadoshlar oilasi tasnifi.
10. Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae
11. Piyozguldoshlar oilasi tasnifi.
12. Marvaridguldoshlar oilasi tasnifi.
13. Bardidoshlar oilasi tasnifi.
14. Boshoqdoshlar oilasi tasnifi.
YOPIQ URUG’LILAR - HOZIR YER YUZIDAGI BARCHA O‘SIM-
LIKLAR ORASIDA USTUNLIK QILAYOTGAN ENG KATTA BO‘LIMDIR.
Ular bir qancha belgilari bilan o‘simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi.
1. Yopiq urug‘lilarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham bu o‘simliklar "Yopiq urug‘lilar" deb ataladi.
2. Bularning changchi va urug‘chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi.
3. Changlanishi hamda urug‘ va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi.
4. Bulardan qo‘sh urug‘lanish sodir bo‘ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi.
5. Yopiq urug‘lilarning urug‘kurtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug‘i mevabarglar ichida yetiladi.
6. Yopiq urug‘lilar boshqa o‘simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug‘lilar urug‘kurtagining meva qobig‘i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o‘ziga xos belgilari ularning o‘zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o‘simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o‘simlik ekanligini ifodalaydi.
Yopiq urug‘li o‘simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo‘linadi. Bu sinflarning har birining o‘ziga xos belgi xususiyatlari yig‘indisi bilan xarakterlanadi.
Ikki pallali o‘simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug‘ pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo‘lganligidan tanasi ikkilamchi yo‘g‘onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to‘dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o‘yiqli, barg tomirlari to‘r shaklida bo‘ladi. Gullari 5 bo‘lakli tipda.
Gul qo‘rg‘oni ko‘pincha, qo‘sh bo‘ladi.
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o‘simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o‘simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi.
Xozirgi yopiq urug‘lilardan ko‘p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o‘simliklar eng oddiy o‘simlik hisoblanadi. Ko‘p mevalilarning juda ko‘p oddiy belgilari xos bo‘lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o‘rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko‘p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug‘-chilarining ko‘pligi bu o‘simliklar uchun ayniqsa xarakterli.
Ko‘p mevalilar qabilasi-(Polucarpicae).
Ko‘p mevalilar qabilasi 23 ta oilani o‘z ichiga oladi. Bu qabilaga kiruvchi daraxtlardan magnoliyadoshlar, lavrdoshlar, zirkdoshlar, o‘t o‘simliklardan esa ayiqtovondoshlar eng tipikdir.
Ko‘p mevalilarning gullari xilma - xil bo‘lgani bilan ularning sodda tipda tuzilgan. Guldan, ya’ni oddiy (vegetativ) novda belgilarini radial simmetriy, go‘yo poyaga o‘xshaydigan cho‘ziq gul o‘rni, spiral tartibda joy olgan va bir - biriga qo‘shilmagan notayin sondagi barglarini saqlab qolgani guldan solib chiqqanligini ko‘rish qiyin emas.
Biz faqat magnoliyadoshlar va ayiqtovondoshlarni ko‘rib chiqamiz.
Magnoliyadoshlar oilasi - (Magnoliaceae)
Bu oilaga faqat daraxt va butasimon o‘simliklar kiradi. Ularning 12 avlod 100 ga yaqin turi bor. Barglari oddiy, ko‘pincha yon bargchalari bo‘ladi. Bu oila vakillarining ba’zilari doimo yashil tursa, ba’zilari kuzda bargini to‘kadi. Barglarida efir moy chiqaradigan ichki bezchalar bor. Gullari ko‘pincha ikki jinsli, aktinomorf bo‘lib, gul o‘rni cho‘ziq. Gulqo‘rg‘on bargchalari har xil sonda 6 tadan 12 tagacha va bundan ko‘proq bo‘lib, ba’zi vakillarida spiral holda joy olsa, ba’zilarida doiralar hosil qiladi, ko‘pincha uch bo‘lakli bo‘ladi. 3 tadan doira bo‘lib joylashganlarida tashqisi rangi bilan boshqalardan farq qiladi va kosacha hosil qiladi. Talaygina otaliklar, urug‘kurtaklari tugunchalar chetidan joy oladigan ko‘p a’zoli apokarp genitsey hosil qiluvchi meva barglari sinokarp spiral bo‘lib joylashgan.
Bu oilaning tipik vakili magnoliya avlodidir.
Uning qisman Sharqiy Osiyoda,qisman Shimoliy Amerikada uchraydigan 30 ga yaqin turi bor. Magnoliyalarning ba’zi turlari Floridada yevvoyi xolda o‘sadi. Subtropik iqlimli rayon bo‘lgan Qirim va Zakavkazyeda ekib o‘stiriladi. Park va bog‘larda ko‘pgina asl vatani shimoliy Amerika bo‘lgan yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) ekiladi. Bu o‘simlik kalta bandli, barglari katta-katta va oddiy,cheti butun, qalin, yaltiroq bo‘ladigan daraxtdir. Shu barglarining yonbarglari kurtakdagi hali ochilmagan yosh barglarni saqlab turadi. Yakka-yakka bo‘ladigan yirik-yirik gullarining diametri 10 sm ga boradi va bundan ham oshadi. Gullari oq yeki pushti rangda bo‘lib juda xushbo‘y.
Gul o‘rni cho‘ziq konussimon shaklda. Unda gulqo‘rg‘onning 6-12 ta nim rang,yirik-yirik,bargchalari uch a’zoli doira bo‘lib turadi. Bargchalaridan keyin spiral holda joylashgan bir otalikda serbar chang ipchasi bor, bu ipcha uchi changdonlar ustida ko‘tarilib turadi. Changdonlar cho‘zinchoq bo‘lib, bog‘lam atrofidan joy oladi. Gul o‘rnini 2/3 bo‘lagini yuqori qismini ginetsey egallagan. Spiral holda joylashgan talaygina meva bargchalarining har qaysisi mustaqil onalik hosil qiladi, shu bilan birga,o‘rta tomirdan bukilib turadigan meva bargchasining chetlari bir-biriga qo‘shilib ketadi va shu tariqa yuzaga kelgan bir uyali tugunchadan ko‘pincha 2 ta urug‘ kurtak joy oladi(ba’zi turlarida urug‘kurtaklar 6 donagacha bo‘ladi). Onalik ustunchasi yo‘q,shuning uchun og‘izchaning chang ushlaydigan yuzasi meva bargchasining chetida, yuqori qismida turadi.
Shunday qilib ularning gul formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Tuguncha ustki.
Gullash tamom bo‘lgandan keyin gulqo‘rg‘on bargchalari bilan otaliklari tushib ketadi, ularning o‘rni esa chuqurcha-chuqurcha bo‘lib qoladi: gul o‘rni qalinlashadi va onaliklardan kul rang tukli bir talay bargsimon meva xosil bo‘ladi, ular qorin chokidan ochiladi. Shu mevalar bo‘yi 5-7 sm va bundan ko‘proq keladigan cho‘zinchoq "qubba" xosil qiladi.Pishib yetilgan urug‘lari qizil rangda bo‘ladi va etdor po‘st bilan qoplanib ipdek uzun bandida pastga osilib turadi. Magnoliyagullilarning boshqa vakillari lola daraxti (Liriodendron) ni ko‘rsatish mumkin. Bu avlod vakillari Kavkaz, Qrim va O‘rta Osiyoning janubidagi Ashxobod va Dushanbedagi parklarda, hozirgi vaqtda Toshkentdagi parklarda ham o‘stirilmoqda. Lola daraxtining bo‘yi magnoliyaning bo‘yidan biroz balandroq 40 m.ga yetadi. Bu daraxtning gullari sirtidan lolaga birmuncha o‘xshaydi, lekin rangi loladek ochiq bo‘lmaydi. Lola daraxti Amerikada "oq terak" deb ataladi.Uning yog‘ochidan xar xil asboblar tayyorlanadi. Magnoliyagullilarning ko‘pchiligi dekorativ o‘simlik sifatida o‘stiriladi.Bu oila vakillari eng qadimgi o‘simliklardan biridir. Bo‘r davriga talluqli qazilma qoldiqlar shundan guvohlik beradi.Oddiy novdaga xos ko‘pgina belgilarni saqlab qolgan oddiy tuzilishli gullar, shuningdek boshqa morfologik belgilar bu oilaning qadim zamonlardan qolganligiga mos keladi. Ularning ba’zi vakillarining yog‘och qismida suv naylari yo‘q,shunga ko‘ra suv o‘tkazuvchi elementlar xoshiyador teshikchali traxeidlardangina iborat bo‘ladi, shu tufayli bularning yog‘och qismi ninabarglilarning yog‘och qismiga juda o‘xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |