Vodorod sulfid (H2S) sun’iy gazlar bilan bir qatorda tabiiy gazlar tarkibida ham uchraydi. vodorod sulfid kuchli zahar bo‘lib, odam asab tizimini tez ishdan chiqarib, nafas olishi yoki yurak urishini to’xtatib, o‘limgacha olib borishi mumkin. bu gazning xonadagi konsentratsiyasi 0,001mg/1 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Iste’molchilar gaz tarmoqlariga beriladigan tabiiy gaz tarkibida vodorod sulfid miqdori har 100 m3 ga 2g dan, kommunal maishiy xo‘jalik iste’molchilariga yuboriladigan suyultirilgan gaz tarkibida esa 100 m3da 5g dan oshmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |