Yonilg‘i-energetik resurslarni tejash (TER) – bazaviy, etalon qiymati bilan solishtirgandagi TERni mahsulotni ishlab chiqarish, jamiyat talablariga mos ravishda ekologik va boshqa cheklanishlarni buzmasdan o‘rnatilgan sifatdagi ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatishga qiyosiy iste’mol qilish.
TER tejalganligini TER iste’moli bo‘yicha emas, balki sarflashning solishtirma qisqarishi orqali aniqlashadi, u muayyan energiya iste’mol qilayotgan ob’ekt (buyum, jarayon, ish va xizmat ko‘rsatish) yonilg‘i-energetik balansining sarf qismi bilan kordenatsiyalanadi.
TER sarfining etalon qiymatlari normativ, texnik, texnologik, metodik hujjatlarda belgilanadi va vakolatli organ tomonidan tekshirilayotgan sharoitlar va faoliyat natijalariga qo‘llashi uchun tasdiqlanadi.
Energiya tejamkorligi – bu TERdan samarali (ratsional) foydalanish (va tejamli sarflash) va xo‘jalik ishiga qayta tiklanadigan energiya manba’larini jalb qilishga yo‘nalgan huquqiy, tashkiliy, ilmiy, ishlab chiqarish, texnikaviy va iqtisodiy tadbirlarni realizatsiya qilishdir.
1.1-jadvalda 2010 ... 2050 yillar uchun dunyoning bashorat qilingan yonilg‘i-energetik balansi keltirilgan.
MAGATE, OPEK, BMT sanoat rivojlanishi departamenti ma’lumotlari va Jahon Energetika Agentligi (JEA) bashorati bo‘yicha 2030 yilda jahon energiya balansida neftning ulushi 40 %, gazniki – 27 %, ko‘mirniki – 24 %, boshqalarniki – 9 % ni tashkil qiladi.
Hozirgi paytda dunyoda 1 yilda taxminan 5 mlrd. tonna, Rossiyada – 0,5 mlrd. tonna, O‘zbekistonda – 6 mln. tonna neft qazib olinmoqda. SHuni qayd etish lozimki, AQSHda 1 yilda 19 mln. barrel (2,9 mln. tonna) neftdan foydalaniladi va Amerika neft instituti ma’lumotlari bo‘yicha 43 % neft mahsulotlaridan avtomobillar uchun engil yonilg‘i sifatida, 11% – dizel yonilg‘isi sifatida, 9 % – aviatsiya yonilg‘isi sifatida, 16 % – moy, gudron, plastik sifatida, 4 % – pech yonilg‘isi sifatida, 5 % – og‘ir yonilg‘isi va 12 % – turli yonilg‘i sifatida foydalaniladi2.
Shunday qilib, ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg‘ilar quyidagi talablarga mos kelish kerak:
yaxshi alangalanish, olingan aralashmaning normal va to‘liq yonishi;
talab qilingan tarkibdagi yonuvchi aralashmaning hosil bo‘lishi;
ta’minlash tizimiga yonilg‘ining beto‘xtov uzatilishining ta’minlanishi;
korroziyaning va dvigatel detallariga korrozion ta’sirning yo‘qligi;
ta’minlash, kiritish va chiqarish tizimi detallari va elementlarida yopishma qatlamlar kam hosil bo‘lishi;
saqlashda, bir idishdan boshqa idishga quyilganda va transportirovka qilinganda sifatining saqlanishi;
ishlangan gazlar tarkibida zaharli moddalar minimal miqdorda hosil bo‘lishi;
ishlangan gazlar zaharliligini kamaytiruvchi tizimlar bilan mosligi;
zaharlilikni kamaytirish tizimi, kislorod datchigining ishchi yuzalarida yopishma qatlamlar bo‘lmasligi;
etarli darajada yuqori tabiiy resurslar;
iste’molchilarga minimal ruhsat etilgan salbiy ta’sir;
bazaviy ta’minlash tizimi bilan energetik va texnologik mosligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |