15-modda. Yong‘inlarni o‘chirish
Yong‘inlarni o‘chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‘lig‘ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yong‘indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta’mirlash xizmatlari va o‘zga xizmatlar bilan yong‘inlarning o‘chirilishini tashkil etishni ta’minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yong‘inlar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 o‘rnatiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in joyiga darhol jo‘nab ketishi shart.
(15-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Zarur hollarda, yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida yong‘in kuchayishining (tarqalishining) hamda yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:
yong‘inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‘lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir;
yong‘inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‘sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‘lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong‘inni o‘chirish vositalari va olovni o‘chirish moddalaridan keyinchalik o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta’minlash, yong‘inlar o‘chirilayotgan joylarni qo‘riqlash (shu jumladan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog‘ida), yo‘l harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‘in kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi.
Yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari yong‘inlarni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘inni o‘chirish maqsadi uchun tabiiy va sun’iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi va yong‘inni o‘chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashdan ozod qilinadi.
(15-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |