Yong‘in-texnik komissiyalarining asosiy vazifalari avvalgidek saqlab qolingan. Ob’ektda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish, yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o‘rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Ilgari ular o‘z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo‘lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya’ni ular o‘z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi. - Yong‘in-texnik komissiyalarining asosiy vazifalari avvalgidek saqlab qolingan. Ob’ektda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlar va normalar buzilishini aniqlash, yong‘in profilaktikasi ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmatlariga ko‘maklashish, yong‘in xavfsizligi va ob’ektning yong‘inga qarshi himoyasini yaxshilash masalalari bo‘yicha ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarini tashkil etish, xodimlar o‘rtasida ommaviy tushuntirish ishlarini olib borish shular jumlasidandir. YoTK vazifalari va majburiyatlariga oid yangi normalar joriy etildi va eskilariga aniqlik kiritildi. YoTK ishlarini tashkil etish tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Ilgari ular o‘z ishini ish vaqtida va barcha ish smenalarida tashkil etgan bo‘lsa, endi majburiy talab joriy qilindi, ya’ni ular o‘z ishini yil choragi yoki yarim yil uchun ishlab chiqiladigan, tashkilot komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshiradi.
Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalari vakillari yordamida ixtiyoriy asosda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etilishi mumkin. Ular yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar yoki yong‘in xavfsizligi xodimlaridan iborat jamoat tashkilotchisini tasdiqlaydi. - Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va tegishli jamoat birlashmalari vakillari yordamida ixtiyoriy asosda umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tashkil etilishi mumkin. Ular yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari bilan ishlash uchun o‘qituvchilar yoki yong‘in xavfsizligi xodimlaridan iborat jamoat tashkilotchisini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |