Yo’nalishi


Rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi6



Download 390,84 Kb.
bet4/7
Sana25.06.2022
Hajmi390,84 Kb.
#704694
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

Rasm. Tijorat banklarida Kredit mexanizmi tarkibi6


Kredit subyekti, obyekti, ta‘minoti, kreditlash metodlari va usullari, kredit monitoringini yuritish va boshqalar kredit mexanizimini tashkil etadi va ular kreditlash mexanizmining asosiy elementlari hisoblanadi. Albatta, kredit mexanizmining mohiyatiga turlicha yondashuvlar mavjud, lekin shu bilan birga, yuqorida keltirilgan elementlar kredit mexanizmining asosini tashkil etadi. Kredit munosabatlarini o‘rnatishda mazkur elementlarning qaysi biridir muhim ahamiyatni o‘zida mujassamlashtirishi va kreditorning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin. Masalan, obro‘li va xalqaro bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kompaniya yoki firma, joriy faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib bank kreditiga murojaat etdi. Bunda bank iloji boricha unga kreditni berishga harakat qiladi, chunki bunday mijozni yo‘qotish bank uchun foydali emas.


Qishloq xo‘jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik xarajatlari; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i va boshqa xarajatlarni kreditlashadi. Umuman olganda, qisqa muddatli kreditlar quyidagi 3ta asosiy obyektni kreditlashga yo‘naltiriladi:

  • Tovar-moddiy boyliklar;




  • Ishlab chiqarish xarajatlari;




  • Hisob-kitoblar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar.

Uzoq muddatli kreditlar quyidagi kreditlash obyektlariga yo‘naltirilishi mumkin:


− ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun;


− ishlab chiqarish obyektlarini qaytata’mirlash, texnik qurollantirish va kengaytirish uchun;


− texnikalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotib olish uchun;
− yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun;

− noishlab chiqarish sohasidagi obyektlarni qurish va hokazo.


Ko‘rinib turibdiki, kreditlarning turlariga qarab ularning kreditlash obyekti va subyekti farqlanadi. Masalan:



  • tijorat kreditida − kreditlash obyekti tovar hisoblanib, subyekt esa sotuvchi bilan xaridor hisoblanadi;

  • bank kreditida yuqorida ko‘rib chiqqan barcha obyektlar boiishi mumkin;

  • iste’mol kreditida − kreditlash obyekti iste’mol tovarlari hisoblanadi;

  • xalqaro kreditda − kreditlash subyekti bo‘lib asosan davlatlarlar va xalqaro moliya tashkilotlari hisoblanadi va hokazo.

Tijorat banklarida kreditlash jarayoni beshta tamoyil asosida amalga oshiriladi:

    1. Kreditning maqsadliligi.




    1. Kreditning muddatliligi..




    1. Kreditning qaytaruvchanligi.




    1. Kreditning ta’minlanganligi.




    1. Kreditning to‘lovliligi.

Kredit iqtisodiy munosabatlarni belgilangan tizimi sifatida boshqa pul munosabatlaridan farq qiladi, ya’ni pulning xarakati qaytarib berish sharti bilan amalga oshiriladi.7


Banklar tomonidan kreditlar albatta ma’lum bir maqsad uchun ajratiladi. Masalan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vosita xarid qilish, ish haqi to‘lash va boshqalar uchun ajratiladi.
Kredit so‘ralayotgan maqsad va uning samaradorligi darajasi kredit olish uchun taqdim etiladigan biznes rejada o‘z aksini topadi. Bank tomonidan ushbu reja va unda aks ettiriladigan maqsad hamda uning samaradorligi kreditning belgilangan muddatida qaytishiga to‘liq ishonch hosil qilingandagina kredit ajratish uchun qaror qabul qilinadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili, qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashni ham taqozo etadi. Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgan kredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarz oluvchining mablag‘- larga bo‘lgan vaqtinchaiik ehtiyojlarining muddatiga bog‘liq.
Qaytaruvchanlik tamoyili kreditning mazmunini ifodalab, bank tomonidan mijozlarga beriladigan har bir so‘m pul mablag‘lari yana bankka qaytarilishi lozim. Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mab- lag‘larning uzluksiz doiraviy aylanishi hisoblanadi. Qaytaruvchanlik kreditning ajralmas atributi hisoblanadi. Kreditning sanab o‘tilgan tamoyillari uning qaytaruvchanligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Kreditning keyingi tamoyili − kreditning ta’minlanganligidir. Bunda kreditning ta’minlanganligi kredit berilishiga asosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zaxiralari, ko‘chmas mulki yoki ishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi, Bu o‘z navbatida kreditni o‘z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi. Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini tashkil qilish, uning samaradorligini ta'minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy shartlaridan biri kreditlarni garov ta'minoti asosida berishni odatiy hol sifatida qabul qilishdir, degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga yetishi lozim. Bizning fikrimizcha, olimning mulkni davriy baholash to‘g‘risidagi fikri respublikamiz amaliyoti uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi.
Ssudaning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma’lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kredit oluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko‘riladi. Kredit miqdori garovga qo‘yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha miqdorida beriladi.
Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to‘lash yoki foizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi korxona o‘z ehtiyoji uchun kreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalan- ganligi uchun bankka belgilangan haqni to‘lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmi orqali amalga oshiriladi.8
Yuqoridagi 5 ta tamoyil asosida kreditlar mijozlarga taqdim etiladi va ularning nazorati, monitoringi amalga oshiriladi.
Banklarning kreditlashini tashkil qilish turli me'yoriy-xuquqiy hujjatlarga, ya’ni davlatimiz qonunlari, prezident qaror va farmonlari Markaziy bank nizomlari va boshqa qonunosti hujjatlariga asoslanadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6-maydagi PQ-2344-son Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida» 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2018-yil 14-oktyabrdagi 329-B va 98-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 2527-sonli “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan:9
Davlat maqsadli jamg‘armasi - O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi - davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar;
Qarz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari e'tirof etilgan.
Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi.
Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab undiriladi.
Mikrokreditlar:

  • ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;

  • alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

  • savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini shakllantirish;

  • savdo va umumiy ovqatlanish ob'yektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish;

  • ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;

  • ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti;

Mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas.
Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar:

  • chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish;

  • mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash;

  • hunarmandchilikni rivojlantirish;

  • kasanachilikni tashkil etish;

  • xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi.

Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:

  • kam ta'minlangan oilalar a'zolari;

  • tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari bo‘lgan oilalar;

  • tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari bo‘lgan oilalar;

  • boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a'zolari;

  • yosh oilalarning a'zolari.

Qarz oluvchi o‘zining mazkur bandda nazarda tutilgan oila a'zosi ekanligini tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma'lumotnomasini taqdim etishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Kichik tadbirkorlik sub'yektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27- dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami – 2546) ga asosan:

  1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob'yektlari hisoblanadi.

  2. Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.

  3. Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.

  4. Kreditlar kreditlanayotgan tadbir10ning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 18 oy muddatgacha;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha.

  1. Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.

  2. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»,
«Mikromoliyalash to‘g‘risida», «Ipoteka to‘g‘risida», «Iste'mol krediti to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka va moliyaviy iste'mol kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Mamlakatimizda paxta va g‘alla yetishtirish uchun kreditlar berish 2007-yil 14-aprelda Adliya vazirligida 1675 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan "Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi" to‘g‘risidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi va bu kreditlar davlat extiyojlariga sotiladigan mahsulot qiymatining 60 foizigacha miqdorlarida yillik 3 foizlik ustama haq to‘lash sharti bilan (2 foizli qismi bank marjasi) g‘alla uchun 12 oygacha, paxta xom ashyosi uchun 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi;
Kreditlashni amalga oshirish bilan bog‘liq yana ko‘plab me’yoriy hujjatlarni nizomlarni keltirish mumkin, misol uchun mikrokreditlar va mikromoliyaviy xizmatlar 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunga binoan amalga oshiriladi. Kreditlash jarayoni uchun banklarga yo‘l boshlovchi bo‘ladigan yana bir me’yor bu ularning o‘zi ishlab chiqadigan kredit siyosati hisoblanadi. Kredit siyosati tijorat banklari kengashi tomonidan har yili tasdiqlanadigan va bankning kredit faoliyati maqsadlarini, kredit portfelini samarali boshqarish maqsadida bank tomonidan kreditlashda yuzaga keladigan risklarni boshqarishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar usullar va yondashuvlarni belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Tijorat banklari kredit siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martda qabul qilingan
«Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida» gi nizomiga asosan ishlab chiqishadi. Bankning Kredit siyosati bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga qaysi shartlar va muddatlarda berilishini belgilaydi va bank kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha ishlab chiqiladi.11
Shunday qilib banklarda kreditlash jarayoni biz yuqorida keltirib o‘tgan nazariy va huquqiy asoslarga va tamoyillarga binoan amalga oshiriladi va tartibga solinadi.



  1. Download 390,84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish