KIRISH.
“Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va
axborot texnologiyalarini chuqur o’zlashtirishimiz kerak, bu esa
bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa
yo’ldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli
texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol o’ynamoqda.”
Sh.Mirziyoyev
Hozirgi zamon mutaxisslardan faoliyat doirasi qanday bo’lishidan qat’iy
nazar, informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga zamonaviy hisoblash
texnikasi va information aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakaga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji
to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi shart. Zamonaviy
hisoblash texnikalari va information texnologiyalarining kun sayin rivojlanib,
jamiyatning esa, tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim
tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va
boshqarish jarayonining kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari
kiritilgan.
XX asr o’rtalariga kelib, tezkor mashina mexanizmlaridan foydalanila
boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalardan ko’p funksiyalilari o’ylab
topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir
majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT) talabalarning kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o’quvchilar qoniqish bilan ishlayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. Aхborot teхnologiyalari jahonda jadal sur'atlar bilan rivojlanib, takomillashib borayotgan sohadir. Insoniyat aхborotlashtirish sohasida haqiqiy inqilobiy o’zgarishlar davrini boshidan kechirmoqda, buning natijasida esa umumjahon aхborotlashgan hamjamiyati shakllanmoqda. Bu o’zgarishlar asosini aхborotlashtirish, telekommunikatsiya va kompyuter teхnologiyalari konvergentsiyasi negizida aхborotni uzatish hamda iste'molchiga yetkazib berishning eng zamonaviy va samarali vositalarining dunyoga kelayotganligi tashkil etadi. Bugungi kunda kompyuter inson faoliyatining turli sohalariga kirib bormoqda. Natijada dasturiy ta’minotga bo’lgan talab tobora kengayib bormoqda. Bu o’z navbatida dasturchilarga bo’lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari taraqqiyotida katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimizda xalq xo’jaligi tarmoqlarida: ishlab chiqarish jarayonlari, ofis ishlari, bank operasiyalari, axborot almashinuv jarayonlari, milliy xizmat ko’rsatish muassasalari, ilmiy tadqiqot ishlari, texnikalarni avtomatik va masofadan boshqarish masalalari, ommaviy axborot vositalari, tibbiyot maskanlaridagi jarayonlarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo’lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. Jumladan ta’lim sohasida ham kompyuterlar va axborot texnologiyalari katta yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan dasturlash sohasida ham jadal rivojlanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |