Yo’nalishi: Boshlang’ich Familiya ismi: Norboyev Maqsudjon Xasan o’g’li Guruh


Mahalliy ekologik muammolar va ularni oldini olish yo’llari



Download 92,5 Kb.
bet5/8
Sana18.02.2022
Hajmi92,5 Kb.
#450136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekologiya

4. Mahalliy ekologik muammolar va ularni oldini olish yo’llari.
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari, ayniqsa, sanoatda va transportdan 
«chiqindi» deb nom olgan qo’shimcha mahsulot ajralib chiqadi. Bu mahsulotlar Respublikamizning ba’zi bir hududlarida ko’p chiqarilmoqda va natijada tabiatni bulg’ab, barcha tirik organizmlar, xususan inson salomatligi uchun zarar keltirmoqda. Ana shunday atmosfera havosini buzadigan chiqindilarga tutun va har xil zaharli gazlar kirib, ular ko’pincha Olmaliq, Angren, Farg’ona, Qarshi, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, CHirchiq, Bekabod va shu kabi sanoati rivojlangan, transport qatnovi katta bo’lgan shaharlar havosini ifloslantirmoqda. Birgina Samarqand shahrida atmosfera havosini ifloslantirishda kimyo 
zavodi, «CHinni ishlab chiqaruvchi», «Xolodilьnik», vinospirt, konserva ishlab chiqaruvchi, paxta tozalash zavodlari, mebelь fabrikasi va boshqalar ishtirok etmoqda. Havodagi ifloslanishlarning 70 80 % avtomashinalarga to’g’ri keladi. Yu.V.Novekov, Beknazarovlarning (1983) yozishicha avtomobillar havoga 200 
dan ortiq turli aerozol zarrachalarni chiqaradi. Har bir avtomobilga bir yilda 200 kg (asosan benzin) va 300 ming kg havo sarflanadi. Ana shu yoqilg’idan bitta avtomobil havoga bir yilda 700 kg uglerod oksidi, 230 kg yonmagan uglevodlar, 30 kg azot oksidi va 2 – 5 kg kattiq moddalar chiqaradi.
Samarqand shahrida 100 mingdan ortiq avtomobillar mavjud. Avtomobillar 
ko’p yuradigan katta ko’chalar atrofida uglerod oksining miqdori ruxsat etilgan me’yordan (REM) 2 3 marta, azot oksidi 2 2,5 marta ortiqligi kuzatilgan. SHaharda A.A.Rudakiy, Yu.A.Gagarin, Y.Oxunboboev, «Universitet hiyoboni», A.Ikromov, A.Temur, SH.Rashidov, V.Abdullaev ko’chalarida gazlar bilan ifloslanish juda kuchli. 
Samarqand va Navoiy shaharlari aholisi uchun mahalliy ahamiyatga ega 
bo’lgan muammolardan yana biri Zarafshon daryosining og’ir metallar bilan 
ifloslanishidir. A.Raxmatullaev va R.I.Mamajonovlarning (1998) ma’lumotlariga qaraganda bu shaharlarga yaqin Zarafshon daryosining suvi tarkibida mis va rux me’yorlaridan 1,5 20 marta, olti valentli xromning o’rtacha miqdori
Navoiy shahri yaqinida 4 barobar ortiqligi, eng ko’p miqdori 17,4 marta ko’pligi aniqlangan. Bundan tashqari har birimizning hovlimiz, uy-joyimiz, mahalla va tanamizning sanitariya holati ham ba’zi ekologik muammolarga olib kelishi mumkin.
Markaziy Osiyo agrolandshaftlarining ekologik vaziyatining buzilishiga ta’sir 
etuvchi omillardan yana biri madaniy tuproqlarning qaytadan sho’rlanish 
jarayonidir. Tuproqlarning qaytadan sho’rlanishining asosiy sababi sug’oriladigan suvlardan keladigan qo’shimcha tuzlar, tuproqlarning quyi katlamidagi ona jinslar tarkibida bo’lgan tuzlarning faollashuvi, grunt suvlarining minerallashishi va boshqa jarayonlardir. Bular o’z navbatida tuproqlarda suv – tuz balansi 
qonuniyatining buzilishiga olib keladi. Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasidagi madaniy tuproqlarning qayta botqoqlanish jarayoni markaziy Farg’ona, Mirzacho’lda, Qarshi va SHerobod cho’llarida, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining quyi qismlarida, Tajan va Murg’ob delьtalarida, Vaxsh botqog’ida barpo etilgan agrolandshaftlarda intensiv ravishda namoyon bo’lmoqda. Binobarin, agrolandshaftlarning hozirgi ekologik holatini optimallashtirish va sog’lomlashtirish uchun ularda insonning xo’jalik faoliyati tufayli faollashgan geokimyoviy jarayonlarni, modda va energiya almashinuvini, tuz – suv balansi qonuniyati buzilishini mahalliy va mintaqaviy masshtablarda boshqarishni o’rganmoq va tashkil etmoq zarurdir.Markaziy Osiyo antropogen landshaftlarining eng muhim komponentlaridan biri bo’lgan ichki suvlari ham yildan yilga kuchli ifloslanib bormoqda. Bu hol ayniqsa, agrolandshaftlarning tarkibiy qismi bo’lgan paxta va sholi ekin maydonlarida va hokazo geotizimlarning tevarak atroflarida yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Yerlarning sho’rini yuvishda foydalaniladigan suvlar zovur va kollektorlarda to’plangan 30 kmmiqdordagi kuchli minerallashgan qaytar suvlar har yili daryolarga, kanallarga, vohalarning tevarak atrofidagi pastqam joylarga va cho’kmalarga tashlanmoqda. Natijada vohalar va agrolandshaftlar atrofida sho’r ko’llar va botqoqliklar intensiv ravishda rivojlanmoqda. Ekologik vaziyaning bunday holatdagi buzilishi, ayniqsa, Xorazm vohasi uchun xosdir. SHu sababli obikor dehqonchilik rivojlangan hududlarda kuchli minerallashgan kollektor zovur suvlarini chuchuklashtirish muammosi gidromelioratorlar oldida turgan o’lkan vazifalardan biridir. 

Download 92,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish