Magistral neft – gaz quvurlarining xalq xo`jaligidagi o`rni. Hozirgi zamon texnologiyalari va xalq xo`jaligining taraqqiy etishi bilan
neft, neft mahsulotlari va gazga bo`lgan talab kun sayin oshib bormoqda.
Mamlakat og`ir va yengil sanoati, transporti va qishloq xo`jaligi 200 turdan ortiq
neft mahsulotlarini yoqilg`i – moylash materiallari sifatida ishlatib kelmoqda.
Gazlar esa o`z o`rnida takomillashgan va arzon yoqilg`i sifatida elektr
stantsiyalarida, metallurgiya va boshqa sanoat korxonalarida keng ishlatilib
kelinmoqda. Tabiiy gaz kimyo sanoati uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi.
Xalq xo`jaligining hamma tarmoqlarini neft, neft mahsulotlari va gaz bilan