Kamera va qazish laximlari. Ko’ndalang kesim yuzasiga nisbatan uncha uzun bo’lmagan kon laximlari
kamera deb yuritiladi. Kameralar, odatda, stvol atrofida barpo etiladi. Shu sababli
kameralar majmuini stvol atrof inshootlari (qo’rasi) deyiladi. Shaxta va
rudniklarda kameralarga suv chiqarish qurilmalari, elektrovoz va vagonchalar
deposi, yer osti elektr podstantsiyasi, meditsina punkti kabi xizmat ko’rsatuvchi
bo’linmalar joylashtiriladi.