Qurilish materiallarini qazib olish usullari. Kar’yerlarda bloklarni qazib olish burg’ulash-portlatish ishlari va buroklin
usulida amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab massivdan katta o’lchamdagi
bloklar ya'ni, monolitlar ajratib olinadi keyin esa u kerakli o’lchamdagi bloklarga
ajratiladi. Massivdan katta blokni ajratib olish uchun ishchi gorizontda blokni
vertikal bo’yicha blok osti yorig’igacha chegaralovchi shpurlar burg’ulanadi,
portlovchi modda bilan zaryadlanadi va portlatiladi. Portlash natijasida yoriqlar
hosil bo’ladi. So’ngra esa, monolit massivdan gidrodomkrat yordamida ajratib
olinadi yoki bul’dozer yordamida tortib olinadi.