Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

1-Prorektor 
o’quv ishlariga rahbarlik qiladi. 
O’quv ishlari buyicha I-chi prorektor lavozim vazifalari: 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunlari, 
Prezident 
farmonlari 
va 
farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar 
tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; 
•Davlat ta’lim standartlari asosida o’quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini 
tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash; 
•Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik 
darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo’limlar, 
kafedra mudirlari va pedagog o’qituvchilarning to’liq bilishini ta’minlash; 
•Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko’rsatmalarini, 
o’quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo’yicha Institut Ilmiy kengashi qarorlari va 
rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; 
•Ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, "Тa’lim 
to’g’risidagi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va boshqa ta’limga oid 
qonunlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni 
ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash; 
•O’quv-tarbiya 
jarayonida 
o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan 
masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; 
•Faoliyat yo’nalishi bo’yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; 
•O’quv jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, dekanatlar ishlarini 


muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; 
•Bo’limlar, fakultet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat 
qilish; 
•O’tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o’qituvchilarning shaxsiy rejalari 
bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash; 
•O’quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, Institut uslubiy kengashi va pedagogik 
maxoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish; 
•O’quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar 
to’plamlarini Institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda 
Institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yunalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy va ilmiy 
davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to’ldirib turish bo’yicha umumiy 
rahbarlikni olib borish; 
Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va 
ularga ko’maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Zulfiya va boshqa nomdagi 
nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish; 
•Professor-o’qituvchilar va o’quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo’yicha 
takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo’limlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash 
ishlarini tashkil etish; 
•Bo’sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi--izlanuvchilar va 
magistrlarni ishga olib qolish bo’yicha takliflar tayyorlash, professor-o’qituvchilar tarkibini 
yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik 
qilish; 
•O’quv honalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jixozlashni 
takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish; 
•Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan shartnomani bekor 
qilish bo’yicha takliflar tayyorlash;
•Тa’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida 
tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim 


muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflar 
tayyorlash; 
•Kafedralar, fakultet va bo’limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o’tkazish, taxlil qilish va 
xulosalar chiqarish, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy 
usullarda baholashni amalga oshirish; 
•Oliy ta’lim muassasalari bilan o’quv-uslubiy yo’nalishda doimiy hamkorlikni amalga 
oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o’qituvchilarning faol ishtirokini 
ta’minlash, maxalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; 
•O’rnatilgan tartibda oliy ta’lim muassasasining yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, 
faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; 
•Institutni o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o’tkazish, tashqi 
attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etish. 
Fakultet 
dekani
lavozim vazifalari: 
•Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish; 
•Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o’quv-uslubiy, 
ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, 
o’quv rejalar, o’quv dasturlar bajarilishini ta’minlash; 
•O’z vakolati doirasida, fakultet bo’yicha xodimlar va talabalar uchun majburiy 
bo’lgan farmoyish, yuriqnoma yoki ko’rsatmalar chiqarish; 
•O’quv mashg’ulotlarini o’tk azish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini 
nazorat qilish, talabalarning o’zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting 
nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish; 
•Тalabalarning kursdan kursga o’tkazish to’g’risida buyruqlar loyihasini 
tayyorlash; 
•Тalabalarga stipendiya berilishi to’g’risidagi taqdimnomani tayyorlash; 
•Тalabalarning bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishi va davlat attestatsiyasida 
qatnashishlarini tashkil etish; 


•Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash 
tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo’yicha olimpiadalar, turli jamg’armalar 
(jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash; 
•Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o’qituvchilar malakasini 
oshirishi ishlarini muvofiklashtirish; 
•Fakultet tarkibidagi ta’lim yo’nalishlariga taalluqli darsliklar, o’quv va uslubiy 
qo’llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish; 
•Yangi informatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, 
professor-o’qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini 
ta’minlash; 
•Fakultet Ilmiy Kengashi faoliyatini boshqarish; 
•Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig’ilishlar, fakultet 
professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, 
o’z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- 
ijtimoiy rivojlanishi masalalari va x.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil 
etish va o’tkazish; 
•Institutning marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan 
mutaxassisliklar bo’yicha mavjud va istiqbol extiyojni o’rganish, mutaxassislarga 
talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o’rnatish, bitiruvchilarni 
ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy 
tavsiyalar berish; 
•Тurdosh oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, 
jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini 
o’rnatish; 
•Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo’shimcha ta’lim xizmatlari ko’rsatishni 
tashkil etish (o’z hisob raqamiga ega bo’lgan aloxida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), 
grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o’qituvchilari va 
talabalarining faol ishtirokini ta’minlash; 
•Тalabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish; 
•Vakolati doirasida murojaatlarni ko’rib chiqish. 


Oliy ta’lim muassasalarida kafedralar xususiyati bo’yicha mutaxasis chiqaruvchi 
va fakultetlararo bo’ladi. Ular Nizomiga asosan ish olib boradilar: 
Kafedra oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo’linmasi hisoblanib 
unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, 
ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, 
malaka oshirish va qayti tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va 
tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. 
Kafedra oliy ta’lim muassasi rektoriga bo’ysinadi. 
Kafedrani kafedra mudiri boshqradi. U ilmiy darajali va ayrim kafedralar 
xususiyatidan kelib chiqib ilmiy darajasiz bo’lishi mumkin. Kafedrada kamida 7 ta 
shtat bo’lishi kerak. 
Kafedra mudiri: 
-oliy ta’lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga talluqli masalalar 
muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi; 
-kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va hodimlarining shaxsiy ish rejalari 
hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujatlarni tasdiqlaydi; 
-kafedra pedagog hodimlariga o’quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning o’z 
vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi; 
-kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va hodimlarni yangi vazifalarga tayinlash, 
ularni moddiy rag’barlantirish, shuningdek, intizomiy chora ko’rish to’g’risida oliy 
o’quv yurti rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi; 
-oliy ta’lim muassasining tegishli xizmat bo’linmalaridan o’quv-tarbiyaviy va 
ilmiy tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan 
sharoitlarni ta’minlashni talab etiladi; 
-berilgan tartib va muddatlarda o’quv yilidagi faoliyati bo’yicha kafedra
hisobotini tayorlaydi, ilmiy Kengash majlislarida hisobat beradi. 
Kafedra ishi o’quv, ilmiy uslubiy, ilmiy tadqiqot, ma’naviy –ma’rifiy va tarbiyaiy 
hamda boshqa faoliyat turlarini qamrab olgan istiqboliy va joriy (yillik)rejalarga 
muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa 
vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda


muhokoma etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim 
muassasalaridan hodimlar taklif etishi mumkin. 
Kafedra zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
- barcha o’quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan 
ajralmagan hollarda) bo’yicha oliy ta’limning davlat ta’lim stardatlariga muvofiq 
tuzilgan o’quv rejalaridagi fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak 
nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash; 
-talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy 
ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlari va ilmiy 
tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; 
- talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan 
tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish; 
- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; 
-kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda 
tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan 
o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash; 
- darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalarni tayyorlash, qayta nashr 
etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv uslubiy adabiyotlar, shu jumladan 
xorijiy olimlar bilan hammualiflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish; 
- kafedra yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha DТS, o’quv rejalari va 
dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy 
tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish; 
-talabalar ilmiy ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni 
aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy tadqiqot ishlarini individual 
va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatish, ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ularning 
ilmiyg’ijodiy faoliyatini ruyobga chiqarish chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy 
va moddiy texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; 
- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan 
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning 


natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta’minlash; 
- kafedra o’qituvchilarning shahsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-
tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy uslubiy ishlarni ko’rib chiqish, tajribali 
o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish va ilg’or tajribalarini 
ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 
- zamonoviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish, 
pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik 
malaka va ko’nikmalarni egalashga yordam berish, ahborot bazasini yaratish, 
o’quv mashg’ulotlarida zamonoviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda 
o’qitishni va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishi yo’lga 
qo’yish, o’qitish zamonviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan mahsus o’quv-
auditoriyalarda tashkil qilish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish; 
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh 
ixtisosliklar bo’yicha doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhoqama 
qilish, ta’lim xo’jjatlarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim xujjatlarining 
me’yor talablariga javob berishini belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida 
ishtirok etish; 
-byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam 
ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korhonalari va boshqa xo’jaliklar bilan aloqa 
o’rnatish; 
-xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarni 
rivojlantirish; 
-talabalarni qiziqishini etiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va 
ihtisosliklar, kasb-xunar turlari bo’yicha to’garaklar tashkil qilish, kichik 
korhonalarda, talabalarni darsdan bo’sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan 
band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 
-kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli 
o’tkazilishni ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarni zamonoviy uskuna, 
qurilma va jihozlar bilan jihozlanishga homiylarni keng jalb etish; 



institut 
axborotg’resurs 
markazini 
kafedra 
ta’lim yo’nalishlari va 
mutaxassisliklarga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan 
uzluksiz to’ldirib borish va yangillanishini doimiy nazorat qilish. 
Kafedra o’quv tarbiyaviy va ilmiy jarayonni ta’minlovchi o’quv va ilmiy 
laboratoriyalarga, kabinetlarga, markazlarga va boshqa bo’linmalarga ega bo’lishi 
mumkin. 
Mutaxassis chiqaruvchi kafedralar kadrlar buyurtmachilari bo’lgan korxona yoki 
tashkilotlar xududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan 
foydalanishi mumkin. Kafedra filiali faoliyatini tegishli Nizom asosida tashkil 
etadi. 
Oliy ta’lim muassasasi kafedralarining professor-pedagoglari tarkibi “Тa’lim 
muassasalariga pedagogik xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi 
to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi. 
Kafedra yo’nalishdagi talabalarga rahbarlik qiladi, ularning o’quv, madaniy-
ma’rifiy va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishda va bajarishida mas’ul 
hisoblanadi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish