Yo’nalish: Iqtisodiyot Fan: Iqtisodiyot nazariyasi Bajardi


Institutsionalizm asoschisi amerikalik olim T.Veblendir



Download 179,95 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2022
Hajmi179,95 Kb.
#676590
1   2   3   4   5
Bog'liq
bek

Institutsionalizm asoschisi amerikalik olim T.Veblendir
Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanib borishining davlat «iqtisodiy siyosatiga ta’sirini aytib o’tish bilan birga, mamlakatda olib borilayotgan siyosat, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida qabul qilinayotgan qaror va hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining ham iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishiga ta’sirini ta’kidlash zarur. Iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga ma’lum hissa qo’shgan maktab — bu klassik siyosiy iqtisoddir. Bu maktab namoyandalari A.Smit (1723—1790), D. Rikardo (1772— 1823) bo’lib, ular birinchi marotaba qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymatini uning ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat sarflari bilan o’lchanishini asoslab berdilar. A.Smit, D.Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o’rgandilar. Ularning ilmiy tadqiqotlari ko’proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi kategoriyalarning mohiyatini ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular ijtimoiy xo’jalik taraqqiyotida bozorning o’rnini belgilab berdilar.
A.Smit obrazli qilib «Hamma iqtisodiy agentlarning harakatini «ko’zga ko’rinmas qo’l» boshqarib turadi», deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, har bir agent bozor munosabatlarida mustaqil ish tutib, o’z manfaatini ro’yobga chiqara borib, pirovard natijada «ko’zga kurinmas qo’l» vositasida o’zi bilmagan holda maqsad sari yo’naltiriladi. U o’z manfaatlarini ko’zlab, jamiyat manfaatlariga o’zi ongli tarzda intilganiga nisbatan ancha qo’proq samarali tarzda xizmat qiladi»4. XIX asrning ikkinchi yarmida burjua siyosiy iqtisodiga qarama-qarshi proletar iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Uning asosini qo’shimcha qiymat haqidagi ta’limot tashkil etgan bo’lib, natijada iqtisodiyot nazariyasi ikki, marjinalizm va marksistik tarmoqqa ajralib ketdi. XIX—XX asrlarda marjinalizm tarmog’idagi iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllangan bo’lib, ularning ba’zilari hozirda ham tan olingan. Xususan Avstriya maktabi namoyandalari, К.Menger (1888—1926), E. Bem-Baverklar (1851 — 1914) ne’matlarning naflilik chegarasi nazariyasi bilan tanilganlar. Mazkur nazariyaga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanligi va noyobligi bilan aniqlanadi. Bozorda narxlarni shakllanishiga A.Marshall e’tibor berib, baho, talab va taklifni birgalikda, o’zaro bog’likda o’rgangan. Uning fikricha bozor narxlari talab va taklifga o’zaro bog’liq ekanligini ifoda etadi. U o’zining tadqiqotida vaqt omilini tengligini ilmiy tahlil qilgan. AQSh iqtisodchisi Dj. Кlark (1847—1938) ishlab chiqarish omillari unumdorligining kamayishi va unumdorlik chegarasi nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan har qanday ishlab chiqarish omillari unumdorlik chegaralariga ega ekanligi va bu unumdorlikning kamayib borishi asoslab berilgan. Shu davrda iqtisod fanida ingliz iqtisodchisi A. Marshall (1842—1924) tomonidan asos solingan Кembridj maktabini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. U qiymat, chegaraviy foydalilik va naflilik chegarasi, unumdorlik chegarasi nazariyalarini yaratishga harakat qildi. Buning natijasida esa talab va taklif nazariyasi yaratildi. A.Marshall «Ishlab chiqarish xarajatlari va pirovard foydalilik shubhasiz bitta umumiy bo’lgan talab va taklif qonunining tarkibiy qismlaridir»5,— degan fikrni bildiradi. XX asrning 30-yillarida iqtisodiy tafakkur o’zining rivojlanishida yangi bosqichga o’tdi. Unga ingliz iqtisodchisi Djon Meynard Кeyns (1886—1943) asos soldi. U tartibga solinuvchi kapitalizm nazariyasini asoslab berdi. Uning asosiy g’oyalari «Bandlik, foiz va pullarning umumiy nazariyasi» asarida o’z aksini topgan. U bozor mexanizmi o’zi mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi deb hisoblagan. U undan samarali foydalanishni tashkil etish uchun davlat iqtisodiyotni tartibga solishda, samarali moliyaviy byudjet va pul-kredit siyosatini shakllantirishda, uni olib borishda faol qatnashishi zarur deb hisoblagan. Djon Meynard Кeyns fiziokrat A.Smitning bozorni maqtash nazariyasiga qarshi chiqib, bozor mexanizmi ma’lum bir o’zgarishlarga, iqtisodiy krizislarga yo’l qo’yilishi davrlarida Djon Meynard Кeyns bozor iqtisod mexanizmiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Djon Meynord Кeyns jamiyatni takomillashtirishni talab bilan bog’liqligini e’tiborga olgan holda, birinchi o’ringa talab samaradorligini va davlat tomonidan uni qo’llash zarurligini ko’rsatib bergan. Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli R.Xarrod, A.Xansen va P.Samuelson (1915) tomonidan rivojlantirildi P.Samuelson tomonidan yaratilgan neoklassik sintez nazariyasi mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy taraqqiyot holatiga qarab, yo davlat tomonidan yoki Djon Meynard Кeyns nazariyasiga asoslangan holda bozor mexanizmlari orqali iqtisodiyot boshqarilishi kerak. Iqtisodiyot nazariyasini hozirgi zamon yo’nalishlaridan biri institusionalizm nazariyasi hisoblanadi. Uning vakillari bo’lib T.Veblen, Dj.Gelbreyt, R.Кouz, G.Bekker va boshqalar hisoblanadi. Ularni nazariyalarini markazida institutlar, ularning qatoriga davlat, xuquqiy mulkchilik, oila, monopoliya va boshqalar turadi. Institutlar tashqi iqtisodiy va ichki iqtisodiy omillar asosida rivojlanadi. Shuning uchun ham iqtisodiyot nazariyasi xuquq, sosiologiya, ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog’liqdir. Iqtisodiy fan tarixi bilan qisqacha tanishgandan so’ng, uning predmetiga ta’rif berish mumkin. Lekin quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak.
Birinchidan, iqtisodiyot jamiyat hayotini zarur bo’lgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlovchi xo’jalik tarmoqlarining yig’indisidir.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlantirilishi insonlarning ehtiyojlari bilan bog’liqdir. Biz bilamizki, extiyojlarning qondirilishi yanada yuqoriroq ehtiyojlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Uchinchidan, jamiyat hayotida asosiy soha iqtisodiy sohadir, chunki uning rivojlanish darajasi inson hayotining boshqa sohalarining mavjud bo’lishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyot nazariyasining kurtaklari qadimgi davrlardayoq shakllangan. Qadimgi davrlardayoq buyuk faylasuf olimlar boylik manbaini tahlil qilishga harakat qilganlar. Aristotel boylik manbaini xo’jalik yuritish san’ati deb bilgan. Merkantilistlar esa boylik manbai savdo deb tushunganlar. manbaini tabiat bilan bog’laganlar. Кapitalizm rivojlanishi bilan iqtisodiyot nazariyasi fani fan sifatida shakllandi.
Кlassik iqtisod maktabi vakillari esa boylik manbaini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va iste’molda deb bilganlar.
Ayrim iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishining har xil bosqichlarida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlaridan tarkib topadigan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi, deb ta’kidlaydilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi davrida MDH davlatlari iqtisodchi olimlarining bu fan predmetiga bergan ta’riflari ham diqqatga sazovordir. Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan predmeti rasional xo’jalik yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamyatning ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini o’rganadi»6 deb ko’rsatilgan, yoki bu fan «predmeti cheklangan resurslar dunyosida ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o’rganadi»7 deyilgan.
«Ekonomiks» darsligida, birinchidan, cheklangan resurslar dunyosida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida insonlarning xatti–harakatlari o’zini tutishi tadqiq etiladi. Ikkinchidan, insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida chegaralangan resurslardan samarali foydalanishni o’rganadi deb ta’rif beriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda «Iqtisodiyot nazariyasi» faniga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Iqtisodiyot nazariiyasi insonning cheksiz ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish uchun, cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish. Iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi integrasiya va differensiasiya yo’li bilan amalga oshgan. Iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi natijasida tarmoq iqtisodi fanlari ajralib chiqqan.
Iqtisodni tahlil qilishning darajasiga qarab iqtisodiy fanlar tarmoq (sanoat iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, savdo va transport iqtisodiyoti va h.k.) va maxsus (moliya, statistika, mehnat iqtisodiyoti hamda mintaqaviy, jahon iqtisodi) iqtisodiy fanlarga ajratiladi.
Fanlarni amaliyotda qo’llanishiga qarab fundamental va amaliy iqtisodiyotga ajratadilar. Statistika fanining vujudga kelishida ham iqtisodiyot nazariyasining ahamiyatini aytib o’tish mumkin. Hozirgi vaqtda fundamental tadqiqotlarni olib borishda iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashning roli oshib borayotganligini ta’kidlash lozim. Birinchi bosqich – an’anaviy jamiyat bo’lib, past ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. Bu qishloq xo’jaligi tasnifiga ega bo’lgan oddiy takror ishlab chiqarish holatida bo’lgan.
Ikkinchi bosqich – o’tish jamiyati bo’lib XVII boshlarida – XVIII asr oxirlarida G’arbiy Evropada tashkil topgan. O’tish jamiyati ilm-fan ixtirolarini ishlab chiqarishga joriy etish, milliy va jaxon bozorlarini kengayishi, kapital jamg’armalarini tashkil topishi, ilm-fan, texnika yangiliklarini ishlab chiqarishda va jamiyatda sezilarli darajada o’rin olishi bilan ifodalanadi.
Uchinchi bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarini qamrab olib ishlab chiqarish jarayonini texnologik jihatdan rivojlanishiga asoslanadi. Bu xolat Angliyadagi rivojlanish xususiyatlaridan ko’rish mumkin. Yangi tadbirkorlik sinfini shakllanishi bilan ifodalanadi. To’rtinchi bosqich – tezlik asosida etuk bosqichi bo’lib XIX asrning oxirlarida G’arbiy Evropada shakllangan. G’arbiy Evropada joylashgan ayrim mamlakatlar xo’jaliklari jahon xo’jaliklarini bir qismi bo’lib milliy daromadlarini 10-20 foizini ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida investisiyalashtirishga yo’naltirganlar.
Beshinchi bosqich – iste’mol talablarini yuqori darajada o’sib borishi bilan bog’liqligi bilan ajralib turadi. Jamiyat manfaatdorligi ishlab chiqarish muammolaridan iste’mol va turmush.

3. Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish asosida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xattiharakatlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firmalar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xattiharakatlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iqtisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharoit — bu iqlim, tuproqning tu-zilishi, yer osti boyliklarining mik,dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobiliyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qotib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanishda olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodiyotning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiatdagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sababli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻzoʻzidan yuz bersa, iqti-sodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz beradi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqti-sodiyot nazariyasi texnologiyani bevo-sita oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki etmaslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi; iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiyaxloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shuning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqtisodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlangan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binobarin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish chora-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi. Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator
darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne‟matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o„rtasida sodir bo„ladigan munosabatlarni o„rganishdan iborat, deb ko„rsatilgan edi. AQSH va boshqa ba‟zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bufanning predmeti kishilarning moddiy ehtiyojlarini to„laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish,kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o„rganishdan iborat, deb ko„rsatilgan. Bozor iqtisodiyotiga o„tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo„yicha bir-biriga yaqin bo„lgan ta‟riflar berilmoqda. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to„g„risida bildirilgan barcha
fikrlardan ko„rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda
ishlab chiqarish jarayonida kishilar o„rtasida sodir bo„ladigan munosabatlarni
o„rganishga alohida e‟tibor berilgan bo„lsa, «Ekonomiks»da va bozor
iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko„pchiligida asosan
kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo„lgan munosabatini, xattiharakatini
o„rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga
alohida e‟tibor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham,
bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yo„l
qo„ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat
ko„rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag„lari orqali
amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. SHuning uchun mavjud resurslarga,
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo„lgan
munosabat, ishlab chiqarish omillarining o„zaro bog„liqligi va bir-biriga ta‟sirida
o„rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish
alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz,
munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko„rsatish
jarayonida bir-birlari bilan albatta o„zaro munosabatda bo„ladilar va shu
munosabatga qarab harakat qiladilar, o„z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini
belgilaydilar.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –

Download 179,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish