Bog'liq 6 7 mavzu Harakatlanish tartibi va chorraxalarda harakatlanish qoidalarini
QUVIB O’TISh
Quvibo’tish – egallaganharakatlanishbo’lagidanchiqib, oldindaketayotgantransportvositalaridano’zibketish. To’xtab turgan transport vositasini aylanib o’tish, quvib o’tish hisoblanmaydi (1, 2 rasm). Yonma-yon bo’lakdagi transport vositasidan o’zib ketish, quvib o’tish hisoblanmaydi (3 rasm) (YHQ-11.4). (1 rasm) (2 rasm) (3 rasm) Ikki tomonlama harakatli ikki bo’lakli yo’llarda quvib o’tish qarama-qarshi yo’nalishdagi bo’lakka chiqish orqali, xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda bajariladi (1 rasm). Ikki tomonlama harakatlanuvchi uch bo’lakli yo’llarda quvib o’tish o’rta bo’lakka chiqish bilan amalga oshiriladi (6, 7 rasm). Ikki tomonlama harakatlanuvchi to’rt va undan ko’p bo’lakli yo’llarda quvib o’tish yo’nalishi bo’yicha qo’shni qatorga chiqish bilan bog’liq (6 rasm). 1. Haydovchi quvib o’tishni boshlashdan oldin:
– o’zi o’tmoqchi bo’lgan harakatlanish bo’lagi quvib o’tish uchun etarlicha masofada bo’sh ekanligiga, bu qarama-qarshi yo’nalishdagi va shu bo’lakdagi transport vositalarining harakatiga xalaqit bermasligiga;
– shu bo’lakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib o’tishni boshlamagan ligiga (4 rasm);
– oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib o’tish, chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga (5 rasm);
– quvib o’tishni tugallayotganda quvib o’tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo’lakka qaytib o’ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
(4 rasm) (5 rasm) 2. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o’tishga ruxsat beriladi (6,7 rasm). Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o’tish o’ng tomondan amalga oshiriladi (7 rasm).
3. Quvib o’tish jarayonining xavfsiz amalga oshirilishi quvib
(6 rasm) (7 rasm) o’tilayotgan transport vositasi haydovchisining xulqiga ham bog’liq.
Quvib o’tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o’tishga to’sqinlik qilish taqiqlanadi.
Aks holda quvib o’tayotgan transport vositasi o’z bo’lagiga qayta tizila olmay boshqa transport vositalari (ro’paradan keluvchi) bilan to’qnashib ketishi ham mumkin. 4 . Ikki tomonlamma harakatlanuvchi ikki bo’lakli yo’llarda quvib o’tish uchun (8rasm) ro’para bo’lakka, ikkitomonlama harakatlanuvchi uch bo’lakli yo’llarda o’rta bo’lakka chiqqan haydovchi quvib o’tishni tugallagandan so’ng ilgari egallagan harakatlanish bo’lagiga qaytishi shart (o’ng tomondan ruxsat etilgan quvib o’tishdan tashqari) (8, 6 rasm). To’rt va undan ko’p bo’lakli yo’llarda quvib o’tishni tugallagan haydovchi o’z bo’lagida qolishi mukkin ( bu manevr ilgarlab o’tish hisoblanadi). O’z qatoriga qaytishda quvib o’tilayotgan transport vositasini oldida keskin burchak bilan emas, balki oraliq masofani har tomonlama saqlangan holda ravon o’tish kerak. B iroqushbuyo’nalishdaharakatlanishuchunikkiyokiundanortiqbo’lakbo’lsa, quvibo’tayotganhaydovchio’ziegallaganbo’lakkaqaytganizahotikeyingiquvibo’tishniboshlashgato’g’rikeladiganhollardaorqadao’zidankattatezlikdaharakatlanayotgantransportvositalarigaxalaqitbermasa, chapbo’lakda harakatlanishnidavomettirishmumkin (9rasm).(9 rasm) 5. Quvib o’tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
1) teng axamiyatli yo’llar kesishgan, tartibga solinmagan chorrahalarda;
2) tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo’llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o’tish, kajavasiz ikki g’ildirakli transport vositalarini quvib o’tish va ruxsat etilgan hollarda o’ng tomondan quvib o’tish bundan mustasno);
3) piyodalar o’tish joylarida 4) temir yo’l kesishmalarida
piyodalar bo’lganda; va ulargacha 100 metrdan kam
masofa qolganda;
5) quvib yoki aylanib o’tayotgan 6) tepalikka ko’tarilishning oxirida
transport vositalarini; va yo’lning ko’rinishi cheklangan
boshqa joylarda qarama-qarshi
harakatlanish yo’nalishiga chiqib;
7) tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlanish bo’lagiga chiqib.
Quyidagi hollarda quvib o’tishga ruxsat etiladi: a) tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi bo’lakka chiqmasdan (10 «a» rasm) b) teng ahamiyatli chorrahalarda kajavasiz mototsikllarni va velosipedlarni (10 «b» rasm). v) chorrahalarda asosiy yo’l bo’ylab (10 «v» rasm). g ) chapga burilayotgan yoki orqaga qayrilayotgan transport vositalarini o’ng tomondan (10 «g» rasm). (10 «a» rasm) (10 «b» rasm) (10 «v» rasm) (10 «g» rasm) 6. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo’llarda sekin harakatlanadigan yoki katta gabaritli transport vositasini quvib o’tish qiyin bo’lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo’lning o’ng tomoniga olishi, zarur bo’lganda esa orqasida to’planib qolgan transport vositalarini o’tkazib yuborish uchun to’xtashi kerak.