Yollanib mehnat qiluvchi va ish beruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari to’g’risida konstitutsiyamizda qanday qonun normalari keltirilgan?


Mehnat shartnomasini bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?



Download 27 Kb.
bet2/3
Sana17.08.2021
Hajmi27 Kb.
#149783
1   2   3
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq

Mehnat shartnomasini bekor qilish qay tartibda amalga oshiriladi?

Avvalo, shuni aytib o’tish joizki, O’zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 37-moddasida har kim mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egaligi belgilab qo’yilgan. Har qanday shaxs o’ziga maqul bo’lgan kasbni tanlashi va shu kasb sohasida mehnat qilishi mumkin. Hech kim fuqarolrning konstitut-siyaviy huquqlariga dahl qilishga haqli emas. O’zi xohlagan kasbni egallashida to’sqinlik qilishi, majburan biror-bir mehnatga undashi taqiqlangan. Konstitutsi-yamizning 38-moddasida esa, yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egaligi, ish vaqti va ish haqqi to’lanadigan mehnat ta’tilining qonun bilan belgilanishi haqida bayon qilingan. Mehnatkashlarning ish haqqini kechiktirish yoki belgilangan miqdordan kam haq to’lash qununan taqiqlanadi. Bunday hollarda ish beruvchi javobgarlikka tortiladi. Shu bilan birga, xususiy mulkka egalik qilish haqda ham ma’lum normalar o’rnatilgan. Misol uchun, bosh qomusimizning 36-moddasida belgilab qo’yilganidek har kim mulkdor bo’lish huquqiga ega. Har bir shaxs ma’lum bir mulkni sotib olishi yoki ishlab chiqarishi, unga egalik qilishi va o’z mulkni tasarruf qilishi mumkin. Tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi va huquqiy jihatdan bab-barovar muhofaza etilishi kafolatlanganligi 53-moddada o’z aksini topgan. Konistitutsiyamizning 54-moddasida esa, mulkdorning mulkiga o’z xohishicha egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish huquqlari mustah-kamlangan. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taminlaydi.

Har bir yollanib ishlayotgan shaxs o’z mehnat sharoitidan norozi bo’lsa, o’z mehnat sharoyitini yaxshilashni talab qilish huquqiga ega. Konstitutsiyamizning 37-moddasida keltirib o’tilganidek har bir shaxs adolatli mehnat sharoitida ishlashga haqli. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 90-moddasida belgilanganidek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim ish beruvchidan mehnat sharoitini o’zgartirishni talab qilishga haqlidir. Xodimning arizasi uch kun muddatdan kechiktirilmagan holda ko’rib chiqilishi va javob qaytarilishi shart. Agarda ish beruvchi arizani rad etsa, buning sabablarini yozma ravishda ma’lum qilishi kerak. Asossiz ravishda xodimning talabini qabul qilmaslik, unda rad jovobini berish mumkin emas. Ish beruvchilar qonunlarda va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitini yaratib berishi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishlari shart. Kazusda keltirilishicha, xodimlarning mehnat haqlari ham kechiktirib to’lanar ekan. Bu holatni ham mehnat kodeksida belgilangan tartibda ko’rib chiqishimiz mumkin. Kodeksning 154-moddasida belgilab qo’yilganidek, ish beruvchilar o’zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar xodimlarga bajargan mehnatlari uchun haqlarini kechiktirmasdan o’z vaqtida to’lashlari lozim. Ish beruvchining aybi bilan xodimga mehnat haqqini to’lash belgilangan muddatlardan kechikmasligi shart. Aks holda, korxona egasi uchun javobgarlik belgilangan.

Korxona mulkdorning xusiy mulki hisoblanishi, uni o’zi istaganday boshqarishi qonun bilan mustahkamlangan. Shu bilan birga, Konstitutsiyamizning 20-moddasida shunday qonun normasi o’rnatilganki, fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. Mulkdor o’z mulkini boshqarishida ham mehnatkashlarning huquqlarini poymol qilmasligi kerak. Jamiyatimizda barcha fuqarolar teng huquqlidirlar. Qarindosh-urug’chilik, mahalla-kuychilik taqiqlanadi. Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Karimon aytganlaridek: “Rahbar shaxs o’ziga ishonch bildirgan xodimlar oldidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi lozim. Odamlarni bir-biridan ajratmasligi, hammaga adolatli munosabatda bo’lishi, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilikdan uzoq turishi shart”. Korxona egasining faqatgina o’z qarindoshlariga turli xildagi imtiyozlar, nafaqalar berishi konstitutsiyamizda belgilangan normalarning buzilishiga sabab bo’ladi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida belgilanganidek:

“O’zbekiston Respublikasida barcha fuqorolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, tili, millati dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab quyiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo’lishi shart”.

Yana bir muommoli vaziyat korxonaning talablarga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishida. Konstitutsiyamizning 54-moddasida mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, ammo mulkdan foydalanish, uni boshqarish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridek shaxslar va davlat huquqlarini hamda qonun bilan qo’riqlandigan manfaatlarini buzmasligi shart. Atrof-muhitga, odamlarning sog’lig’iga zarar yetkazadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, sotish qonunan taqiqlanadi.

Endigi navbatda mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi haqda so’z yuritadigan bo’lsak, korxona egasining mehnat shartnomasini asossiz bekor qilishga haqqi yo’q. Ish beruvchi va xodim o’rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilishning tartib, qoidalari mehnat kodeksida o’rnatilgan qonunlar asosida amalga oshiriladi. Ushbu kodeksning 97-moddasida mehnat shartnomasini qay tartibda bekor qilish asoslari haqida qonun normalari belgilangan. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi ham, muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartno-masi ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli bo’lishi shart. Xodim o’z mehnat vazifasini qo’pol ravishda buzganda yoki muntazam buzib kelganda, xodimning mehnat vazifasini bajarish uchun malakasi yetarli bo’lmaganda, sog’ligiga ko’ra mehnat vazifasini bajarish uchun noloyiq bo’lsa va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, har bir shaxs manfaatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa huquqiy-normativ hujjatlar o’rnatilgan qonun normalari orqali mustahkam ximoya qilinadi. Fuqarolarning manfaatlarini oyoq osti qilish, ularni kamsitish, qonuniy huquqlarini toptash taqiqlanadi. Bunday hollarda javobgarlik belgilangan. Hech bir shaxs o’z manfaatlarini o’zgalarning manfaatlaridan ustun qo’ymasligi kerak. Ish beruvchi va xodimlar ortasidagi munosabatlarda ham, mulkdor mulkning egasi bo’lganligi bilan xodimlarning talablariga quloq solishi va ularga qulay mehnat sharoiti yaratib berishi zarur. Qarindosh urug’chilik, mahallachilik, millatchilik kabi salbiy illatlar har bir shaxsning teng huquqli ekanligi tamoyillariga mutlaqo zid. Xoh u davlat korxonasi bo’lsin, xoh xususiy firma bo’lsin, qarindosh urug’chilik tamoyillariga amal qilish, o’z yaqinlarining manfaatlarini boshqa xodimlarning manfaatlaridan ustun qo’yish mumkin emas. Bu illatlar fuqarolarning huquqiy tengligi tamoyiliga putur yetkazadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qat’iy mustahkamlab quyilganidek: har bir fuqaro teng huquqli va ularning huquqlari manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinadi!




Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish