"Yo`limiz mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo`li" risolasida I. A. Karimov davlatchilikning ahamiyat haqida gapirdi



Download 105,28 Kb.
bet3/3
Sana25.07.2021
Hajmi105,28 Kb.
#128139
1   2   3
Bog'liq
Tarixga nazar tashlar ekanmiz

Qo’qon xonligi. Davlat boshqaruvi va qo’shin. Qo’qon xonligidagi hokimiyatni boshqaruv tartiblari Buxoro va Xiva xonliklaridan deyarli farq qilmagan. Bu yerda ham xon cheklanmagan huquqga ega bo’lib, o’zining xohish-irodasiga ko’ra ish yuritgan. Qo’shinda mingboshi, beshyuzboshi, yuzboshi va o’nboshi lavozimlari bo’lgan. Uning muayyan qismi muntazam xizmatni o’tab, ko’pchiligi tinchlik paytida dehqonchilik, hunarmandchilik va boshqa ishlar bilan shug’ullangan. Harbiy xizmatni o’tovchilarga bir ot va egar-jabduq berilgan. Yuzboshi bir yilga – 147 so’m, ellikboshiga – 98 so’m, o’nboshiga – 65 so’m, oddiy sarbozga – 48 so’m haq to’langan. Viloyatlardagi qo’shin hokim tomonidan ta’minlangan, poytaxtdagisi hukumat zimmasida bo’lgan. Qo’shin qilich, nayza, piltali miltiq va to’plar bilan qurollangan bo’lib, harbiy mahorat ancha pastlashib ketgan edi. Ichki o’zaro to’qnashuvlar, ayniqsa, Buxoro xonligi bilan urushlar qo’shinning tinkasini quritgandi.

XIX asr davomida qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. 1822-yili Mirza Qalandar Isfaragiy tomonidan «Shohnoma» asari nihoyasiga yetkazildi. Bu manbada xonlikning tarixiga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.

Xonlikda maktab-madrasalarda savod chiqarish bilan birga diniy va qisman dunyoviy fanlar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilgan. Ularda ta’lim va tarbiya olgan kishilar orasidan mashhur shoirlar, olimlar yeishib chiqqan.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va uchta xonlikda yuzaga kelgan salbiy o’zgarishlar ular o’rtasidagi aloqalarning uzilishi, o’zaro nizolar, tashqi kuchlarning ta’siri va ichki ziddiyatlar bilan bog’lik bo’lgan. XIX asr boshida yuz bergan ma’lum iqtisodiy jonlanish Afg’oniston, Eron, Xitoy, Misr va Rossiya bilan o’rnatilgan iqtisodiy aloqalarga borib taqaladi. Xonliklarda tashqi mamlakatlar bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalarni rivojlantirish bilan birga adabiyot, san’at, tarih va boshqa muhim ijtimoiy fanlar, me’morchilik va hunarmandchilik sohalari ravnaqiga katta e’tibor berilgan.

Xonliklarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga asketizm (yunoncha askesis - his-tuyg’ular ta’siri va dunyoviy hayot tarzidan voz kechish da’vatiga tayangan diniy tamoyil) diniy aqidalariga asoslangan musulmon dini katta ta’sir ko’rsatib kelgan. Xonliklarda ta’lim tizimi faqat diniy o’quv muassasalaridan iborat bo’lgan. Ta’lim muassasalarining asosiy turlariga boshlang’ich ma’lumot beradigan maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar kirgan edi. Madrasalarda talabalar diniy falsafa, arab tilining grammatikasi, musulmon huquqlari, mantiq ilmlarini o’rganishgan. Maktab va madrasalarda jismoniy tarbiya darslari bo’lmagan. Jismoniy mashq bajarish, hatto serharakat o’yinlar o’ynash ham ruhsat etilmagan.

Shunga qaramasdan, xalq o'zlarining milliy o'yinlarini tashkil qilishni davom ettirdi. Kurash, poyga, uloq, darbozlik, akrobatika, harakatli o'yinlar keng tarqaldi. Navro'z, hosil bayrami va boshqa udumlaiga bag'ishlangan xalq sayllari hamda katta to'ylarda polvonlarning bellashuvi, mohir chavandozlarning chaqqonligi, darboz o'yinlari, arqon tortishish, tosh ko'tarish kabi o'yin va namoyishlari hammani hayratga solar va juda qiziqarli bo'lgan.

Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimizdan meros qolgan juda ko'p boy manbalar mavjud. Bunday tugamas boyliklar orasida jismoniy madaniyat alohida ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat insonlami bolalikdan sog'lom qilib o'stirish, ularning jismoniy va madaniy kamolotini ravnaq toptirishi, sog'lom turmush kechirish, mehnat qobiliyatini oshirish, uzoq umr ko'rishga ko'maklashuvchi muayyan faoliyatdir. Bunda ajdodlarimizning ov qurollarini yasash, tog', daryo, cho'llarda vahshiy hayvonlarni tutish uchun kuch-quvvat, epchillik, merganlikni o'rganganlar. Bunda otda turib kamondan o'q otish, nayza sanchish, kurashish, piyoda yugurish, to'siqlardan o'tish, an'anaviy urf-odatlar, ommaviy sayllarda harakatli o'yinlarni tashkil qilish kabi murakkab mashqlarni bajaiganlar. Turli janglarda bu qurollardan mohirona foydalanganlar.

Xalq o'z udumlari va an'analarida kurash, ot o'yinlari, qilichbozlik, darboz, poyga va turli harakatli o'yinlardan foydalanganlar. Bu tadbirlar yoshlarni kuchli bo'lishi, Vatanni sevish, kasbni egallash va uddaburonlikka chorlagan.

O’rta Osiyoda jismoniy tarbiya doimo an’anaviy hususiyatlarga ega bo’lgan. Jismoniy mashqlar empirik tarzda (yunoncha empeiria - tajriba yo’li bilan) vujudga kelgan va ilmga asoslanmagan bo’lsa ham, hamisha chuqur halq an’analarini o’zida saqlab kelgan. Jumladan, milliy jismoniy madaniyat asosini ifodalovchi jismoniy tarbiyaning milliy shakllari, vositalari va uslublari shakllantirilib borilgan. O’rta Osiyoda asosan kurash turlari va chavandozlik sport sifatida shakllangan bo’lib, musobaqalar halq bayramlari, milliy sayillar va turli tantanalarda tashkil qilingan. Askarlar harbiy-jismoniy tayyorgarligi milliy jismoniy tarbiya shakllari yordamida amalga oshirilgan va mamlakatni jasurona himoya qilish yo’lida ko’p asrlar davomida to’plangan tajribalar umumlashtirilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand va Farg’onada hukm surgan Turkiston general-gubernatorlik hududida jismoniy madaniyat rus madaniyatining tarkibiy qismi bo’lib kelgan va dastavval mahalliy milliy madaniyat bilan uzviy bog’liq bo’lmagan. Shu yillar davomida Turkistonda zamonaviy sport turlari joriy etilmay kelgan va mahalliy millatga mansub aholi tarkibidan etakchi sportchilar etishib chiqmagan. Turkiston general-gubernatori mahalliy millat vakillarining sport jamiyatini tuzishga qat'iy qarshilik qilgan.

XIX asr oxiri – XX asrning dastlabki yillari O’zbekistonda zamonaviy sport turlari kirib kelgan va keng tarqalgan. Bunda rus madaniyati bilan o’rnatilgan aloqalar jismoniy madaniyat va sport tizimida ham kuzatiladi.

Turkiston o’lkasi - O’zbekistonda jismoniy madaniyat va zamonaviy sport tizimining shakllanishi va rivoshlanish tarixini shartli ravishda quyidagi davrlarga ajratish mumkin:

1860–1890 yillar – ruslarning dastlab ilmiy ekspeditsiyalar tarkibida, keyin esa rus armiyasi bosqini oqibatida Turkistonga kelishi.

3. Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan.

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.



Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

  1. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ko‘plab ijtimoiy sohalarning tubdan modernizatsiya qilinishi, ijtimoiy turmush darajasining o‘sishi aholining ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo‘lgan talablarini oshirdi. XXI asr farzandlari zamonaviy maktab va kollejlarda takomillashtirilgan davlat ta'lim talablari asosida o‘qib ta'lim olmoqdalar. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining kundan-kunga o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini o‘rgangan holda, yurtimizda bunyod etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarida aholining ijtimoiy-madaniy faolligini qo‘llab-quvvatlash bilan birga mazmunli dam olishiga e'tibor qaratilmoqda. Shu ma'noda yangidan tashkil etilayotgan zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham asosiy urg‘u aholi uchun yangi xizmat turlari, to‘garaklar, badiiy havaskorlik jamoalari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalarini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Jumladan, markazlarda xalq havaskorlik ijodiyoti to‘garaklari, milliy–amaliy san'at to‘garaklari, nomoddiy madaniy meros durdonalarini o‘rganish to‘garaklari, studiyalar, qiziquvchilar uyushmalari, sport to‘garaklari, xorijiy tillarni o‘rganish kurslari va hakozolar tashkil etiladi.

Yangidan tashkil etiladigan madaniyat va aholi dam olish markazlarida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosi ob'ektlarini saqlab qolish va ko‘paytirish, zamonaviy studiyalar va to‘garaklarni, shuningdek, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish yo‘li bilan badiiy ijod va amaliy san'atni rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilmoqda. Buning uchun aholining barcha qatlamlariga mo‘ljallangan madaniy-ma'rifiy xizmatlarni keng yoyish, internet-studiyalar, elektron resurslar, shu jumladan, internet vositasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish kurslari tashkil etiladigan ko‘p funksiyali zallarda qiziqarli va maroqli tomoshalar va boshqa tantanali tadbirlar, munozara klublari, sportning stol turlari va intellektual o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini tashkil etish talab etiladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun “O‘zbekiston iftixori” va “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” shiorlari ostida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar, milliy adabiyot va san'at namoyondlari, sportchilar bilan aholining, shu jumladan, yoshlarning estetik va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan uchrashuvlarni tayyorlash va o‘tkazish, ushbu faoliyatga professional ijodiy guruhlar va taniqli san'atkorlarni jalb etish markazlarning asosiy ish yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Tashkil etilajak to‘garaklar, yig‘inlar, uyushma va studiyalarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, shuningdek, ularni ma'naviy qo‘llab-quvvatlash va ijodkor yoshlarning yutuqlarini targ‘ib qilish maqsadida foto va amaliy san'atning doimiy va vaqtinchalik ko‘rgazmalari, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san'atining mini-festivallari, mahalliy urf-odatlar va an'analarni aks ettiruvchi ommaviy teatrlashtirilgan bayramlar va tomoshalar, xalq sayillari o‘tkaziladi.

Tashkil etilayotgan to‘garaklarda qatnashchilarga sohaning sir-asrorlari, ijodiy-badiiy did, ranglar bilan ishlash texnikasi o‘rgatiladi. O‘smir- yoshlar, yosh oilalar, umuman, markazga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan aholining o‘qishdan va ishdan bo‘sh vaqtlarini unumli, maroqli o‘tishini ta'minlash borasida ular kompyuter saboqlari, internet bilan ishlash, ma'lumotlar izlab topish, internet orqali muloqotga kirish, masalan, milliy kutubxonamizga kirish, mumtoz adabiyotlar, milliy g‘oya, urf-odatlarga oid ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘garaklarning muntazam ravishda malakali mutaxassislar, o‘z ishining ustalari tomonidan olib borilishi aholining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishini ta'minlash bilan bir qatorda, to‘garaklar qatnashchilari sonining ortishi imkoniyatini yaratadi.

Madaniyat va aholi dam olish markazlari nafaqat madaniyat va san'at muassasasi sifatida, balki ma'rifat markazi sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Markazlarda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun ularning qiziqish va istaklarini inobatga olgan holda yangi xizmat turlari ham tashkil etiladi.

Jumladan, kompyuter savodxonligi – o‘smir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini unumli, maroqli o‘tishini tashkil etish va ularni kompyuter texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini oshirish;

- xorijiy tillarni o‘rgatish kurslari – yoshlarning jahon tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi asosida, yurtimiz madaniyati va san'ati to‘g‘risidagi boy ma'lumotlarni xorijiy tillarda ham egallashlari hamda ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish;



- to‘y marosimlari va yubileylar o‘tkazish – aholiga xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish, mahallalarda to‘y marosimlari o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
Download 105,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish