Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. O`zbekiston Respublikasida soliq tizimini qayta qurishning zarurligi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/82
Sana30.12.2021
Hajmi1,14 Mb.
#193671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish (2)

 
3-§. O`zbekiston Respublikasida soliq tizimini qayta qurishning zarurligi 
O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan 
«Korxonalar, biriashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g`iisida» Qo-nuniga 
binoan 1992-yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimi 1991-yildagiga 
qaraganda tubdan yangi tizim bo`ldi. Respublikamizda birinchi marta egri soliqlar 
kiritildi.  
1992-yilgacha korxona va tashkilotlarning asosiy solig`i bo`lmish oborot 
solig`i o`rniga qo`shilgan qiymat solig`i, foydadan ajratma to`lovi o`rniga yalpi 
daromaddan daromad solig`i va yangidan Respublikadan tashqariga chiqarib 
sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovarlarga aksiz solig`i va mol-mulk 
soliqlari joriy etildi. 
O`zbekiston soliq tizimini o`zgartirishning zaruriyati quyidagilardan kelib 
chiqqan edi. 
Birinchidan. 
Bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlaridan. Bozor 
iqtisodiyoti erkin va huquqiy munosabatlarni, har kim tomonidan qonunsiz 
aralashishini yoqtirmaydigan munosabatlarni talab etadi. Ilgari iqtisodiyotni 
buyruq-ma'muriyatchilik asosida boshqarishda davlat o`zining va 
boshqa mulk shaklidagi korxonalarning daromadlari istagancha qayta 
taqsimlar edi. Budjet daromadlari xilma-xil to`lovlar va ajratmalardan tashkil topar 
edi. Ularning stavkalarini davlat xohlaganicha o`zgartirar va markazlashgan fondga 
olib qo`yar edi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat biian turli mulk shaklidagi korxona, 
birlashma va tashkilotlar, aholi o`rtasidagi munosabatlar faqat qonuniy, huquqiy 
demokratik asosga o`tadi. 
Bu munosabatlar qonun chiqaruvchi organ tasdiqlab bergan soliqlar orqali 
amalga oshiriladi. 
Ikkinchidan. Ilgarigi buyruqbozlik, iqtisodiyotni markazlashgan bosh-qarish 
davrida o`rnatilgan soliqlar bozor iqtisodiyotini boshqarish davriga mos kelmay 
qoladi. 
Bu davrda korxona va tashkiiotlarga keng moliyaviy erkinliklar, ya'ni o`z 
moiiyaviy manbalarini o`zlari taqsimlashi, o`z ishchi va xizmatchilariga ish haqini 
o`zlari belgilashi, bahoni o`zlari aniqlashi budjetga har xil to`lovlar emas, balki 
qonuniy, qafiy soliqlar bo`lishligini talab etadi. 
 
14


Ish haqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida foydadan ajratmaning tushmay 
qolishi yalpi daromaddan soliqqa o`tishga zaruriyat yaratadi. 
Oborot solig`i esa asosan davlat belgilaydigan baholar farqi sifatida ifodalanar 
edi. Korxona va tashkilotlarga o`z tovar va xizmatlariga baholami o`ziari beigilash 
huquqi berilganligi davlat qo`lidan bu huquqni olib qo`ydi. Endi baholar farqi 
bo`yicha oborot olish imkoniyati yo`qoldi. Shuning uchun bu soliqni ham tubdan 
o`zgartirib qo`shilgan qiymat solig`iga o`tildi. 
Uchinchidan.  Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri og`ir bo`lar ekan, bu davrda 
ishlab chiqarish darajasi pasayishi, ishsizlar sonining ortib ketishi, moliyaviy 
tanqislik, pul inflatsiyasi, baholarning keskin oshib ketishi yuz berib, budjet 
xarajatlarini tez ko`payib ketishiga ham olib keldi. Ularni qoplash uchun esa 
salmoqli daromadlar bo`lishi talab etildi. Daromadlarni faqat to`g`ri soliqlar orqali 
budjetga jalb qilish yetarli bo`lmay qoldi. Shuning uchun to`g`ri soliqlardan 
tashqari egri soliqlarni qo`llash zarur boidi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish