5-Amaliy mashg’ulot.
YO‘L TO‘SHAMASINI HISOBLASH PRINSIPLARI Yo‘l to‘shamasi loyihalanayotgan yo‘lning toifasi,harakat jadalligi va tarkibi tabiiy va geologik sharoitlar, shuningdek yo‘l qurilayotgan hududning mahalliy qurilish materiallari mavjudligini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Yo‘l to‘shamasining turlari, qoplamalarni asosiy ko‘rinishlari va ularni qo‘llash doirasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
1-jadval
a) issiq asfaltbeton qorishmalardagn
b) sovuq asfaltbeton qorishmalardan
v) suyuq organik bog‘lovchili organik qorishmalardan, mineral suyuq organik bog‘lovchilar birga mineral, qovushqoq, shu jumladan emulsiya qilingan organik bog‘lovchilar bilan; emulsiya qilingan organik bog‘lovchilar bilan birga mineral bilan; bitum bilan yo‘lda aralashtirilish yoki shimdirish usluli orqali ishlov berilgan tosh materiallar va gruntlardan; shimdirish usuli organik bog‘lovchilari bilan ishlov berilgan tosh materiallardan; qurilmada tayyorlangan va qadash usulida yotqizilgan qora chaqiq toshdan; ustiga ishlov berish bilan g‘ovakli va yuqori g‘ovakli asfaltbeton qorishmasidan; ustiga ikki marta ishlov berilgan mustahkam chaqiq toshdan
O‘tuvchi
Bog‘lovchi materiallar qo‘llanmasdan qadash usulida qurilgan mustahkam jinsli chaqiq toshdan; bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan grunt va mustahkam bo‘lmagan tosh materiallardan; yirik tosh va sindirilgan toshdan (tosh yotqizilgan yo‘l)
Oddiy
Chaqiq-tosh-shag‘al-qumtosh aralashmalaridan; uncha mustahkam bo‘lmagan tosh materiallar va toshqollardan; turli mahalliy materiallar bilan yaxshilangan yoki mustahkamlangan gruntlardan;
Hisoblashga kerakli ma‟lumotlarni aniqlash Yo‘l to‘shamasi – yo‘l toifasi, avtotransport vositalarining tarkibi, joyning namlanish bo‘yicha turi, yo‘l poyi gruntining turi, hamda yo‘l qurilish materiallarining viloyatda mavjudligini hisobga olib loyihalashadi.
Yo‘l to‘shamasi qatlamlarining qalinligi quyidagi qiymatlardan kichik bo‘lmasligi kerak.
-Yirik donali asfaltbeton - 6 - 7 sm.
-Mayda donali asfaltbeton - 3 - 5 sm.
-Qumli asfaltbeton – 3 - 4 sm.
- Organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh (shag‘al) -8 sm
- Shimdirish usulida organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh – 8 sm.
- Qumli yo‘l to‘shamasi asosidagi bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshli, shag‘alli materiallar – 15 sm.
- Organik yoki anorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan materiallar va tuproqlar – 10 sm.
Hisobiy og‘irliklar
Yo‘l to‘shamalarini loyihalashda avtomobilning eng ko‘p yuklangan yakka o‘qidagi og‘irlik chegarasi hisobiy og‘irlik sifatida qabul qilinadi.
I – II toifali yo‘llar uchun 130 kN (13 t s) [6]
III – V toifali yo‘llar uchun 100 kN (10 t s)