Yo‘l poyini qurish ishlarini tashkil qilish xususiyatlari
Ishni tashkil qilishni loyihalashda ish bajariladigan joy va vaqt, yo‘l qurilish mashinalari, materiallar va ishchilar, transport vositalari bilan ta'minlaganligi aniqlanadi. Yo‘l poyini qurishda, yo‘lning bir bo‘lagida yer ishlarini bajarishning aniq muddati belgilanadi, kerakli yo‘l mashinalari va ishchilarning soni, har kunlik transport vositalariga talab hisoblanadi. Bundan tashqari, ish ob'ektida mashinalarni joylashtirish va o‘zaro ta'siri kabi yechim va vazifalar ham ishni tashkil qilishga kiradi.
Yo‘l poyi - avtomobil yo‘lining bir qismidir, shuning uchun yer ishlarini tashkil qilishda aralash ishlar – ko‘prik va quvurlar, yo‘l to‘shamasi va ishlab
chiqarish korxonalari, yo‘l-foydalanish xizmati va transportga xizmat ko’rsatuvchi binolar qurish ishlari hisobga olinadi. Avtomobil yo‘llarini qurishda ish ikki usulda tashkil qilinadi: potokli va uchastkali (ketma-ket yoki siklli).
Potokli usuli yer ishlari bo‘yicha maxsus bo‘limlar (brigada yoki otryadlar) tashkil qilinadi: bir yerga to’plangan va chiziqli yer ishlarini bajaruvchi otryadlar alohida bo‘laklarda yo‘l poyini quruvchi otryadlar (masalan, botqoqliklarda); pardozlash va mustahkamlash ishlari uchun otryadlar va boshqalar. Maxsus otryad va brigadalar bir-biridan mashinalar tarkibiga ko’ra farq qiladi.
Yer ishlarini hajmi qurilayotgan yo‘l uzunligi bo‘yicha ko‘tarmaning balandligi va o‘ymaning chuqurligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi, tezlik (yoki sur’at), uzunlikka nisbatan birlikda o‘lchanmasdan, bir smenada bajariladigan yer ishlar hajmida belgilanadi. Bu smenali hajm deb ataladi.
Potokli tashkillashtirish jihatlari otryad va brigadalarning ichida ham saqlanib qoladi. Brigadalar yoki otryadlardan tuzilgan zvenolar, maxsuslashtirilgan hisoblanadi va har biri alohida texnologik jarayonlarni bajaradi. Zvenolarning ish unumdorligi muvofiqlashtiriladi, chunki (oxirgi pardozlovchi zvenodan tashqari) ular o‘zidan keyingisiga ish frontini tayyorlaydi. Ammo ish frontining unimdorligi otryad (brigada)ning ish jadalligiga teng bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda bu bo‘linma bir necha yo‘l bo‘laklarida maxsus otryadlardan keyin pardozlash ishlarini bajaradi. Texnologik xarita tarkibiga kiruvchi ishni tashkillashtirish chizmasi (oqim chizmasi) amalda yo‘l poyini qurish bo‘yicha xususiy oqimni tashkil qiladi.
Yer ishlarini tashkil qilishni patok usulida yo‘l poyini qurish bitta mexanizatsiyalashgan yer ishlari uchun bo‘lgan (ekskavator, skreper, buldozer) bo‘lim bilan olib boriladi. Bu mashinalarni ishini ayrim yoki guruh bo‘lib, yo‘lda yer ishlarini tasnifi va turiga qarab bajariladi.
Zveno, shuningdek, maxsus svenolar bilan kelishilgan holda, ish unumdorligiga ko’ra, kavlash, tashish, yotqizish va zichlash ishlari (har bir ob’yektda alohida) patok usulida olib boriladi.
Avtomobil yo‘llarini qurishni tashkillashtirishning umumiy yechimi va har bir qurilish jarayonini bajarishni tashkillashtirish ishni bajarish va qurilishni tashkillashtirish loyihasida keltiriladi.
Qurilishni tashkillashtirish loyihasi yo‘llar qurilishi va rekonstruksiyasi bo‘yicha umumiy loyihaning bir qismi hisoblanadi, uni loyiha tashkiloti loyihani boshqa bo‘limlari bilan birga ishlab chiqadi.
Ish loyihasini yo‘lni loyihalovchi tuzadi, loyiha qurilishni tashkillashtirish loyihasiga qo‘shimcha hisoblanadi, berilgan qurilishning umumiy jihatlariga asosan, har bir bo‘lakda aniq ish sharoitini hisobga olib, ishni tashkillashtirish ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish loyihasi qurilishni tashkillashtirish loyihasida qabul qilingan yechimlarni aniqlashtiradi, shuningdek, unda ko‘rilmagan yoki ahamiyat berilmagan masalalarni ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida – xususiy potoklar, otryadlar, brigadalar, zvenolar va ayrim mashinalar, ish texnologiyasini qayta ko‘rish va ishni tashkillashtirish ishlab chiqarish loyihasida katta o‘rin tutadi.
Loyihani ishlab chiqishda qurilish tumanida qo‘shimcha qidirish ishlari olib boriladi, xususan, grunt olish manbasini aniqlash uchun ularning holati, vaqtinchalik yo‘llarni ishlab chiqish sharoiti va uni o‘tkazish ko‘riladi.
Kerak bo‘lsa, qabul qilingan loyiha yechimiga o‘zgartirish kiritiladi. Ammo qurilishni tashkillashtirish loyihasining asosiy ko‘rsatmalari (qurilish muddati, qurilish ishining harakat yo‘nalishi, ishlab chiqarish korxonalarining joylashuvi, moddiy-texnik ta'minot tartibi va sharoiti) o‘zgarmasdan qoladi. Loyihani ishlab chiqishda aniqlangan zarur o‘zgartirishlar. Qurilishni tashkillashtirish loyihasini tuzgan va uni ma’qullagan loyiha tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |