Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida xizmatni o‘tashini o‘ziga xos xususiyatlari



Download 25,69 Kb.
bet11/11
Sana18.01.2022
Hajmi25,69 Kb.
#390594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
975-sonli Qarori YPX

8-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida xizmatni o‘tashini o‘ziga xos xususiyatlari

41. YPX xodimi o‘z xizmat vazifalarini maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan ekipirovkada oshkora usulda amalga oshiradi. Yo‘llarda xizmatni yashirin olib borish taqiqlanadi.

YPX xodimining maxsus audio va video qayd etish qurilmalari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

42. YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Yo‘l transport hodisalari, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi, avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida ham ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda mazkur holatlar yuzasidan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra YPX xodimining harakatlariga huquqiy baho beriladi.

YPX xodimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida rasmiylashtirilgan bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

43. Patrul avtomobilida (mototsiklida), shuningdek, boshqa transport vositalarida yo‘l harakati ustidan nazorat olib borish jarayonida haydovchi tomonidan qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, mazkur transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslamasi, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalaniladi.

Transport vositasini avtomobil yo‘llarining ko‘rish cheklangan qismlari, burilishdan oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti o‘tish joylari oldida, temir yo‘l kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda to‘xtatish taqiqlanadi, kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno.

44. YPX xodimi maxsus chiroq-mayoqchasi yoqilgan yoxud tovushli signallar berib harakatlanayotgan YPX patrul avtomobillari kuzatuvida bo‘lgan jamlanmani post yoki patrullik qilish yo‘nalishi hududidan xavfsiz va to‘siqsiz o‘tib ketishi choralarini ko‘rishi zarur.

45. Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli chiroq-mayoqchasi yoqilgan, tovushli signallar berib harakatlanayotgan transport vositalari ularning o‘g‘irlanganligi, olib qochilganligi yoki mast holda bo‘lgan shaxslar tomonidan boshqarayotganligi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lgan hollardagina to‘xtatilishi mumkin.

Maxsus va tezkor xizmatlarga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha, shuningdek, ushbu transport vositasi mast holda bo‘lgan haydovchi tomonidan boshqarilgan holat qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

46. YPX xodimi quyidagi hollarda huquqbuzarni yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda IIB deb ataladi) yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga olib borishi mumkin:

haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani sodir etilgan joyda tuzish imkoni bo‘lmasa;

transport vositalaridan foydalanish, harakat tartibi va xavfsizligini saqlash qoidalari buzilgan taqdirda, huquqbuzarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va u haqida zarur ma’lumotlar berish mumkin bo‘lgan guvohlar bo‘lmasa.

47. Huquqbuzar IIBga olib borilganda, YPX xodimi uning shaxsini aniqlash choralarini ko‘radi. Huquqbuzarning shaxsi aniqlanganda, unga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi. Huquqbuzar shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, uning sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha ikki nusxada bildirgi tayyorlab, bildirgining bir nusxasini IIB navbatchisiga, ikkinchi nusxasi esa IIB navbatchisi tomonidan tegishli belgi qo‘yilganidan so‘ng YPX xodimiga topshiriladi.

48. O‘zining shaxsiy xavfsizligi va harakat qatnashchilari xavfsizligini ta’minlash uchun ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida YPX xodimi quyidagilarga amal qilishi lozim:

patrul avtomobilida maxsus chiroq-mayoqcha va tovushli signallar muntazam yoqilgan holatda bo‘lishi;

aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda harakat tezligini tanlashi;

saf bo‘lim (bo‘linma) yoki IIB navbatchisiga o‘zining ketayotgan joyi, qayerdaligi va harakatning yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lum qilib turishi;

yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini hushyorlik va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari bo‘yicha xabardor qilib borishi;

ta’qib qilish va kuzatish jarayonida transport vositasining harakatlanishini cheklash choralarini ko‘rishi.

YPX xodimi ta’qib qilish yoki kuzatish vaqtida yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli harakatlar sodir etmasligi lozim.

49. YPX xodimi yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari harakatiga xavf tug‘diradigan katta hajmli va xavfli yuklarni tashish qoidalari buzilganligini aniqlaganda, saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘idan yoki navbatchidan tegishli ko‘rsatma olgunga qadar, ushbu transport vositasini yo‘lning qatnov qismidan chetlashtirish choralarini ko‘rishi lozim.

9-bob. Yakunlovchi qoida

50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 09/18/975/2259-son, 04.07.2019-y., 09/19/556/3377-son)
Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish