Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan transport vositasini to‘xtatish asoslari va tartibi



Download 25,69 Kb.
bet5/11
Sana18.01.2022
Hajmi25,69 Kb.
#390594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
975-sonli Qarori YPX

2-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimi tomonidan transport vositasini to‘xtatish asoslari va tartibi

6. YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi mumkin:

haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki yo‘lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish jarayonida;

transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus mo‘ljallangan transport vositalari bundan mustasno);

maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida;

transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun (maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar bundan mustasno).

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi taqiqlanadi.

7. YPX xodimlarining ishoralari yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z vaqtida berilishi lozim.

8. YPX xodimi tomonidan transport vositasi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda, faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda, YPX xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi.

9. Transport vositasi to‘xtatilganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi tasdiqlangan dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu joyning o‘zida tanishishi mumkin.

YPX xodimining dislokatsiyasi ushbu xodim xizmat olib borayotgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ida saqlanadi va haydovchining murojaatiga binoan o‘n besh kun ichida yozma ravishda ma’lumot beriladi.

10. Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish beriladi.

11. Yo‘l harakati qatnashchisi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati (keyingi o‘rinlarda MADX deb ataladi) — axborot-dispetcherlik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda ADX deb ataladi) telefon qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilish orqali ma’lumot olishi mumkin. Bunda YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchisining talabiga ko‘ra, MADX — ADXning telefon raqami haqida ma’lumot beradi.

Yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi, transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi, transport vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot beriladi. Maxsus tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek, maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar berilmaydi.

Yo‘l harakati qatnashchisi uni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.


Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish