Yo‘l harakati xavfsizligi to‘G‘risida


-modda. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana12.03.2022
Hajmi1,17 Mb.
#492241
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O‘RQ-348 10.04.2013

21-modda. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik 
shaxslarning xodimlarini o‘qitish, mazkur xodimlar malakasini oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatish va ularning bilimlarini tekshirish
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning 
xodimlarini yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘qitish, mazkur xodimlar malakasini 
oshirish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va ularning bilimlarini tekshirish ish beruvchi tomonidan o‘z 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha: ishga qabul qilishda 
(dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qo‘shimcha (navbatdan tashqari) yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlashi shart. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari 
bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom 
(ro‘yxat raqami 2582, 13.05.2014-y.). 
Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarning yo‘l 
harakati xavfsizligi xizmati xodimlari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan 


10 
tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini 
oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik 
shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy 
tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi 
nizom
 (ro‘yxat raqami 1626, 05.10.2006-y.). 
22-modda. Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega: 
ish beruvchidan harakat yo‘nalishi, tashiladigan yuk, o‘z hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan 
mavjud bo‘lgan tahdid to‘g‘risida, shuningdek tashishni amalga oshirish chog‘ida zararli va (yoki) 
xavfli omillar ta’siridan o‘zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot 
olish; 
belgilangan talablarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan 
ta’minlanish; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa 
yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning 
namunaviy me’yorlari 
(ro‘yxat raqami. 1511, 
08.09.2005-y.). 
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish; 
o‘z hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganda bevosita rahbarni yoki 
ish beruvchining boshqa vakilini bu haqda xabardor qilgan holda tashishni bajarishni rad etish; 
yo‘l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tish; 
mehnat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi; 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
185

187—189 moddalari
, O‘zbekiston 
Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuning 
33-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdqilangan “Xodimlarga ularning 
mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki 
salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash”
qoidalari 
va O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 18-sonli “Mehnat vazifalarini bajarishi 
munosabati bilan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga oid nizolar bo‘yicha sud 
amaliyoti haqida”gi 
qarori
.  
ish beruvchining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi huquqqa xilof qarorlari va 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 
(yangi tahriri)gi 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi 
kodeksi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
16-
moddasi



11 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish