Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma



Download 217,5 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2022
Hajmi217,5 Kb.
#674531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2240 05.07.2011 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
Jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bo‘yicha jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun o‘tgach jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar transport vositalarini ushlab turish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi va bu haqda DYHXX safdagi Yo‘l-patrul xizmati bo‘lim-bo‘linmalari shaxsiy tarkibi e’tiboriga yetkaziladi.
Transport vositasi ushlangan taqdirda faqat mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma tuziladi hamda jarima solish to‘g‘risidagi qaror ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar to‘xtash joyida ushlab turiladi. Dalolatnoma uch nusxada tuzilib, birinchi nusxasi transport vositasini to‘xtash joyida saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda qoldiriladi, ikkinchi nusxasi DYHXX xodimida qoladi, uchinchi nusxasi huquqbuzarga beriladi.
Transport vositasini olib chiqib ketishga faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs tomonidan ruxsat beriladi. Agarda ma’muriy ish bo‘yicha hujjatlar vakolati doirasida ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)ga yuborilgan taqdirda, vaqtinchalik ushlab turilgan transport vositasini qo‘yib yuborish ularning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan DYHXX xodimi mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada ruxsatnoma rasmiylashtiradi, imzolaydi va muhri bilan tasdiqlaydi hamda uning birinchi nusxasini huquqbuzarga beradi, ikkinchi nusxasini ma’muriy bayonnomaga (jarima solish to‘g‘risidagi qarorga) tikib qo‘yadi.
37. Huquqbuzar ishga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqishda advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimon xizmatidan foydalanishga, ish yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
38. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish mazkur ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxsning o‘zini tanishtirishdan boshlanadi.
Ishni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko‘rib chiqilishi lozimligini, ma’muriy javobgarlikka kim tortilayotganligini e’lon qiladi, ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, ma’muriy bayonnomani o‘qib eshittiradi. Ishni ko‘rib chiqishda qatnashayotgan shaxslar tinglanadi, dalillar o‘rganiladi va tushgan iltimoslar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
39. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida: ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini, huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni, mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini, uning ma’muriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini, javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar bor-yo‘qligini, mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, shuningdek ishni to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.
Bu holatlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari, jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risida tuzilgan bayonnoma, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.
Bunda Kodeksning tegishli moddalarida ma’muriy jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan va takroriyligi hisobga olinadigan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs huquqbuzarning avvalgi huquqbuzarliklarining takroriyligini aniqlashi shart.
Alkogoldan, giyohvand moddadan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda transport vositasini boshqarish, tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlash, svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishoralariga bo‘ysunmaslik, ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaslik, belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzish, transport vositalarini quvib o‘tish qoidasini buzish, transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, avariya holatini keltirib chiqarish, odam tashish qoidalarini buzish, transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanish yoki transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish, yuk tashish, shatakka olish qoidalarini buzish, transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishning topshirilishi qo‘pol huquqbuzarliklar hisoblanadi.
40. Agar huquqbuzar transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmaganligini ma’lum qilsa, uning haydovchilik guvohnomasi haqiqatdan bor-yo‘qligini aniqlash uchun mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq so‘rovnoma uning yashash joyidagi RIB (TRIB)larga yuboriladi.
Agarda huquqbuzar transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatining boshqa hududda olib qo‘yilganligini ma’lum qilsa, uning tushuntirish xati asosida o‘sha hududdagi RIB (TRIB)larga so‘rovnoma jo‘natiladi.
41. Agar huquqbuzar talonni belgilangan jarimani to‘lab qaytarib olish vaqtida haydovchilik guvohnomasini taqdim etmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq so‘rovnoma transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasida bor-yo‘qligi haqidagi ma’lumot olish uchun ham RIB (TRIB)larga yuboriladi. So‘rovnoma haydovchining iltimosiga ko‘ra uning o‘ziga berib yuborilishi ham mumkin.
So‘rovnomani olgan RIB (TRIB) xodimi hududiy IIB YHXB(G)ga yoki fuqaroga mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasidagi shakldagi ma’lumotnomani bir kun ichida rasmiylashtirib berishi shart.
42. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to‘g‘risida yoki Kodeksning Maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo‘llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelingan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishiga yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo‘llash kerakligiga bois bo‘lgan sabablar va asoslar bayon etiladi.
43. DYHXX mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’muriy jazoni tayinlaydi;
ishni yuritishni tugatadi.
44. DYHXX mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, shu ish yuzasidan mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shaklda qaror chiqaradi.
Qarorda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi, ish ko‘rib chiqilgan sana, ishi ko‘rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar, ishni ko‘rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni, Kodeksning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, ish yuzasidan qabul qilingan qaror.
Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo‘yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to‘g‘risidagi masala ham hal etilgan bo‘lishi lozim.
45. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim:
ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa;
huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmagan bo‘lsa;
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs aqli noraso bo‘lsa;
huquqbuzarlik zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida sodir etilgan bo‘lsa;
shaxs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilgan bo‘lsa;
amnistiya akti chiqishi, agar u ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishni bekor qilsa;
ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa;
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytiga kelib Kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketgan bo‘lsa;
ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs xususida shu fakt yuzasidan ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risidagi vakolatli organ (mansabdor shaxs) qaror chiqargan bo‘lsa yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni tugatish to‘g‘risida chiqarilgan qaror bekor qilinmagan bo‘lsa, shuningdek mazkur fakt yuzasidan jinoyat to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
shaxs ishi yuritila boshlagan paytda vafot etgan bo‘lsa.
451. Quyidagi hollarda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb hisoblanadi:
tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan Qoidalarga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto va video qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilganda.
Qoidabuzarlik mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda sodir etilganligi fakti tegishli hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi tomonidan aniqlanadi. Shuningdek, mazkur holatda sodir etilgan qoidabuzarlik yuzasidan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yoki SMS-xabar yuborilgan taqdirda, transport vositasi haydovchisi ushbu qaror chiqarilgan kundan boshlab oltmish kundan kechiktirmay qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasini yozma yoki og‘zaki shaklda xabardor etishi lozim.
46. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi.
47. Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek o‘zining iltimosiga ko‘ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi. Qarorning nusxasi olinganligi haqida huquqbuzar yoki jabrlanuvchi imzo chekishi kerak.
Ayni vaqtda qaror ustidan shikoyat berish va uni bajarish tartibi tushuntiriladi.
Agar ishni ko‘rib chiqishda huquqbuzar qatnashmagan bo‘lsa, qarorning nusxasi uch kun ichida unga yuborilib, bu haqda ma’muriy bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
48. Kodeksning 131, 140-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.
49. Yo‘l harakati qoidalarining temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish bandining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’muriy hujjatlar bo‘yicha jazo choralari Kodeksning 130-moddasi asosida qo‘llaniladi.
Shuningdek, temir yo‘l kesishmasi oldida 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” yo‘l belgisi talabini bajarmaslik ham Kodeksning 130-moddasi bo‘yicha ma’muriy choralarining qo‘llanilishiga olib keladi.
50. Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga tovush chiqaruvchi yoki yorituvchi maxsus qurilma yoxud davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan ashyolar ilova qilinadi. Ushbu qurilmalar guvohlar ishtirokida yechib olinib, dalolatnoma tuziladi.
51. Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarlik uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi to‘xtatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
52. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida va faqat xizmat burchlarini bajarib turgan paytlardagina qonunlarda nazarda tutilgan ma’muriy jazolarni qo‘llashlari mumkin.
53. Bitta shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, har bir huquqbuzarlik bo‘yicha alohida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan taqdirda ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi.
Agarda shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida aynan bir mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.
54. Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar Qoidalarni buzganliklari uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.
55. Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351, 138, 139, 140, 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun ular xizmat qilayotgan joydagi harbiy avtomobil nazoratiga yuboriladi.
56. Prokuratura xodimlari hamda sudyalar tomonidan Qoidalar buzilgan taqdirda ularga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy hujjatlar chora ko‘rish uchun prokuratura va sudning yuqori turuvchi organlariga yuboriladi.
57. Kodeksning 313-moddasiga muvofiq ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxs ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda, tashkilotlar rahbarlariga ana shu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritishi lozim.

Download 217,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish