Yog`och materiallar haqida ma’lumot reja



Download 27,13 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi27,13 Kb.
#737187
Bog'liq
YOG`OCH MATERIALLAR HAQIDA MA’LUMOT


YOG`OCH MATERIALLAR HAQIDA MA’LUMOT
Reja:

  1. Yog`och materiallar haqida ma’lumot

  2. Yog`och materiallarning turlari

  3. Yog`och materiallarning xossalari

Yog’och kimyoviy xom ashyo bo’lib, u o’simlikni yashash davrida doimiy ravishda hosil bo’lib turadi. Yog’ochning hosil bo’lishida atmosferadagi uglerod kislota va quyosh nuri xom ashyo hisoblanadi. SHuning uchun hayot bor ekan, o’simliklar tsellyuloza, lignin va gemitsellyulozani hosil qilaveradi. Ko’p yillardan beri yog’och, toshko’mir, neftь va boshqa xom ashyolar yer yuzidagi energyaining asosiy manbai hisoblangan. Xattoki 100 yil oldin ham energiyaning manbai yog’och hisoblanib, u zavodlarda, paravoz va kemalarda, uy-joylarni isitishda qo’llanilgan. Hozirgi kunda esa yog’och o’z o’rnini toshko’mir, neftь va gazga bergan, bunga sabab turli xom-ashyolarni yoqilg’i sifatida ishlatishda har xil miqdorda mablag sarflanadi. [ ]

Daraxtni kurilish materiali sifatida ishlatish hozirgi kungacha o’z salohiyatini yo’qotgani yo’q. Taxminan tayyorlanadigan yog’ochning 75 % i taxta va kurilishda ishlatilinadigan boshqa materiallar (standartdagi uylar, kema, vagon, mebelь va gugurt) sifatida qo’llaniladi. Yog’ochning ko’zlangan maqsadda qo’llanilmaydigan qismidan o’tin tayyorlanadi. Yog’ochni tayyor mahsulot holatga kelturgunga qadar chiqindilar (xoda, qipiq, payraxa va tarasha) miqdori ham ortib boradi. Har xil chiqindilardan foydalanish yog’ochni kimyoviy qayta ishlash soxasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Lekin shuni aytish joizki, xatto kimyoviy qayta ishlanganda ham qo’shimcha mahsulotlar ajralib chiqadi. Yog’ochni kimyoviy qayta ishlashning asosiy usuli bu- sulьfat va sulьfit usullar yordamida tsellyuloza olishdir. Qolgan usullar ikkinchi darajali hisoblanadi. Kimyoviy usuldan tashqari mexanik usul bilan yog’ochdan yarim tsellyuloza, yog’och massasi, qalin qog’oz va boshqa tolali materiallar olinadi. Yarim tsellyuloza va yog’och massasi tarkibida tsellyulozaga nisbatan ko’p miqdorda lignin bo’lib, ulardan asosan gazeta qog’ozi olishda foydalaniladi.

Sanoatda yog’ochni boshqa turli polimerlar bilan kombinatsiyasi katta ahamitga ega. Bunday kompozitsiyalarni ishlab chiqarish uchun mexanik yo’l bilan yog’och maydalaniladi va fenolformalьdegid, mochevina formalьdegid yoki melamin formalьdegidli polimerga shimdiriladi va presslanadi. Yuqori harorat va bosim ta’sirida yog’och maydalari smola bilan yelimlanib, plitalar hosil qilinadi. Bu plitalar mebel-jihoz tayyorlashda ishlatiliadi. Plitaning mustahkamligini va mexanik xossalarini yog’och ta’minlaydi. Agar kayin yoki boshqa navdagi daraxt po’stlog’i smola bilan shimdirilib, ularning bir kancha qatlami presslansa yog’och qatlamli plastinkalar (DSP-derevesno-smolistыe plastinki) hosil bo’ladi. Plitalar tarkibida 8-10% smola bo’lsa, DSP da bu miqdor 25 % gacha bo’lishi mumkin. DSP dan kuvurlar, nasos korpuslari, qayiq, standart tipda kuriladigan uyning qismlari, rangli metall yoki kimmatbaho yog’ochdan tayyorlanadigan podshipniklarni tayyorlashda foydalaniladi. Agar daraxt po’stloqlari smola bilan shimdirilmay, balki faqatgina po’stloqga smola surtilsa, u holda faner hosil bo’ladi. Ayrim hollarda po’stloq qatlami orasiga fenolformaldegidga shimdirilgan qog’oz qo’yiladi va so’ngra presslanadi. Bunda chirimaydigan va suv o’tkazmaydigan yuqori sifatli faner olish mumkin. Agar daraxt po’stlog’i kukun holatgacha maydalanib, keyin fenolformaldegid smola bilan shimdirilsa yog’ochli plastinkalar hosil bo’ladi (DP-derevestnыy plastik). Uning tarkibida smola 30% gacha bo’lishi mumkin. DPdan mashina va avtoqurilishda turli mashina detallarini tayyorlashda (shesterna, podshipnik, tsapfa va boshqalar) foydalaniladi. Oddiy fenolformaldegidli presslovchi kukunlarni ham DP lar turkumiga kiritish mumkin, chunki u tarkibida 40-50% yog’och kukunidan tarkib topgan. Bu kukunlarni elektrotexnik, telefon, radio, televizor va boshqa zichlovchi mahsulotlar tayrlashdagi roli juda ahamiyatlidir.

Istalgan daraxtga qarab, uni uchta asosiy qismdan iboratligini ko’rish mumkin: novda, tana va ildiz. Shox-shabba, barg, igna tutgan novdalarning vazifasi o’sayotgan daraxtni oziqlantirishdan iboratdir. Keng masofada tarqalgan shox-shabbalarda katta yuzaga ega bo’lgan barg va ignachalar o’sadi va ular kuyosh nuri ta’sirida nurlanadi. Barg va ignalar havo tarkibidagi oz miqdordagi uglekislotani yutib, uni daraxt rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddaga aylantirish xossasiga ega.

Daraxt tanasining vazifasi tuproqdan suv va uning tarkibidagi mineral hamda organiq moddalarni barglarga uzatishdan iborat. Suv bilan birga tuproqdagi uglekislota erigan holatda bargga uzatiladi. Erigan uglekislota va havodan yutilayotgan uglekislota yordamida daraxtning organiq moddalari hosil bo’ladi. Barglarda ishlab chiqariladigan organiq ozuqa moddalar daraxtga va qisman ildizga oqib tushadi. SHunday qilib daraxt tanasi ildiz va shox-shabbalarni boglab turuvchi va ozuqa moddalarni almashinish funktsiyasini bajaruvchisi zveno hisoblanadi. Barg va tana orasidagi ozuqa moddalarni almashinishida shox-shabbalar xizmat qiladi. Daraxt tanasi shoxlarni vertikal holatda ushlab turuvchi mexanik funktsiyani ham bajaradi. Barg va butalardan tarkib topgan shoxlarning keng yuzasi kuchli shamol vaqtida tanani katta mexanik kuchlanish ta’sirida egilishga majbur etadi, shuning uchun daraxt haddan ziyod mustahkam bo’lishi kerak. Tana shuningdek daraxtning yashash davrida sarflaydigan ozuqa moddalarni saqlash uchun ham xizmat qiladi.

Ildiz daraxtni vertikal holatda ushlab turadi va uni tuproqdagi namlik va erigan moddalar bilan to’yintiradi. Turli daraxtlarda organiq moddalarning uchrashi quyidagi jadvalda keltirilgan.

1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, daraxt tanasi organiq moddalarni xatto 90% gacha tutishi mumkin ekan. Yog’och tayyorlashning asosiy vazifasi bu xalq xo’jaligi uchun mahsulot yetkazishdir. Bu maqsad uchun daraxt tanasidan foydalaniladi, ildiz va shox-shabbalar o’rmonda chiqindi sifatida qoldiriladi. Bu holatda tashlab kelingan chiqindilar kimyo sanoati uchun yog’ochning asosiy manbai hisoblanadi.

Yog’och kimyoviy zavodlarda qayta ishlanilishi lozim bo’lgan xom ashyo hisoblanganligi uchun tana tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan moddalarni ko’rib chiqamiz.


  • Yog’ochni o’rganishda avvalambor uni tana markaziga nisbatan uch yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:


  • ko’ndalang –tana o’qiga nisbatan ko’ndalang ketgan;


  • radial (shu’lasimon, radius shaklida ketadigan) markazdan o’tuvchi va daraxtni uni diametri bo’yicha kesib o’tuvchi yo’nalish;


tangentsial – tana bo’yicha o’tadigan kesim teksligi

Jadval 1

Organik moddalarning daraxt qismlarida taksimlanishi

(umumiy hajmga nisbatan)

Daraxt turi


Tana

Ildiz

SHox

Eman (dub)

50-65

15-20

10-20

Zarang daraxti (klen)

65-75

15-20

10-20

Tilogoch (listvennitsa)

77-82

12-15

6-8

Tog terak (osina)

80-90

5-10

5-10

Qaragay (sosna)

65-77

15-25

8-10

SHumtol daraxti (yasenь)

55-70

15-25

15-20

Korakayin (buk)

55-70

20-25

10-20

Kayin (bereze)

78-90

5-12

5-10




Yog’ochni ko’ndalang kesganda uni tuzilishini ko’rish mumkin. Daraxt tanasining markazida mexanik mustahkam bo’lmagan, g’ovak to’qima-yurak qismi joylashgan. Yurak qismning dimetri 1-5 mm ni tashkil etadi. Draxtning umumiy hajmiga nisbatan yurak qismi juda kam joyni egallaydi va u kimyoviy ishlab chiqarishda ahamiyatga ega emas. Daraxt tanasining asosiy qismi yog’ochdir. Agar yog’och ko’ndalang kesimi bo’yicha bir xil harakterga ega bo’lsa, u zabolonli (po’stloqostli) deyiladi. Lekin daraxtning ba’zi navlarida ko’ndalang kesim bo’yicha yog’och rangi o’zgarib boradi, ya’ni yangi qatlam ochrok rangda va uning kari qismi markazga borgan sari tuk rangda bo’ladi. Yog’ochning nisbatan tuk rangli qismi yadro, ochroq ranglisi zabolonь deyiladi. Yadro qismiga ega bo’lgan daraxtlar yadroli deyiladi. Ularga tilogoch, qaragay, kayragoch terak, olma, tol misol bo’ladi. Kayin, togterak, korakayin, archa va boshqalar yadrosiz yoki zabolonli daraxtlar deyiladi. O’z xossalar bo’yicha yadroli yog’och yadrosiz yog’ochga nisbatan bir muncha farq qiladi. Yadrosiz yog’ochning og’irligi yadorli yog’ochnikiga nisbatan past.
Download 27,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish