80
Nazorat organlari amalga oshirgan tekshirish natijasida bank kredit
portfelining sifati va bank kredit riskining miqdori tasdiqlan-mog‘i
kerak. Bu miqdor (zaxira) yetarli bo‘lmasa, ular uni tashkil etish
manbalarini ko‘rib chiqib, tijorat bankiga tegishli tavsiyalar beradi.
Kredit riski kredit berish chog‘ida bank bergan har bir qarz bo‘yicha
va har bir hisobot bo‘yicha baholanadi.
[61]. Kredit deganda pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni keli-
shilgan ustama (foiz) to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum mud-
datga qarz berish tushuniladi.
Qarzga mablag‘ (kredit) beruvchi tomon kreditor (davlat, korxona,
bank, xususiy shaxs va b.), ssuda (qarz) oluvchi tomon esa debitor
(qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd
etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Kreditlar muddati bo‘yicha ikki xil bo‘ladi:
– qisqa muddatli (1-yilgacha, ayrim hollarda 2-yilgacha);
– uzoq muddatli.
Do'stlaringiz bilan baham: