291
b) opsion shartnomalari kiradi;
c) svop shartnomalari kiradi;
d) forvard shartnomalari kiradi.
4.9. Nazorat uchun savollar
1. Passiv operatsiyalar deganda nimani tushunasiz?
2. Depozit nima?
3. Depozitlarning qanday turlarini bilasiz?
4. Depozit sertifikati, depozit banki, depozit indossamenti, depozit
muassasasi va depozit multiplikatori to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
5. Depozitariy nima?
6. Eng arzon va eng qimmat depozitlarni qanday farqlash mumkin?
7. Depozitlarni baholashning qanday usullarini bilasiz?
8. Yirik hajmdagi depozit sertifikati (DS) to‘g‘risida nimalar deya
olasiz? Uning afzalligi va kamchiligi nimada?
9. Nodepozitlar nima va ularning bank resurslarini tashkil qilishdagi
roli qanday?
10. Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyatni olib borishdan
maqsad nima?
11. Investitsion iqlim deganda nimani tushunasiz?
12. Bankning investitsion funksiyalari nimalardan iborat?
13. Bank investitsion funksiyalarini bajarishda qanday vositalardan
foydalanadi?
14. G‘azna veksellari, majburiyatlar va obligatsiyalar investitsiya
funksiyasini bajarishda qanday o‘rin tutadi?
15. Sertifikatlar investitsiya funksiyasini bajara oladimi?
16. Bank aksepti nima? Investitsiya funksiyasini bajarishda
akseptning afzallik va kamchiliklari nimada?
17. Kapital bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalar
pul bozorida qo‘llaniladigan majburiyat va obligatsiyalardan qaysi
afzalliklari va kamchiliklari bilan farq qiladi?
18. Qaysi turdagi qimmatli qog‘ozlar vositasida bank investitsiya
funksiyasini bajarishni xush ko‘radi?
19. Investitsiya vositalarini tanlash jarayoniga qaysi omillar ta’sir
ko‘rsatadi?
20. Investitsiya portfelini diversifikatsiyalashdan maqsad nima?
21. Komission operatsiyalar deganda nimani tushunasiz va ularning
qanday turlarini bilasiz?
292
22. O‘z mijozlarining kapitalini boshqarishning qanday turlari
mavjud?
23. Trast bitimlari nima va ular qanday xususiyatlarga ega?
24. Lizing nima? Uning subyektlari kimlar hisoblanadi?
25. Lizing subyektlari nimalarga javobgardirlar?
26. Lizing xizmatida kimlar vositachi rolini bajarishlari mumkin?
27. Nimalar lizing obyekti bo‘la oladi?
28. Lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi kim tomonida bo‘ladi?
29. Lizing obyekti bilan bog‘liq qanday xavflarni bilasiz? Ular
sug‘urtalanadimi?
30. Lizing beruvchi qanday huquq va majburiyatlarga ega?
31. Lizing oluvchi va sotuvchi qanday huquq va majburiyatlarga
ega?
32. Lizingning qanday turlarini bilasiz?
33. Lizing shartnomasi nima? Nimalar uning muhim shartlari
hisoblanadi?
34. Lizingning kreditdan yoki prokatdan farqi nimada?
35. Mulkni lizingga berish lizing sotuvchi uchun qanday
afzalliklarni beradi?
36. Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga qanday strategik
masalalarni hal qilishga imkon beradi?
37. Lizing operatsiyalari lizing oluvchiga qanday afzalliklar beradi?
38. Xorijiy davlatlarda lizing munosabatlarining o‘ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
39. Mamlakatimizda qanday lizing kompaniyalari mavjud?
40. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qanday operatsiyalar
bajaradi?
41. Tijorat banklari o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarini qay tartibda
chiqaradi?
42. Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalarni amalga
oshirishlariga doir qanday cheklovlarni bilasiz?
43. Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni
amalga oshirilishiga doir qanday talablar qo‘yiladi?
44. Xalqaro operatsiyalar deganda nimani tushunasiz?
45. Valuta operatsiyalarini bajarish zarurati nimada?
46. Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida qanday
turdagi hisob shakllari qo‘llaniladi?
47. Bank cheki va bank vekseli to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
293
48. Hujjatli akkreditiv bilan hujjatli inkasso hisob-kitoblar qaysi
jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
49. Valuta kotirovkasi va valuta kursi deganda nimani tushunasiz?
50. Kross-kurs nima? U qanday aniqlanadi?
51. Valuta kursini barqarorlashtirishda davlat ham qatnashadimi?
52. Valuta konvertatsiyasi nima uchun zarur?
53. Valuta bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi kurslar haqida
nimalar deya olasiz?
54. Valuta operatsiyalari jarayonida qanday turdagi shartnomalar
tuziladi?
55. Valuta arbitraji nima maqsadda o‘tkaziladi?
56. Banklarning valutaviy holati deganda nimani tushunasiz?