[134]. Xazina veksellari – davlatning xazina majburiyatlari bo‘lib,
3, 6 va 12 oylik to‘lov muddatlari bilan chiqariladi. Ularni tezda sotish
mumkin. Xazina veksellaridan qayta sotib olish sharti bilan kredit olish
uchun garov sifatida ham foydalanish mumkin. Ular nominal qiymatiga
nisbatan diskont bilan kafolatlangan foiz stavkasiz muomalada bo‘ladi
va investor vekselni hisobdan chiqarish vaqti kelganda uning narxi
oshishi hisobiga daromad oladi.
Xazina majburiyatlari va obligatsiyalari esa xazina veksellaridan
farq qilib, uzoq muddat davomida, ya’ni bir yildan o‘n yilgacha
muddatda muomalada bo‘ladilar. Bu qimmatli qog‘ozlarni hisobdan
chiqarish muddatiga bir yil qolganda ulardan moliya bozorining vositasi
sifatida foydalanish ham mumkin. Ularning foiz riskiga bo‘lgan
sezuvchanligi yuqori bo‘lib, o‘zlari sust likvid bo‘lishiga qaramasdan
xazina veksellariga qaraganda yuqori daromadli bo‘ladi. Bu qimmatli
qog‘ozlar kuponli vositalar hisoblanadi, qimmatli qog‘ozlar bozor
narxining o‘zgarib turishiga qaramasdan investor mo‘ljallagan
daromadni oladi. Bu kuponlar bo‘yicha har yarim yilda foiz to‘lovlari
to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |