223
uchun yo‘naltirilishi mumkin emas. Bank aktivlarining katta qismi
nolikviddir, ya’ni bank naqd pulga muhtoj bo‘lganda bank aktivlarini
tezda sotish imkoniyati doimo bo‘lavermaydi. Bundan tashqari, kreditlar
o‘z vaqtida va to‘liq qaytmaslik ehtimoli mavjud bo‘lganligi tufayli ular
yuqori xatarli aktivlar qatoriga kiradi.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, banklar o‘zlarining aktivlar
portfelining ko‘p qismini daromadli aktivlar turi bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlarga yo‘naltiradi. Qimmatli qog‘ozlarga veksellar, davlatning
qisqa muddatli obligatsiyalari va aksiyalar kiradi. Qimmatli qog‘ozlarga
yo‘naltirilgan investitsiyalar:
bank daromadining barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni bankning
kreditlar bo‘yicha daromadi pasayganda qimmatli qog‘ozlardan olgan
daromadi oshishi mumkin;
bankning kredit portfeli bo‘yicha yo‘qotish xavfini yumshatadi,
ya’ni yuqori sifatli qimmatli qog‘ozlar bankning kredit bo‘yicha xatar
darajasini pasaytirish maqsadida sotib olinib, saqlanishi mumkin;
moliyaviy xatarni kamaytirish maqsadida turli hududlar va
tarmoqlarga tegishli qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni
yo‘naltirishga imkon tug‘diradi, ya’ni bank qo‘shimcha mablag‘larga
muhtoj bo‘lganda qimmatli qog‘ozlarni sotib, kerakli pul mablag‘lari
bilan ta’minlanishi yoki qarzga pul olayotganida garov sifatida
foydalanishi mumkin;
likvidlikni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi;
bankka solinadigan soliq miqdorini kamaytirish imkonini beradi,
ya’ni bu bilan bank soliq to‘lovlarini qimmatli qog‘ozlar hisobiga
kamaytirishi mumkin;
bankda saqlanayotgan davlat va hukumat depozitlarini
ta’minlovchi garov sifatida foydalanish imkonini beradi;
bozordagi foiz stavkalarining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan bankni sug‘urtalash imkoni tug‘iladi;
bankning aktivlar portfeli va uning egiluvchanligini ta’minlash
imkoniyati bo‘ladi, chunki bunda bank o‘z aktivlari tuzilmasini joriy
bozor talablariga muvofiq o‘zgartirish uchun investitsiyaga
mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni boshqa kreditlarga qaraganda tezda
sotishi yoki sotib olishi mumkin;
bankda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqori sifatliligi
tufayli bank balansi moliyaviy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini
ta’minlaydi.
224
[133]. Investitsion funksiyalarni bajarishda quyidagilar asosiy vosita
hisoblanadi:
xazina veksellari;
qisqa muddatli xazina majburiyatlari va obligatsiyalari;
depozit sertifikati;
davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari;
yevrodollarli depozit sertifikatlar;
bank akseptlari;
korporativ veksellar va obligatsiyalar;
garov bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar;
hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – fyuchers, opsion, varrant va
boshqa qimmatli qog‘ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: