Nobank kredit tashkilotlari (asosiy muassasalar)
t/r
Nobank kredit
tashkilotlari
Mashg‘uloti
1.
Ipoteka
kompaniyalari
tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki ya-
shash uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa mud-
datli kredit berish bilan shug‘ullanadilar
2.
Faktoring
kompaniyalar
vaqtinchalik moliyalashni ta’minlash maqsadida
(asosan debitorlar schyotidan) korxonalardan qisqa
muddatli aktivlarni sotib oladilar
3.
Trast
kompaniyalar
korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydi-
gan tashkilotlar mulklarini boshqaradi va ularni hi-
moya qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xusu-
siy investorlarga joylashtiradilar
4.
Ma’lumotlarni
qayta ishlash
kompaniyalari
ma’lumotlarni kompyuterda ishlab, ularni uzatish
bilan shug‘ullanishadi
5.
Sug‘urta
kompaniyalari
sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz
hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Shu
bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni
beradilar
6.
Qimmatli qog‘ozlar
savdosi bilan
shug‘ullanuvchi
brokerlik firmalari
opsion shartnomalari, valutali moliyaviy fyuchers-
lar, muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi
bo‘yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar
7.
Moliyaviy masala-
lar bo‘yicha masla-
hat beruvchi firma-
lar
aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo‘-
yicha mijozlarga maslahat beradilar
8.
Qimmatli
qog‘ozlarni tarqat-
ish bilan
shug‘ullanuvchi
firmalar
davlat va munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar ak-
siyalarini, qimmatli qog‘ozlarni, korporatsiyalarning
qarz majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’min-
langan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek,
yuqorida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni inves-
torlarga takroriy sotishni taklif qiladilar
9.
Moliyaviy
kompaniyalar
korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq
muddatli kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘-
ullanadilar
9
10.
Kredit
kartochkalari bilan
shug‘ullanuvchi
kompaniyalar
chakana savdo korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va
xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan
shug‘ullanadilar
11.
Lizing
kompaniyalari
aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxonalarga, xusu-
siy shaxslarga ularni ijaraga beradi
12.
Sug‘urta
agentliklari
kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘l-
gan sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis bro-
kerlik va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar
13.
Ko‘chmas mulk
operatsiyalari bilan
bog‘liq xizmatlarni
bajaruvchi firmalar
ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq
bo‘lgan tijorat loyihalarini moliyalashtirish bilan shu-
g‘ullanadilar
14. Lombardlar Qimmatbaho buyumlar garoviga kredit beradilar
15. Kredit uyushmalari
Omonatlar qabul qiladi va kredit ajratadi
16.
Mikrokredit
tashkilotlari
Mikrokeditlar ajratadi
17.
Omonat, ssuda
berish bilan
shug‘ullanuvchi
assotsiatsiyalar
asosan xususiy shaxslar va oilalarga omonat depozit-
larga jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek,
uy-joy qurish uchun kredit taklif qiladilar
80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng
faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari
bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi.
[4]. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivoj-
lanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soldi. O‘rta asrlarda
banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat
shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik
puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘-
ragan subyektlarga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul al-
mashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan.
Dastlab, jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587-yilda)
Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular
turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixti-
soslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda
(1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga
kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan.
Ular asosan o‘z mijozlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni naqd pulsiz amal-
ga oshirishgan.
Tarixda birinchi yirik bank 1694-yilda Angliyada tashkil etilib, unga
10
davlat nomidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiya-
dor-emission bank hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot,
xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakat-
larda ham tashkil qilina boshlanadi.
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabat-
larining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivoj-
lanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnat-
ni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun
haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishini yuzaga keltiradi.
Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar
bajara boshladi.
Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali
ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi.
XX asrning boshlarida yirik Yevropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p
filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq
faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro
pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro
banklarni kiritish mumkin:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki;
Xalqaro valuta fondi;
Xalqaro Moliya korporatsiyasi;
Xalqaro hisob-kitoblar banki;
Yevropa investitsiya banki va boshqalar.
Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli
bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida
olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘balari
sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Eng yuqori darajada rivojlangan bank tizimidan biri Germaniyada
shakllangan (1-chizma).
[5]. Ma’lumki, mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston hudu-
didagi bank muassasalari sobiq Ittifoq bank tizimining tarkibiy qismiga
kirar edi. Ular «Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘r-
sata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklardan tashkil topgan edi (2-
chizma).
11
Do'stlaringiz bilan baham: |