35-chizma. Bank hisobvarag‘i turlari.
Asosiy hisobvaraq hisob-kitob hisobvarag‘i bo‘lib, u tijorat
tashkilotlariga to‘lovlarni to‘lash, kreditlar olish, tushumlarni kiritish va
bank hisobvarag‘i shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish uchun ochiladi. Hisob-kitob varaqlari ko‘pgina tijorat
tashkilotlariga (fondlar, ko‘ngilli birlashmalar, matlubot kooperatsiya-
lari nafaqat mulk egasi, balki boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiri-
ladigan muayyan turdagi muassasalarga) ochiladi. Hisob-kitob varaqlari
yuridik shaxs ariza iltimosnomasi bilan uning filiali va vakolatxonasiga
ham ochilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |