6.2. Pul oqimi va uning kreditga layoqatlilikni
baholashdagi roli
[230]. Pul oqimi – mijozning o‘z xarajatlarini qoplash va qarzlarini
o‘z resurslari hisobidan to‘lash qobiliyatini ifodalovchi o‘lchamdir.
Boshqacha qilib aytganda, pul oqimi mijozning kreditga layoqatliligini
baholashda qo‘llaniladigan usullardan biridir. Uni qo‘llash mijozning
joriy davrdagi aylanma mablag‘larini tavsiflovchi haqiqiy
ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Aynan shu jihati bilan pul oqimi tahlili
hisobotdagi qoldiq ko‘rsatkichlarga asoslanib aniqlangan moliyaviy
ko‘rsatkichlar tizimi tahlilidan tubdan farq qiladi.
Umuman pul oqimi tahlili (mijoz so‘ragan muddat davrida) pul
oqimidagi chiqim va kirimni taqqoslashga asoslanadi. Masalan, agar
qarz bir yilga beriladigan bo‘lsa, u holda pul oqimi tahlili ham shu bir
yil doirasida bo‘ladi, kvartal doirasida bo‘lsa 90 kun va h.k.
Pul oqimidagi kirim qismiga quyidagilar kiradi:
mazkur davr ichida olingan foyda;
mazkur davr uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari;
bo‘shagan mablag‘ – jami,
sh.j:
a) jamg‘armalardan;
b) debitorlik qarzlardan;
d) asosiy fondlardan;
d) turli aktivlardan;
kreditorlik qarzlarining ko‘payishi;
turli passivlarning o‘sishi;
aksionerlik kapitalining ko‘payishi;
yangi ssudalar olish.
Pul oqimidagi chiqim qismiga quyidagilarni qayd qilish mumkin:
Barcha to‘lovlar, jami:
sh.j:
a) soliqlar;
b) foizlar;
c) dividendlar;
d) jarima va penyalar.
365
Qo‘shimcha qo‘yilgan mablag‘lar, jami,
sh.j:
a) jamg‘armalar;
b) debitorlik qarzlar;
c) turli aktivlar;
d) asosiy fondlar;
kreditorlik qarzlarning kamayishi;
turli passivlarning kamayishi;
aksionerlik kapitalining chiqimi;
ssudalarni uzish (to‘lash).
Kirim va chiqim o‘rtasidagi tafovut umumiy pul oqimi summasini
ko‘rsatadi, ya’ni:
Umumiy pul
oqimi summasi
= Mablag‘lar
kirimi -
Mablag‘lar
chiqimi
jamg‘armalar, debitorlar va turli aktivlar qoldiqlarining o‘sishi
mablag‘larning chiqimini ifodalaydi. Natijada «–» ishorasida kelib
chiqadi. Ularning kamayishi esa mablag‘larning kirimini ifodalab «+»
ishorasida bo‘ladi. Kreditorlar va turli passivlarning o‘sishi
mablag‘larning kirimini («+»), kamayishi esa - chiqim («–») ni
ifodalaydi.
Asosiy fondlarning o‘zgarishiga qarab kirim va chiqimni aniqlash
tartibi o‘ziga xos bo‘lishi mumkin. Xususan, hisoblashda nafaqat
ularning mazkur davr ichida o‘zgarishi, shuningdek, shu davr ichida
ularning sotilgan qismi ham inobatga olinadi. Ya’ni:
Asosiy fond-
larning o‘zgari-
shiga qarab
mablag‘larning
kirimi (chiqimi)
=
+
Davr
davomida
asosiy fondlar
realizatsiyasi
natijasi
Do'stlaringiz bilan baham: |