ruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Boshqaruv samaradorligi quyi-
157
aktiv va passiv operatsiyalarni boshqarishning ishlab chiqilgan
mavjud mexanizmi;
mas’ul qarorlarni qabul qilish imkoniyatlari va h.k.
Imij, ya’ni nufuzning yuqori bo‘lishi
mazkur bankka boshqa bank-
larga nisbatan o‘z faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni oson va zudlik
bilan bartaraf etishga, bo‘sh mablag‘larni jalb qilishga, depozitlar barqa-
rorligini ta’minlashga imkon yaratadi.
[101]. Bank likvidliligini boshqarish deganda
likvidlik darajasini
hamda bank faoliyatining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlash
borasidagi siyosat tushuniladi. Bu siyosat likvidlikni boshqarish bo‘yi-
cha asosiy holatlarni qamrab oladi hamda bankning turli xil moliyaviy
vositalarni qo‘llashga nisbatan munosabatini, masalan, turli moliyaviy
vositalardan foydalanishni aniq ifoda etadi.
Likvidlikni boshqarish siyosati bank boshqaruvi tomonidan ishlab
chiqiladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda likvidlikni
boshqarish bo‘yicha qarorlar bank Kengashida muntazam ravishda ko‘-
rib boriladi. Har bir bankda resurslarni boshqarish qo‘mitasi tuziladi
hamda unga likvidlikni samarali boshqarishni ta’minlash maqsadida
bank turli bo‘linmalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish majburiyati yuk-
latiladi. Qo‘mita tarkibiga bankning asosiy tarkibiy bo‘linmalari rah-
barlari kiradi. Unga bank Boshqaruvi raisi rahbarlik qiladi.
Resurslarni boshqarish qo‘mitasi haftasiga kamida bir marta biznes
reja va bank faoliyatining iqtisodiy sharoitiga asoslanib resurslarga
bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni ko‘rib chiqish uchun yig‘iladi.
Qo‘mita qarorlari bank bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan tezkor va strategik tavsiyanomalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Likvidlikni samarali boshqarish quyidagi omillar ta’sirida ta’min-
lanadi:
Bank likvidligini boshqarishni yo‘lga qo‘yishda
quyidagi omillarni
bank va uning atrofidagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
oluvchi, aniq ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyo-
satining mavjudligi;
bankning turli bo‘linmalarining muvofiqlashtirilganligi;
bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan bo‘linmaning
mavjudligi;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va passiv
holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi.
158
tahlil qilgan holda qarorlar qabul qilishi kerak:
joriy likvidlik holati;
resurslarga bo‘lgan talabning davriy o‘zgarib turishi;
resurslarga bo‘lgan talablarning mo‘ljallanayotgan o‘zgarishlari;
resurslar manbalari. Rahbariyat banklararo bozorda aktivlarni
sotish va xarid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim.
resurslarning qiymati;
Do'stlaringiz bilan baham: