- Chidamliligi.
- Stafilokokklar boshqa patogen kokklarga nisbatan fizik va kimyoviy omillardan quritish, muzlatishga vaquyosh nuri ta’siriga chidamlidir. Stafilokokklar quritilgan yiringda 200 kun, changda 50-1 (X) kun, tuproqda 10 оygacha tirik saqlanishi mumkin. Ular 70°C gacha qizdirilganda bir soatda,80"C d a esa 10-60 daqiqadan so'ng, qaynatilganda bir necha soniyada o'ladi.DezinfSeksiyalovchi omillardan 5% fenol eritmasi ta’sirida 15-30 daqiqada,1% formalin ta’sirida esa 2-5 daqiqada halok bo'ladi. Anilin bo'yoqlaridan gensianviolet va brilliant yashili tez ta’sir etadi. Stafilokokklar nisbatan sulfanilamid preparatlar va antibiotiklarga chidamli, ularning antimikrob dorilarga chidamliligi sitoplazmasidagi R-plazmidlar hisobiga yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |