Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs MMT-85 guruh
talabasi O’sarov Javohir Bahodir o’g’liga “Yil talabasi-2021”
tanlovining “YILNING ENG FAOL BLOGER TALABASI” nominatsiyasiga qatnashish uchun berilgan
TAQDIMNOMA
O’sarov Javohir Bahodir o’g’li 2020 yilda Toshkent moliya institutining Moliya fakultetiga davlat kontrakti asosida qabul qilindi.
O’sarov Javohir Bahodir o’g’li o‘qish davomida o‘zining namunali xulqi va bilimga chanqoqligi bilan ustozlari va kursdoshlari orasida hurmat va ishonch qozondi.
O’sarov Javohir Bahodir o’g’li institutda tashkil etiladigan manaviy-ma’rifiy tadbirlarda, jamoat ishlarida doimiy ravishda faolligi orqali o’zining vatanparligi, el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qilishga doimo tayyorligini ko‘rsata oldi.
O’sarov Javohir Bahodir o’g’li bugungi kunda Toshkent moliya instituti matbuot xizmatida faoliyat ko’rsatadi. Bugungi kunda Toshkent moliya institutining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarini yurtishda va institutimiz tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritishda faol ishtirok etadi.
O’sarov Javohir bugungi kunda “Moliya news” information dasturi loyihasi asoschisi hisoblanib , Ushbu loyihamiz Oliy ta’lim tizimida birinchilardan bo’lib institutimizda tashkil etilgan bo’lib, ushbu loyiha nafaqat institutimiz, balki barcha talabalar hayoti bilan bog’liq barcha yangiliklarni, jumladan , ularning erishayotgan yutuqlari va natijalari, institumiz hayotida ro’y berayotgan yangilik va muhim hodisalarni, oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni yoritib beruvchi ko’rsatuv hisoblanadi.
Bugungi kunda ushbu loyiha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ham yetkazilgan bo’lib, kelgusida barcha OTMlar mana shu loyiha asosida haftalik dayjestlar loyihalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek Javohir O’sarov “Terminologiya” loyihasini ham ishlab chiqqan bo’lib, ushbu loyiha barcha talabalarning moliyaviy bilimlarini yanada oshirish va mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.
Bugungi kunda biz Toshkent moliya institutining rasmiy telegram sahifasida 50 ga yaqin iqtisodiy termin va iboralarini talabalar bilimlarini oshirish uchu havola etilgan bo’lib, talabalar va iqtisodiyot sohasi vakillari bu loyihadan o’zlariga kerakli bilimlarni egallashmoqda.
Moliyaviy savodxonlik” loyihasi asoschisi. Ushbu loyihamiz institumizda va yana ushbu soha vakillari uchun tegishli loyiha bo’lib, bu loyihaga bugungi zamon talabiga mos holda yondashilgan loyiha hisoblanadi. Ushbu loyiha iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan barcha ma’lumotlar, termin va iboralar haqida Toshkent moliya institutning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida batafsil ma’lumotlar berib boramiz.
Ushbu loyiha institutimiz talabalarini moliyaviy sohadagi bilimlarini yanada oshirishiga va yanada ko’proq bilimlarni egallashlari uchun hissa qo’shadi.
Biz, Moliya fakulteti dekanati yuqoridagilarni inobatga olib O’sarov Javohir Bahodir o’g’lini “Yil talabasi-2021” tanlovining “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasiga munosib nomzod deb tavsiya etamiz.
Moliya fakulteti dekani F.Muxamedov
Do'stlaringiz bilan baham: |